1-mavzu Kirish. Milliy til va adabiy til. Adabiy tilning ogzaki va yozma shakllari


III. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra



Yüklə 435,79 Kb.
səhifə11/96
tarix18.11.2023
ölçüsü435,79 Kb.
#132893
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   96
1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabi-fayllar.org

III. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra:
1. Jarangli undoshlar: b, v, g, d, z, j, y, g’, l, m, n, ng, r.
2. Jarangsiz undoshlar: p, f, k, t, s, ch, sh, q, x, h.
Quyidagi undoshlar jarangli va jarangsiz juftlariga ega. Ular 8 ta:
Jarangli: b, v, d, g, z, j, j, g’
Jarangsiz: p, f, t, k, s, ch, sh, q
Quyidagi jarangli undoshlarning jarangsiz jufti yo’q. Ular 6 ta: y,l,m,n,ng,r
Quyidagi jarangsiz undoshlarning jarangli jufti yo’q. Ular 2 ta: h,x
Shuningdek, ular tarkibiga ko’ra sof va qorishiq, ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra sonorlar va shovqinlilar deb ham tasniflanadi. Qorishiq undoshlar bitta: ch. Sonorlar esa beshta: l, m, n, ng, r. Bularning ichidan l yon tovush, r titroq tovush sanaladi.
Undoshlar tavsifi jadvali.

Hosil bo’lish o’rni


Hosil bo’lish usuli


Un paychalari ishtirokida


b– lab-lab


portlovchi


jarangli


v – lab-tish


sirg’aluvchi


jarangli


f – lab-tish


sirg’aluvchi


jarangsiz


m –lab-lab


portlovchi


jarangli


g –sayoz til orqa


portlovchi


jarangli


d –til oldi


portlovchi


jarangli


j - til oldi


sirg’aluvchi


jarangli (jurnal)


dj – til oldi


portlovchi (qorishiq)


jarangli (jo’ra)


z – til oldi


sirg’aluvchi


jarangli


y – til o’rta


sirg’aluvchi


jarangli


k – sayoz til orqa


portlovchi


jarangsiz


l – til oldi


sirg’aluvchi


jarangli


n – til oldi


portlovchi


jarangli


ng – sayoz til orqa


portlovchi


jarangli


p – lab-lab


portlovchi


jarangsiz


r – til oldi


sirg’aluvchi (titroq)


jarangli


s – til oldi


sirg’aluvchi


jarangsiz


ch – til oldi


portlovchi (qorishiq)


jarangsiz


q – chuqur til orqa


portlovchi


jarangsiz


g’ - chuqur til orqa


sirg’aluvchi


jarangli


x - chuqur til orqa


sirg’aluvchi


jarangsiz


h - bo’g’iz


sirg’aluvchi


jarangsiz


t - til oldi


portlovchi


jarangsiz


sh - til oldi


sirg’aluvchi


jarangsiz


Undoshlar jadvalini yaxshi o’zlashtirish uchun yuzta so’zning fonetik tavsifini yozib chiqish tavsiya etiladi. Masalan, Timur, tuproq, chiroq so’zlari quyidagicha tasniflangan.




T - til oldi; portlovchi; jarangsiz;


u - til orqa; tor; lablangan;
p - lab-lab; portlovchi; jarangsiz;
r - til oldi; titroq; jarangli;
o - til orqa; keng; oraliqdagi unli;
q - chuqur til orqa; portlovchi; jarangsiz.


Ch - til oldi; qorishiq; jarangsiz;


i - til oldi; tor; lablanmagan;
r - til oldi; titroq; jarangli;
o - til orqa; keng; (oraliqdagi unli);
q - chuqur til orqa; portlovchi; jarangsiz.


T - til oldi; portlovchi; jarangsiz;

i - til oldi; tor; lablanmagan;
m - lab-lab; portlovchi; jarangli;
u - til orqa; tor; lablangan;
r - til oldi; titroq; jarangli.






Undoshlar tasnifiga oid “charxpalak” o’yini
K tovushi bilan boshlanib, k tovushi bilantugaydigan so’zlar charxpalagi ostida yashirinib yotgan leksik birliklarni topib, ular tarkibida kelayotgan tovushlarni izohlang.
Ochqich:

1. Tanlov so’zining ma’nodoshi.


2. Uy parrandalarini saqlash uchun quriladigan kichkina uycha.
3. Bug’doy chiqindisi.
4. Darkor so’zining ma’nodoshi.
5. Tuproq qotishmasi.
6. Ochilmagan paxta.
7. Yordam so’zining ma’nodoshi.


2. M tovushi bilan boshlanib, m tovushi bilan


tugaydigan so’zlar charxpalagi ostida yashirinib
yotgan leksik birliklarni topib,ular tarkibida
kelayotgan tovushlarni izohlang.
Ochqich:
1. Zarur so’zining ma’nodoshi.
2. San’at turlaridan biri.
3. Turg’un so’zining ma’nodoshi.
4. Oshqozon dorisi.
5. Z.M.Boburning rafiqasi ismi.
6. Internetga ulanish qurilmasi.
7. Yetsa m… , yetmasa jonim.


3- mashq. Nuqtalar o’rniga tegishli undosh tovushni qo’yib, so’zlarni ko’chiring va ularga izoh bering.
Odo…, farzan…, …arq, mi…bar, ma…sad, ozo…, obo…, to’…son, dori…ona, ayti… keldi, …alq.
Nutq tovushlarining ma’no farqlash vazifasi
Nutq tovushlarining asosiy vazifasi so’zlarning ma’nolarini farqlashdir. Masalan, to - tosh, tog’, tom, tok, tor, ton kabi.
Ayrim undoshlar talaffuzi va imlosi
So’z oxirida b-p, d-t, z-s singari jarangli va jarangsiz undoshlar o’rtasidagi farq yo’qolib, bir xil - jarangsiz undosh tovush holida talaffuz etiladi, lekin b, d, z yoziladi. Masalan, bob, yod, tuz, avlod, kitob, maktab.
4-mashq. Nuqtalar o’rniga tushirib qoldirilgan undoshlarni qo’yib , so’zlarni ko’chirib yozing.
Ta…simot, tala…, xursan…, pas…, baro…ar, …abab, shar…ona, shar…iy, bola…on, il…om, ka…it.
5-mashq. Nuqtalar o’rniga kerakli undosh tovushlarni qo’ying, ularning talaffuzi va imlosi o’rtasidagi farqlarni tushuntirib bering.
Tala…, dar…chil, nomar…, bar…, makta…, balan…, pas…, i…timoiy, ma…ba, ta…dimot, ofto…, farzan…
6-mashq. Berilgan so’zlarda qavs ichidagi tovushlar juftligidan mos keladiganini qo’yib ko’chiring.
I(z- s)siz yo’qoldi, tu(z -s)ini o’zgartirmoq, ko’(z-s)ini davolamoq, tu(z-s)siz ovqat, “Mati(z-s) avtomobili, afsu(z-s) qilmoq.
Bilib oling
B, M undoshlaridan oldin kelgan n undoshining talaffuzi va imlosi
B,b va M, m harflaridan oldin kelgan n harfi m holida o’qiladi, lekin n yoziladi. Masalan, shanba, yo'llanma, bo’linma, tanbur,Susambil , qo’llanma, o’n bir, tanbal, o’n besh, yonbosh, jonbozlik, yonma-yon, ko’rinmaslik, sunbula.
Topshiriq: tanbur va tambur so’zlarininig farqini tushuntiring. Bu so’zlar ishtirokida gap tuzing.
J, j harfi va tovushi.
J,j harfi Jalil, Jamol kabi so’zlarda til oldi, portlovchi, jarangli tovushni ifodalaydi. Jurnal, jirafa kabi so’zlarda esa til oldi, sirg’aluvchi , jarangli tovushni ifodalash uchun qo’llaniladi.

Yüklə 435,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin