1-mavzu Kirish. Milliy til va adabiy til. Adabiy tilning ogzaki va yozma shakllari



Yüklə 435,79 Kb.
səhifə6/96
tarix18.11.2023
ölçüsü435,79 Kb.
#132893
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96
1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabi-fayllar.org

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
  1. Oltoy tillar oilasi qaysi til guruhlaridan tashkil topgan va ular o‘rtasidagi qanday o‘xshashliklarni bilasiz?


  2. O‘zbek tilining tarixiy taraqqiyot bosqichlari haqida ma’lumot bering.


  3. O‘zbek adabiy tili va umummilliy tilning dialektal asoslari haqida ma’lumot bering.


  4. Dialkt (lahja), sheva atamalariga izoh bering.


  5. O‘zbek tilining shevalari o‘rtasidagi lingvistik tafovutlar tilning qaysi sathlarida ko‘zga tashlanadi?




Uyga vazifa:
1. Navoiy g’azallaridan birini til nuqtayi nazaridan tahlil qiling
2. 25 ta test tayyorlang

2-mavzu: Fonetika
Og’zaki nutqning tovush tizimini o’rganadigan tilshunoslik bo’limi fonetika, yozma nutqning harflar tizimini o’rganadigan tilshunoslik bo’limi esa grafikadir.

Fikrimizni boshqalarga tovushlar vositasida so’zlash va harflar vositasida yozish orqali bayon qilamiz. So’zlash va yozish orqali ma’lum fikr bayon qilishimiz nutq hisoblanadi.


Nutq ikki yo’l bilan amalga oshiriladi. Tovushlar zanjiri asosida bayon qilingan nutq og’zaki nutq, harflar ketma-ketligi asosida bayon qilingan nutq esa yozma nutq sanaladi.
Nutq tovushi va harf
Og’zaki nutqning eng kichik, boshqa bo’lakka bo’linmaydigan qismi nutq tovushi deyiladi.
Tovushning yozuvdagi ifodasiga harf deyiladi.
Bir tovush bir harf bilan ham, ikki harf bilan ham ifodalanishi mumkin: v,a,o,e harflari bir tovushni ifodalasa, sh, ch, ng kabilarda ikki harf bir tovushni ifodalaydi.
O’zbek tilining tovush tizimi
Bo’linishning oxirgi nuqtasi bo’lgan, boshqa mayda bo’laklarga bo’lish mumkin bo’lmagan nutq bo’lagi (akustik-artikulatsion birlik) tovush hisoblanadi va bilan bog’liq hodisalar tilshunoslikning fonetika bo’limida o’rganiladi.
Fonetika so’zi yunoncha phone -“tovush” so’zidan olingan.
Har bir shaxs ma’lum bir jamiyat vakili sanaladi. Jamiyat a’zolari o’zaro doimo aloqada bo’ladilar. Biri obyektiv olamda o’z sezgi a’zolari orqali his etgan ma’lum narsa va hodisa haqida boshqalarga tovush to’lqinlari (yozma nutqda esa harflar ketma-ketligi) yordamida axborotni yetkazadi. Axborot uzatuvchi - so’zlovchi, eshituvchi esa tinglovchi sanaladi. Tinglovchi olamdagi narsa va hodisaning umumlashgan obrazini so’zlovchi uzatgan tovush signallarini eshitish sezgi a’zosi yordamida markaziy asab sistemasida tiklaydi.
So’zlovchi va tinglovchi o’rtasidagi ana shunday axborot uzatish va axborotni qabul qilish faoliyati nutqiy faoliyat sanaladi.
Nutqiy faoliyat muayyan jamiyatning aloqa vositasi hisoblanuvchi til yordamida yuzaga chiqadi. Ana shuni e’tiborga olgan holda mashhur Shveysariya olimi Ferdinand de Sossyur nutqiy faoliyatning til va nutq zidlanishi asosida amalga oshishini ta’kidlydi va tilshunoslikda til va nutq tushunchalarini farqlaydi. Til so’zlashish vositasi, ya’ni nutq sifatida namoyon bo’lgandagina ma’lum vazifani bajaradi. Nutq til materiali, unsurlaridan tuziladi va nutqiy faoliyat natijasida yuzaga chiqadi. Demak, til materiallari faoliyati uchun xizmat qiladi. Til bilan nutqni qiyoslash orqali ularning quyidagi o’ziga xos xususiyatlarini ajratish mumkin:
1. Til aloqa materiali bo’lsa, nutq aloqa shaklidir.
2. Tilni xalq, millat yaratadi, nutqni esa har bir shaxs yaratadi.
3. Tilning hayoti xalq, millatning hayotiga bog’liq holda uzoq bo’ladi, nutqning hayoti esa qisqa, xususan, og’zaki nutq so’zlangan paytdagina mavjuddir. Ammo yozma nutq nisbatan uzoq davr saqlanishi mumkin.
4. Til nisbatan turg’un, barqaror bo’lsa, nutq doim harakatda bo’lib, o’zgaruvchan hodisa sanaladi.
5. Tilning hajmi noaniq, nutqning hajmi esa aniq. U diolog, monolog, matn shaklida bo’lishi mumkin.
Hali voqelanmagan imkoniyat tarzidagi, ma’lum jamiyat a’zolari uchun barobar xizmat qiluvchi ijtimoiy-ruhiy aloqa vositasi- til, shu tilning muayyan shaxs nutqiy faoliyatida bevosita namoyon bo’lishi, voqelanishi - nutqdir.
Til va nutq umumiylik-xususiylik, imkoniyat-voqelik, mohiyat-hodisa zidlanishini o’zida namoyon etib, bir-biriga zidlanadi va bunday zidlanish har bir til sathlariga xos birliklarning nomlanishida ham o’z ifodasini topadi.
Tilning fonologik sathining birligi fonema bo’lsa, fonemaning real talaffuz qilingan, quloq bilan eshitilgan ko’rinishi fon (allofon) yoki tovush hisoblanadi.

Yüklə 435,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin