1-mavzu Kirish. Milliy til va adabiy til. Adabiy tilning ogzaki va yozma shakllari


Topshiriq: Quyida berilayotgan so’zlarning atash va grammatik ma’nolarini izohlang



Yüklə 435,79 Kb.
səhifə75/96
tarix18.11.2023
ölçüsü435,79 Kb.
#132893
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   96
1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabi-fayllar.org

Topshiriq: Quyida berilayotgan so’zlarning atash va grammatik ma’nolarini izohlang.
Namuna: yugurmoq - atash ma’nosi: yugurish harakati; grammatik ma’nosi: fe’l, nima qilmoq.
Bino, kollej, yashil, beshinchi, kutmoq, baland, uchta, qalam, javob bermoq, chiroyli, sakramoq, sakkiz, ikki, quvnoq, aytmoq, o’n ikki, deraza, o’ntacha, daraxt, olma, gullar.
Nutqda so’zni to’g’ri tanlash va qo’llash.
Nutqda so’zni to’g’ri tanlash va qo’llash nutq madaniyatining muhim shartlaridan hisoblanadi. Fikrni tinglovchiga tushunarli va aniq yetkazishda so’zni to’g’ri tanlash lozim.
So’z tanlashda quyidagilarga e’tibor beriladi:
  • So’zning lig’aviy ma’nosini bilgan holda tanlash;


  • Tanlangan so’zni aniq talaffuz eta olishni nazarda tutish;


  • So’zning suhbatdoshlarga tushunarli bo’lishini hisobga olish;


  • So’zning ma’no xususiyatlariga asoslanib, uni nutq maqsadiga muvofiq


  • tarzda tanlash.




Birma’noli vako`pma’noliso`zlar
(monosemiya va polisemiya)
Tildagi so`zlar bir ma’noli va ko`p ma’noli bo`ladi.Gap ichida ham, gapdan tashqarida ham aynan bir ma’noni ifoda etuvchi so`zlar bir ma’noli so`zlardeyiladi. Masalan, kompas, marmar, morfologiya, taassurot, xulosa, gigiena, g`oya, mimika, qobiliyat, fonema va b.
So`zlar ba’zan alohida holatda, nutqdan tashqarida bir xil ma’noni, gap tarkibida boshqa so`zlar bilan bog`liq holda boshqa bir ma’no anglatishi mumkin. Masalan, pasaymoq so`zi gapdan tashqarida olinganda yerga tomon yaqinlashmoq ma’nosini bildiradi. Gap tarkibida esa bilimi pasaydi, ko`rish sezgisi pasaydi kabi boshqa ma’nolarni bildiradi.
Bu so`zlar birdan ortiq leksik ma’no ifodalayotgani uchun ko`p ma’noli so`z sanaladi.Demak, nutq jarayonida ikki va undan ortiq ma’noda qo’llanuvchi , ya’ni nutqdan tashqarida bir ma’no, nutq tarkibida boshqa so`zlar bilan bog`liq holda yana boshqa ma’no ifodalovchi so`zlar ko`p ma’noli so`zlar yoki polisemiya deyiladi. Bir ma’nolilik – monosemantizm (gr. monos – «bir», sementikos – «belgi», «ma’no») deb yuritiladi.
Ko`p ma’nolilik – «polisemantizm» (gr. poli – «ko`p», sementikos – «belgi», «ma’no») deb yuritiladi.
Ko`p ma’nolilik til taraqqiyoti davomida kelib chiqadi. Tildagi har qanday so`z, avvalo, biror narsa yoki hodisani atash tufayli paydo bo`ladi, ya’ni bir ma’nonigina ifodalaydi. Keyinchalik esa shu so`z taraqqiyoti ma’no tufayli ko`p ma’noli so`zga aylanishi mumkin. Bir ma’noli so’zlar tilimizda kam sonni tashkil qiladi va ilmiy, kasb-hunarga doir atamalarni, shuningdek, yangi paydo bo’lgan so’zlarni o’z ichiga oladi. Yangi so’zlar (neologizmlar) ham davrlar o’tishi bilan qo’shimcha ma’nolarni anglatadi.
Ko’p ma’noli so’zlarning ma’nosini bilish va undan nutq jarayonida o’rinli foydalanish nutqning ta’sirchan, ifodali bo’lishiga yordam beradi.

Yüklə 435,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin