1-mavzu Kirish. Milliy til va adabiy til. Adabiy tilning ogzaki va yozma shakllari


Mashq. Quyidagi qo’shimchalarni jadvalga joylashtiring



Yüklə 435,79 Kb.
səhifə57/96
tarix18.11.2023
ölçüsü435,79 Kb.
#132893
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   96
1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabi-fayllar.org

Mashq. Quyidagi qo’shimchalarni jadvalga joylashtiring.
-ni, -roq, -lab, -in, -miz, -dan, -k, -lan, -lar, -dor, -ing, -gan, -r, -sira, -ay, -don, -chi, -iy, -aki, -illa, -ona, -cha, -imtir, -tadan, -guncha, -choq, -loq, -gani.

So’z yasovchi


Lug’aviy shakl yasovchi


Sintaktik shakl yasovchi










10-mavzu. Morfemalarning agglutinativ tabiati
O’zbek tilida ko’makchi morfemalar, ya’ni qo’shimchalar yetakchi morfemadan so’ng keladi. Masalan,

Zamon-dosh, Zamondosh-lar, Zamondoshlar-im, Zamondoshlarim-ga.


Asosga eng avval so’z yasovchi qo’shimcha, so’ng lug’aviy shaklyasovchi qo’shimcha, eng oxirida esa sintaktik shakl yasovchi qo’shimchalar qo’shiladi. Masalan, sholi-kor, muqova-soz, kamtar-ona; tadbir+kor+lar, son+a-moq, yalt+ira+sh, fido+kor+lar+ga, o’rin+a+sh+di+m, uyqu+sira+b+man.
Asosga so’z yasovchi qo’shimcha, shakl yasovchi qo’shimchalar ikkitadan qo’shilsa, ular ketma-ket ulanadi, yuqoridagi tartib buzilmaydi. Masalan, mulk-dor-lik, bil-im-li, jo’sh-qin-lik, ko’k-ish-roq, o’yin-a-t-di, ket-a-yotir-man, sinf-dosh-lar-im-dan, bor-a-yotgan-ingiz-ni, varaq-la-sh-ni.
Ba’zi bir hollarda so’z yasovchi qo’shimcha asosga old tomondan kelib qo’shilishi ham mumkin (masalan, no-o’rin), lekin bunday old qo’shimchalar o’zbek tilida juda kam.
Shuningdek, ayrim so’zlarda umumiy tartib buzilishi ham kuzatiladi: o’chirg’ich, achitqi, isitma, yopinchiq kabi so’zlarda asos+lug’aviy shakl+so’z yasovchi , es-la-gan-lik , qo’llanma kabi. Bunda yuqoridagi tartib o’zgaradi, asos + so’z yasovchi qo’shimcha + shakl yasovchi qo’shimcha + so’z yasovchi qo’shimcha qo’shilmoqda.
Umuman olganda, qo’shimchalarning qo’shilishida o’ng qo’l qoidasiga rioya qilinadi.

Yüklə 435,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin