1-mavzu Kirish. Milliy til va adabiy til. Adabiy tilning ogzaki va yozma shakllari



Yüklə 435,79 Kb.
səhifə2/96
tarix18.11.2023
ölçüsü435,79 Kb.
#132893
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96
1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabi-fayllar.org

2. Eski o‘zbek adabiy tili XIV asrdan X1X asrning birinchi yarmi-gacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Milliy adabiy tilining dastlabki namunalari sifatida Xorazmiyning "Muhabbatnoma", Durbekning "Yusuf va Zulayho", Lutfiy, Atoiy, Sakkokiy kabi mumtoz adabiyot vakillari qalamiga mansub asarlar tilini qayd etish mumkin. Bu davr adabiy tilining rivojida, Alisher Navoiyning hissasi nihoyatda salmoqli-dir. Xususan, Navoiy o‘zining dunyoga mashhur durdona asarlari bilan o‘zbek adabiy tilini stilistik nuqtai nazardan rivojlantirgan bo‘lsa, "Muhokamat-ul lug‘atayn" asari bilan o‘zbek adabiy tilini, uning badiiy uslubini ilmiy - nazariy jihatdan asoslab berdi. Alisher Navoiyning buyuk xizmatlari shunda ham ko‘rinadiki, u ona tilining ichki imkoniyatlaridan keng foydalanish masalasini o‘rtaga qo‘ygan holda, birinchi bo‘lib adabiy tilni boshqarish muammosiga diqqat qaratdi va uni o‘z zamonasi talabi asosida yuqori darajada hal qila oldi. Shu bois Navoiy asoslagan adabiy til uning izdoshlari tomonidan keyingi asrlar davomida ham izchil rivojlantirib borildi. Xususan, Navoiy asarlari yuzasidan «Badoi al-lug‘at», «Sanglox», «Lug‘ati atrakiya», «Abushqa» (eski o‘zbekcha-usmonli turkcha) kabi ko‘plab lug‘atlarning yaratilgani, hamda Navoiydan so‘ng yashagan shoirlar ijodida, hatto mumtoz she’riyat yo‘lida yaratilgan zamonaviy shoirlar ijodida ham ana shu an’ana davom etib kelayotgani shundan dalolat beradi.
3. Hozirgi o‘zbek adabiy tili o‘tgan asrning boshlaridan hozirgi kungacha ijtimoiy turmushning barcha jabhalarida keng amal qilib kelayotgan tildir. Shuni ham ta’kidlash lozimki, milliy adabiy til va umuman adabiy til tushunchalari o‘rtasida o‘zaro uzviylik bo‘lsa ham, ular o‘ziga xos tomonlarga egaligi bilan farqlanadi. Chunki milliy adabiy til miliylikkacha bo‘lgan adabiy til zaminida shakllanadi. Masalan, o‘zbek milliy adabiy tilining tarkib topishida umumturkiy adabiy til asos bo‘lgan. Bu adabiy tilining "o‘zbek" nomi bilan yuritilishi o‘tgan asrning boshlariga to‘g‘ri kelsa ham, unga qadar o‘zbek tili "turkiy", "chig‘atoy", "sart", "xoqoniy turkiy" singari xilma-xil nomlarga ega bo‘lgan holda amalda bo‘lgan. Shunday qilib, milliy til (umumxalq tili)ning me’yoriylashgan grammatik qoidalarga bo‘ysundirilgan, qayta ishlangan shakli adabiy til deb yuritiladi. Adabiy tilning og‘zaki va yozma shakllari mavjud. Og‘zaki shakl nisbatan qadimiyroq bo‘lib, u nutq tovushlari, ohang, urg‘u kabi orfoepik (grekcha "to‘g‘ri" va "nutq" tushunchalaridan iborat) me’yoriy vositalarga asoslanadi va kishilar o‘rtasida bevosita aloqa o‘rnatish uchun xizmat qiladi. Adabiy tilning yozma shakli esa orfografik, punktuatsion, uslubiy qonun - qoidalarga qat’iy amal qiluvchi til shaklidir. Zero, yozma shaklda nutq bo‘laklari: xatboshi va gaplar hamda ularning tarkibi turli xil tinish belgilari vositasida ajratib ko‘rsatiladi. Yozma shakl til taraqqiyotining keyingi bosqichlarida joriy etilgan bo‘lib, u ma’lum makon va zamon oralig‘ida aloqa o‘rnatish quroli hisoblanadi. O‘zbek adabiy tili o‘zining dialektal asosiga ko‘ra qarluq (chigil-uyg‘ur) lahjasiga mansub Toshkent va Farg‘ona hamda shu kabi markaziy shahar shevalariga tayanadi. Jumladan, adabiy til fonetik jihatdan Toshkent shahar shevasiga, morfologik jihatdan esa Farg‘ona shevasiga asoslanadi.
O‘zbek adabiy tili mustaqillikdan so‘ng rasmiy ravishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1989-yil 21- oktyabrda bo‘lib o‘tgan Sessiyasida davlat tili sifatida e’lon qilindi. Ana shu sanadan boshlab uning amal qilish doirasi tobora kengayib bormoqda. Xususan, uning leksik, grammtik va fonetik imkoniyatlaridan ma’lum maqsadlarga muvofiq tarzda foydalanish ilmiy, rasmiy-idoraviy, publisistik badiiy, so‘zlashuv singari funksional uslublarning ravnaqi orqali ko‘zga tashlanadi.

Yüklə 435,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin