1. Quyidagi so’zlarning sinonimlarini topib, izohlang.
Kuchli, epchil, zaif, qobiliyat, hissa, guvoh, tinch, rost, soqchi, mashaqqat, tanti, ayovsiz, asil, vaqt, dang’illama, g’amgin, ittifoq, yorug’, istamoq, ozod, ixlosmand.
2. Quyidagi sinonimik qatorlarni yodda tuting va ular ishtirokida gap tuzing.
Azamat, polvon, kuchli; azob, aziyat, jabr, zahmat, alam, iztirob, uqubat, sitam; ayb, gunoh, jinoyat, yoziq; ayyor, mug’ambir, hiylagar, quv, ustamon, makkor, dog’uli, mo’ltoni, qilvir, shayton, tulki, tullak, qirriq, qirpa, maston; aylanay, aylansin, o’rgulay, girgitton, qoqindiq, sadaqa; aytishmoq, janjallashmoq, koyishmoq, mojarolashmoq, urishmoq, qizarishmoq, tiklashmoq, olishmoq, so’kishmoq.
Antonimlar va ularning hosil bo‘lishi
Olamdagi narsa va hodisalarni kuzatsangiz, ular taraqqiyotining asosida muntazam qarshiliklar, ziddiyatlar yotganligining guvohi bo‘lishingiz mumkin. Qaramaqarshiliklar qonuni dunyo taraqqiyotining asosiy mezonlaridan biri sanaladi. Turgan gapki, bu qarama-qarshiliklar tilda ham o‘z aksini topgan. Yaxshilik bilan yomonlik, oqlik bilan qoralik, yorug’lik bilan qorong’ilik o‘rtasidagi ziddiyatlar asosida son-sanoqsiz qarama-qarshiliklar yuzaga kelganki, ularni ifodalash uchun har bir holatda alohida til birliklari jalb qilingan. Bu esa o‘znavbatida tilda yangi bir hodisaning paydo bo‘lishiga olib kelgan. Bu til hodisasi antonimiya, qarama-qarshi ma’noli so‘zlar esa antonimlar atamasi bilan yuritiladi. Antonimiya so‘zi grekchaanti-zid, onyma—nom so‘zlaridan olingan.Antonimiya hodisasini belgilashda tilshunoslikda birbiriga to‘g’ri kelmaydigan, zid fikrlar ham yo‘q emas. Har qanday qaramaqarshi turgan so‘zlarni antonimlar sifatida talqin qilish ham o‘rinli emas. Masalan, oq-qora, baland-past, sekin-tez so‘zlaridagi qarama—qarshi ma’nolar yaqqol sezilib turibdi. Ularda har ikki jihat: ham ifoda plani, ham mazmun plani bir biriga zid qo‘yilgan. Shunga ko‘ra ularni lug’aviy antonimlar deyish mumkin.
Ko‘rinib turibdiki, antonimiyada ikkita til birligi ishtirok etmoqda. Biri ikkinchisi ifodalagan ma’noniig aks ma’nosini, teskarisini ifodalamoqda. Ikki til birligi orasidagi ma’noviy munosabat antonimiya hodisasini keltirib chiqarmoqda. Ikkisi birgalikda antonimik juftlikni tashkil qilmoqda.
Tol-terak, opa-singil, aka-uka ko‘rinishlarida ham o‘ziga xos ziddiyatlar bor, lekin ularni antonimlar deb bo‘lmaydi
Odatda belgini bildiruvchi so‘zlar orasida farqlar yaqqol sezilib turadi:
baland-past, katta-kichik, uzun-qisqa, achchiq-shirin, tungi-kunduzgi kabi. Zid ma’noli so’zlar birgalikda qo’llanib , yangi so’z hosil qilishi mumkin. Masalan, yosh-u qari - bari , achchiq-chuchuk -ovqat, uzoq-yaqindan - hamma yoqdan.
Dostları ilə paylaş: |