1-mavzu. Kirish. Matnshunoslik fanining predmeti va vazifalari Reja



Yüklə 220,31 Kb.
səhifə22/41
tarix01.12.2022
ölçüsü220,31 Kb.
#120278
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41
1-mavzu. Kirish. Matnshunoslik fanining predmeti va vazifalari R

Asosiy adabiyotlar
Lixachev D.S. Tekstologiya. –M.-L.: ANS. 1962.
SH.Sirojiddinov, S.Umarova. O‘zbek matnshunosligi qirralari. –T.: “Akademnashr”. 2015. 122 b.
Zufarov T. Xat ta’limi. –T.: Meriyus, 2010..
Qo‘shimcha adabiyotlar
Alisher Navoiy. Hayrat-ul-abror. Ilmiy tanqidiy matn. (Tuzuvchi: Porso Shamsiyev), –T.: Fan, 1970.
Zohidov R. Sabotul ojizin – ilmiy-adabiy manba. –T.:Muharrir, 2012.
Ismoilov M. Hujjatshunoslik va Markaziy Osiyo diplomatikasi. O‘quv qo‘llanma. – T.: Akademnashr, 2010.
Ishoqov F. Gulxaniyning “Zarbulmasal” asari. T.: “Fan”, 1976.
Yo‘ldoshev Ibrohim. O‘zbek kitobatchilik terminologiyasi. – T.: Fan, 2004.
Katolog fonda instituta rukopisey. 1 tom. – T.: Fan, 1989.
Munirov Q. Bebaho xazina. –T.: Imom al-Buxoriy xalqaro jamg‘armasi, 2002.
Munirov Q. Xorazmda tarixnavislik. –T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 2002.
Navoiy dastxati. (Navodirun-nihoya). Nashrga tayyorlovchi, so‘zboshi muallifi S. G‘aniyeva. – T.: Fan, 1991.
Sultonov I. Navoiyning “Mezonul–avzoni” va uning kritik teksti: filol.fan.nom.diss . – T.: Asosiy kutubxona. RD/1, 1947


Elektron manbalar
www.ziyo-net.uz
www.literature.uz
www.kutubxona.uz
http://textshare.tsx.org
http://www.mgimo.ru/fileserver/
10-mavzu: Matnshunoslikning tadqiq usullari
Reja:
1. O‘zbek matnshunoslarining tadqiq usullari.
2. Qo‘lyozma tavsifini amalga oshirish usullari.
Rus matnshunosligida tadqiq usullari birinchi marta D. Lixachevning “Tekstologiya” qisqacha ocherkida uchraydi. O‘zbek matnshunosligiga ularning hammasini ham tatbiq etib bo‘lmaydi. Biroq o‘zbek matnshunoslari qo‘llagan quyidagi tadqiq usullari haqida gapirish mumkin:
1. Matniy tafovutlarni tahlil qilish usuli. Matniy tafovutlarni tahlil etish “asl” yoki “dastlabki” matnni tiklash yo‘lida o‘tilishi shart bo‘lgan bo‘g‘indir. Matnshunos matn tarixidagi barcha davriy o‘zgarishlarni kuzatib, ularning sodir bo‘lish sabablarini aniqlashi juda muhim. Tahlil oddiy farqlarni o‘rganishdan boshlanib, oxirida umumlashtiruvchi xulosalarga kelish bilan tugaydi. Farqlar qo‘lyozma nusxalari orasida, xronologik tartibda, makon va hudud tartibida guruhlashtirilgan holda qiyoslanadi. Matniy tafovutlar xattot va kotiblar tomonidan so‘zni noto‘g‘ri o‘qish sababli, shuningdek, muallif yoki kotib tomonidan ongli ravishda qilingan tahrir tufayli paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Matnshunos farqlarning sababini aniq belgilashi lozim. Shundagina matn tarixi ob’ektiv ko‘rinish kasb etishi mumkin.
2. Asosiy matn tuzish usuli. Asosiy matn tuzish matnshunoslik tadqiq usullarini kompleks ravishda ishga tushirishni taqozo etadi. Asosiy matn tuzish, bu – muallifning asl, birlamchi matnini tiklash emas. Muallif matnining asl holatini tiklash deyarli mumkin emas. Matnshunos faqat matnning muallif variantiga yaqin ko‘rinishini tuzishi mumkin. Asosiy matn deyilganda, matnshunos tomonidan nashr uchun tuziladigan qo‘lyozma asarning so‘nggi varianti nazarda tutiladi.
3. Ko‘chirishdagi xatoliklarni tahlil qilish usuli. Qo‘lyozma nusxani ko‘chirish jarayoni to‘rt harakat majmuidan iborat bo‘lib, tanlangan matnni o‘qish, matnni eslab ko‘chirish, ichida takrorlab ko‘chirish va, nihoyat, matnni tushunib-tushunmay ko‘chirishni o‘z ichiga oladi. Ko‘chirish jarayonida ko‘plab xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Bunga sabab, kotib asliyat husnixati xususiyatlarini yaxshi tushuna olmagan bo‘lishi mumkin. Matnshunos qo‘lyozma nusxadagi xattotlar uslubini diqqat bilan o‘rganishi, harflarning “bejirim tasvirlari” o‘rtasidagi bog‘liqlikka, ularning o‘ziga xos bezak-unsurlariga e’tibor berib, xatolik nima sababdan sodir bo‘lganini aniqlashi lozim. Ba’zi hollarda, xattotlar so‘zni o‘qiy olmasalar, kontekstdan kelib chiqib, o‘zlaricha matnni tuzatib yoki to‘ldirib ketganlar. Matnshunos tomonidan xolis aniqlangan xato qiyosiy tahlil orqali asosiy matnda tuzatib boriladi.

Yüklə 220,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin