Takroriy so’zlar bir so’zning qo’shaloq kelishidan hosil bo’lgan so’zlardir: tez-tez, shirin-shirin, non-pon, uzun-uzun. Takroriy so’zlar ko’plik, davomiylik, takror kabi ma’nolarni bildiradi: uyum-uyum paxta, gapira-gapira toldim. Bundan tashqari, so’z ma’nosini kuchaytirish (ildam-ildam), ta’kidlash(sira-sira), umumlashtirish ( yo’l-yo’l ) ma’nolarini ham bildiradi. Takroriy so’zlarda ayni bir so’zning takror holda qo’llanishi natijasida grammatik ma’no ifodalanadi. Ma’noni kuchaytirish uchun ketma-ket keltiriladigan so’zlar takroriy so’zlar hisoblanmaydi: Uyga bor dedim, uyga!
Morfemika bo’yicha test topshiriqlari 1- variant 1. Asosdosh so`zlar berilgan qatorni toping.
A. Qiz, qizcha, qizaloq B. Ish, ishni, ishga, ishda C. Oq, oqla, oqish D. Osh, oshpaz, oshxo`r
2. Qaysi yasama so`z tarkibidagi birinchi qo`shimcha sintaktik shakl yasovchi qo`shimcha bilan omonimlik hosil qilgan?
A. Qaynatma B. Bilimdon C. Qo`rqoqlik D. Sanoqsiz
3. Qaysi gapda yasama so`z ishtirok etmagan?
A. Dor qurilgan maydonda bolalar arqonlarga osilib o`ynashmoqda B. Ko`chaning narigi yuzidagi oshxonaga bordik
C. Endi qayrilish bilmasin bu qanot D. Bir umr xonadonga o`rganib olishga harakat qildi
4. Qaysi gapda lug`aviy shakl yasovchi qo`shimcha qo`shilishi ta`sirida asos fonetik o`zgarishga uchraydi?
A. Dor qurilgan maydonda bolalar arqonlarga osilib o`ynashmoqda
B. Bir umr shu xonadonga o`rganib olishga harakat qildim
C. Endi qayrilish bilmasin bu qanot
D. Ota olov va suv girdobidan maydonga chiqa oladigan o`g`li borligidan g`ururlanadi
5. Qaysi qatordagi so`zlar tarkibida 2 ta ko`makchi morfema bor?
A. Ishchi, gulni B. Muzlatkich, isitkichni C. Yig`loq, qayrilish D. Chaqirdi, qizardi
6. Qaysi so`zda to’rtta k`omakchi morfema bor?
A. Muzlatkichni B. Qizardi C. Qayrilishni D. Eslaganlik
7. Ahmoqlarning tili og`zida, donolarning tili yuragidadir. Berilgan gapda qanday qo`shimcha qatnashmagan?
A. So`z yasovchiB. Sintaktik shakl yasovchi C. Lug`aviy shakl yasovchi D. So`z o`zgartiruvchi
8. Qaysi qatordagi gapda kesim tarkibi asosdan, so`z yasovchidan, lug`aviy shakl yasovchi qo`shimchalardan tashkil topgan?
A. Nechun, g`amnok ko`rinasiz? B. Seni hur va ozod kuylayman
C. Saxiylik va oliyjanoblik ulug` fazilat D. Ega va kesim gapning grammatik asosidir
9. Bir oz yurishganidan so`ng mulozimlar shoirning qabristonga yaqinlashganda otdan tushishi sababini so`radilar. Ushbu gapdagi qo`shimchalar soni va turi qaysi javobda ko`rsatilgan?
A. 17 ta lug`aviy va sintaktik shakl yasovchi, so`z yasovchi B. 18 ta lug`aviy va sintaktik shakl yasovchi, so`z yasovchi
C. 16 ta lug`aviy va sintaktik shakl yasovchi, so`z yasovchi D. 16 talug`aviy va sintaktik shakl yasovchi
10. O`rinsiz uyalib, maqsadni ro`yobga chiqara olmaslik - noshudlikdir. Gapdagi so`z yasovchi qo`shimchalar sonini aniqlang.
A. 2 ta:-siz,-lik B. 1 ta: - siz C. 3 ta: -siz, -lik, -dir D. 5 ta:-ni, -ga, -maslik, - siz, - lik
11. Bolalarning beg`ubor qalbi to`lib-toshib oqayotgan daryo kabi jo`shqin. Ushbu gapda nechta sifat yasovchi qo`shimcha mavjud va qaysilar?
A. 2ta: be -,- gin B. 3 ta: ning, be-, -gin C. 1 ta: gin D. 4 ta: -i, -yotgan, -gin, be -
12. Xolasinikida qandaydir bir mehmondorchilik o`tkaziladigan bo`ldi-yu, hammamiz o`sha yerga otlandik. Ajratib ko’rsatilgan so`zlar qaysi qatorda ma`noli qismlarga to`g`ri ajratilgan?
A. Xola-si-niki-ga, mehmon – dorchilik B. Xola-si+ni-ki-ga, mehmon - dor-chi-lik
C. Xola - sinikiga, mehmondor-chilik D. Barcha javobda to`g`ri ajratilgan
13. Qaysi qatordagi so`zda shakldosh qo`shimchalar qo`llangan?
A. Gullar, bog`lar B. Tonnalab, minglab C. Gulla, oqla D. Ishsiz, beish
14. Sening tug`ilib o`sgan qishlog`ingdan ayrilmasligingni bilar edim. Berilgan gapdag tovush tushish hodisasi to`g`ri izohlangan javobni toping.
A. Bir o`rinda sintaktik shakl yasovchi qo`shimcha qo`shilishi natijasida, bir o`rinda lug`aviy shakl yasovchi qo`shimcha qo`shilishi natijasida
B. Ikki o`rinda sintaktik shakl yasovchi qo`shimcha qo`shilishi natijasida
C. Bir o`rinda lug`aviy, bir o`rinda sintaktik, bir o`rinda so`z yasovchi qo`shimcha qo`shilishi natijasida
D. Bir o`rinda sintaktik shakl yasovchi, bir o`rinda so`z yasovchi qo`shimcha qo`shilishi natijasida
15. Qaysi qatordagi so`zlar ma`noli qismlarning umumiy tartibi buzilgan hol kuzatilgan?
A. O`rnashmoq B. Jo`shqinlik C. Eslaganlik D. Borayotgan
16. Quyidagi qaysi fe`llarga - q qo`shimchasi qo`shib so`z yasalganda tovush o`zgarishi yuz bermaydi?
A. Og`rimoq, ilimoq, qaytmoq B. Sanamoq, isimoq, taramoq
C. Sovimoq, sasimoq, qaynamoq D. Qaynamoq, charchamoq, bo`yamoq
17. Qaysi qatordagi yasovchi qo`shimcha ta`sirida fonetik o`zgarishga uchragan so`zlarga egalik qo`shimchasi qo`shilsa, tovush almashadi?
A. Tuproq, o`rtoq B. Taroq, bilak C. To`lg`oq, qistov D. Qayroq, chanqoq
18. So`z yasalish jarayonida so`z yasash asosiga qaysi yasovchi qo`shimchalar qo`shilganda asos qismining tovush tarkibida o`zgarish ro`y beradi?
A. -illa, -a, -q,-qi,-ar,-ay,-la B. -a,-q,-qi,-ay,-oq,-sa C. -a,-qi,-q,ay,-y D. -illa,-im,-a,-qi,-oq
19. Rostgo’ylik adabning ustuni insoniylikning asosidir. Sergaplik esa ayovsiz dushmandir. Ushbu gapda nechta so’z yasovchi qo’shimcha bor?
A. 9 ta B. 8 ta C. 5 ta D. 6 ta
20. Qaysi javobda -choq qo`shimchasi ot yasovchi qo`shimcha vazifasini bajargan?
A. O`yinchoq, ovunchoqB. Maqtanchoq, erinchoq C. Toychoq, maqtanchoq D. O`yichoq, toychoq
21. Qaysi qatordagi so`zlar 2 xil so`z turkumi vazifasida kelishi mumkin?
A. Bo`yi, o`qish B. Guli, sinfim C. Sendek, menman D. Davomi, tinch
22. Ot va sifat yasovchi shakldosh qo`shimchali so`zlar qaysi qatorda berilgan?
A. Kelinchak, erinchak B. Erinchak, kuyunchak C. Toychoq, o`yinchoq D. O`yinchoq, maqtanchoq
23. O`ynatdim so`zida nechta ko`makchi morfema bor?
A. 1 B. 2 C. 3 D. 4
24. Qaysi javobda tub so`z berilgan?
A. Kunduzi, suyuq B. Oqla, achchiq C. Issiq, sovuq D. Tonnalab, ishlab
25. Qaysi qatorda sodda yasama so`z berilgan?
A. Yashang B. Belkurak C. Ishlarimizdan D. Tishkovlagich
26. Qaysi qatorda tub so`z berilmagan?
A. Yamoq B. Silliq C. So`lim D. Gulim
27. Qaysi qatorda so`z yasovchi qo`shimcha sintaktik shakl yasovchi qo`shimcha bilan omonimlik hosil qilgan?
A. Bolang, bording B. To`plam, bordim C. Bilim, chekim D. Bolam, ko`zim
28. Adabiyot o’qituvchisi jurnalni stol ustiga qo’ydi-da dumaloq ko’zoynagini burni uchiga qo’ndirib, sinfga razm soldi. Ushbu gapdagi yasama so’zlar nechta so’z turkumiga mansub?
A. 1 ta B. 4 ta C. 3 ta D. 2 ta
29. Qaysi qatorda asos+ so`z yasovchi qolipida yasalgan so`zlar berilgan?
A. Bo`yoqchi, tilakdosh, epchillik B. Sanoqsiz, ilmsizlikni, ko`kimtir
C. Yashang, yashovchan, yashadi D. Ko`paysin, ozaymoq, ilmoqni
30. Lekin ko`ngilchan ona: “O`g`lim qo`lini qavartirib qiynalib yurmasin” deya eridan o`g`rincha unga pul berdi. Ushbu gapda nechta so`z yasovchi qo`shimcha bor?
A. 1 B. 2 C. 3 D. 4
31. Suvoqchilarni so`zida nechta ko`makchi morfema bor?
A. 3 ta B. 4 ta C. 2 ta D. 5 ta
32. Mag`lubni tepib o`tmak mardlik emas. Ushbu gapda nechta lug`aviy shakl yasovchi bor?
A. 1 ta B. 3 ta C. 2 ta D. 4 ta
33. Qaysi javobda tarkibida asos+so’z yasovchi+so’zyasovchi+lug’aviy shakl yasovchi shaklidagi so’z berilgan?
A. Kitoblarim B. Bilimdonlar C. Yigitcha D. Ko’pchilikdan
34. Siz tuzgan ul tuzuklarni o’qib kun-tun
Tiklanarmiz, yechimlarni topgay tugun. (Zamira Ro’ziyeva). Berilgan parchada nechta so’z yasovchi qo’shimcha ishtirok etgan?
A. 4 ta B. 2 ta C. 3 ta D. 5 ta
35. Kamolotga erishgan vazir ul kim, davlat muammolarini tartibga keltirib, mulkiy va moliyaviy ishlarni to`g`rilik bilan asli-nasli tozaligini ko`rsatib ajoyib tarzda ko`rsatadi. Ushbu gapdagi so`z yasovchi qo`shimchalarni belgilang.
A. 5 ta B. 4 ta C. 3 ta D. 2 ta
36. Qaysi qatordagi so`zlarda yasovchi qo`shimcha ta`sirida fonetik o`zgarishga uchragan so`z mavjud bo’lib,ularga egalik qo`shimchasi qo`shilsa tovush almashadi?
A. Tuproq, o`rtoq B. Taroq, bilak C. To`lg`oq, qistov D. Qayroq, chanqoq