1-mavzu Kirish. Milliy til va adabiy til. Adabiy tilning ogzaki va yozma shakllari


F undoshining talaffuzi va imlosi



Yüklə 435,79 Kb.
səhifə13/96
tarix18.11.2023
ölçüsü435,79 Kb.
#132893
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   96
1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabi-fayllar.org

F undoshining talaffuzi va imlosi
F undoshi fil, futbol singari so’zlarda p holida o’qilsa ham, f bilan yoziladi.
Afzal, afg’on kabi so’zlarda f undoshi p yoki v holida o’qilsa ham, f bilan yoziladi. Masalan, Dilafruz, foiz, faqir, fasl, fayz, Fotima, fursat, fartuk, futbol.
1-mashq. Quyida berilgan so’zlarni o’qing. F tovushining talaffuzi va imlosini izohlang.
Fidoyi, shafqat, xufton, taraf, iftixor, fitobar, daftar, fazo, toifa, urf, faxr, ifoda, jafokash, telegraf, saf, tanaffus, tufli.
2-mashq. Berilgan ikki harfdan zarurini qo’yib, so’zlarni ko’chiring.
Tara(f-p), a(v-f)tomobil, sha(v-f)qat,
O(v-f)qat, a(v-f)zal, na(f-p)as,
Inso(f-p), ka(p-f)tar, (p-f)aqat,
(p-f)ilik, har(f-p), (f-p)oiz
Ng, ng harflar birikmasi va uning vazifalari.
Ng harflar birikmasi bitta til orqa undoshini ifodalaydi. Bu harflar birikmasini ikkita alohida n va g undoshlarini ifodalovchi harflarning yonma-yon kelishidan farqlash lozim. Solishtiring: shudring, ko’ngil, dengiz, singil; menga, osmonga, kongress, shtanga.
13-mashq. Avval ng undoshi ishtirok etgan so’zlarni, keyin alohida n va g tovushlari yonma-yon ishtirok etgan so’zlarni ko’chiring.
Menga, unga, ingramoq, kenglik, mingashmoq, dengiz, tanga, jiringlamoq, ko’ngil, alanga, sening, tonggi, tungi, dangasa, singil, donga, jonga.
14-mashq. Quyidagi so’zlar tarkibidagi ng harflarining bir yoki ikki tovush ifodalashiga qarab, ikki ustunga ajratib yozing (si-ngil va sin-gan kabi)
Anglamoq, angor, angishvona, ohang, bugungi, gangimoq, dangal, dangasa, kitobingiz, dinga, dongdor, durang, tajang, ko’ringan, lagan, jangovar, jarangli, zang, zangori, ingichka, ingramoq, indinga, keyingi, kengroq, kengaymoq, kengash, kunga, ko’ngil, mang, ming, mingan, mungli.
Sh,sh va Ch,ch harf birikmalari hamda ularning vazifalari.
Sh harf birikmasi bitta til oldi, sirg’aluvchi, jarangsiz undoshni ifodalaydi.
Eslatma: S va h yonma-yon kelib, alohida tovushlarni ifodalaganda, ular orasida tutuq belgisi qo’yiladi. Masalan, as’hob, Is’hoq.
Ch harf birikmasi bitta til oldi, portlovchi, jarangsiz undoshni ifodalaydi.
15-mashq. sh, ch, ng undoshlarini o’z o’rniga qo’yib yozib oling.
Be…ik, …oy, …u…moma, …arq…unos, …er, …oynak, tara…, so’…, ma…lay, qu…, i…on, …ahar, ta…lay, ke…a…, ra…, do…, …unki, …oir, …iddat, tin…, ...a…, ma…’ala, …inni, …arf, sata…, jara…li, mu…li, i…tiyoq, a……iq, ke…

Yüklə 435,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin