1-mavzu Kirish. Milliy til va adabiy til. Adabiy tilning ogzaki va yozma shakllari



Yüklə 435,79 Kb.
səhifə8/96
tarix18.11.2023
ölçüsü435,79 Kb.
#132893
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   96
1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabi-fayllar.org

Fonemalarni belgilashda yaqin, o’zaro o’xshash tovushlarni bir-biriga zidlash va ular o’rtasidagi farqlovchi va birlashtiruvchi belgilarni aniqlash katta ahamiyatga ega bo’ladi.
Nutq jarayonida real talaffuz qilingan, qulog’imiz bilan eshitgan eng kichik va boshqa mayda bo’lakka bo’linmaydigan nutq parchasi tovush sanaladi.
Bevosita kuzatishda bir nechta tovushlar orqali talaffuz qilinuvchi so’z va uning ma’noli birliklarini shakllantirish va farqlash vazifasini bajarishga xoslangan, ketma-ketlik jihatdan boshqa mayda bo’lakka bo’linmaydigan eng kichik til birligi fonemadir.
Topshiriqlar:
1. Bitta fonemasiga ko’ra farq qiladigan so’zlar qatorini aniqlang va qatorni o’zingiz ham davom ettiring.
Ko’z, pona, fin, tong, to’ra, tolmoq, botmoq, ber, bayt, bo’z ,sotmoq, xona, tin, bong, solmoq, so’ra, so’z, ko’ra, to’lmoq, jo’ra, shira, sora, so’na, totmoq, to’z, ter, qo’ra, din, to’n, qir, sir, six, kun, poda, shona, qiz, xoda, ko’l, chiz, bo’y, tez, cho’z, tur, sher, bormoq, sochmoq, qotmoq, chin, dong, sin, tonmoq, so’ri, xo’ra, qin, xola, g’o’ra, qayt, shoda, qara, ko’r, tiz, to’r, tor, shar, qolmoq, payt.
2. Nuqtalar o’rniga unli fonemalarni qo’yib so’zlar hosil qiling va ma’nolarini izohlang.
B…l, b…r, b…t, b…y, d…l, d…r, d…b, d…n, d…ng, j…l, j…r, j…m, j…z, z…l, z…ch, y…l, y…q, t…l, t…r, t…z, f…l, f…n, x…l, x…n, ch…l, ch…p, ch…k, ch…y, l…y, m…y, p…y, t…y, q…r, q…p, g’…r.
3. Tarkibi unli va faqat jarangli undoshlardangina hosil bo’lgan so’zlarni ajratib yozing.
Maydon, dor, gul, arzon, ariza, armiya, bayram, barometr, volida, vodiy, yengil, yetmish, jigarband, jiringlamoq, ig’vogar, yilqichilik, maktab, sabab, tovush, karnaygul, majnuntol, maymunjon, g’arbiy.
Topshiriq. Nutqning fonetik bo’linishi bo’yicha tahlil.
Har bir gap tarkibida nechta sintagma (takt), so’z, bo’g’in va tovushlar borligini aniqlang.
Namuna: Eng buyuk jihod: insonning nafsi bilan: shayton bilan qilgan: jihodidir: Sen ham: doim: ularga qarshi kurash.
Izoh: sintagmalardan so’ng ikki nuqta qo’yilgan.
Bu gap 7ta sintagma (takt) dan iborat bo’lib, 16 ta so’zga, so’zlar esa 33 ta bo’g’in va 82 ta tovushga bo’linadi.
1. Haq do’stlaring ko’ngillarini aslo ranjitma. Xafa qilsang, dushmanlaringning orzularini bajargan bo’lasan. Natijada azoblarga qolasan.
2. Ey inson, bilmaganingni hamisha so’ra. Olimning yonidan ayrilma. Undan olgan fayz ila atrofni munavvar ayla.
3. Yolg’iz qolishing yomon odamlar bilan birga bo’lishingdan yaxshiroqdir. Buni uqib ol. Yomon odamlardan hamisha uzoq yur.
4. Ey inson, har bir so’zni o’ylab gapir: tiling seni yo saodatmand etadi, yoxud halokatga boshlaydi.
5. Yomonliklardan yiroq yurmoqchi bo’lsang, tilingga ehtiyot bo’l. Yo yaxshi gaplardan gapir, yoxud sukut saqla.

Yüklə 435,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin