1-mavzu Kirish. Milliy til va adabiy til. Adabiy tilning ogzaki va yozma shakllari



Yüklə 435,79 Kb.
səhifə20/96
tarix18.11.2023
ölçüsü435,79 Kb.
#132893
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   96
1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabi-fayllar.org

Bo’g’in ko’chirish qoidalari
1. So’zning bosh yoki oxirgi bo’g’ini bir harfdan iborat bo’lsa, keyingi satrga ko’chirilmaydi: a-badiy emas, aba-diy.
2. O’zlashma so’zlarning bo’g’inlari chegarasida kelgan ikki yoki undan ortiq undosh quyidagicha ko’chiriladi:
a) ikki undosh kelsa, ular keyingi satrga birgalikda ko’chiriladi: dia-gramma, mono-grafiya, foto-grafiya.
b) uch undosh kelsa, birinchi undosh oldingi satrda qoldirilib, qolgan ikki undosh keyingi satrga ko’chiriladi: silin-drik, kon-gress;
3. bir tovushni ko’rsatuvchi harflar birikmasi (sh, ch, ng) birgalikda ko’chiriladi: pe-shayvon, mai-shat, pi-choq, si-ngil, ko’-ngil, de-ngiz, ota-ngiz:
a) ng tovushi ikki unli o’rtasida kelganda ikkinchi unli bilan bo’g’in hosil qiladi va bir satrdan boshqasiga shunday ko’chiriladi: opa-ngiz, ya-ngi;
b) agar ng tovushidan so’ng undosh kelgan bo’lsa, ng tovushi birinchi unli bilan bo’g’in hosil qiladi: sing-lim, teng-qur, ang-lagan.
4. Bosh harflardan yoki bo’g’inga teng qism va bosh harflardan iborat qisqartmalar, shuningdek, ko’p xonali raqamlar satrdan satrga bo’lib ko’chirilmaydi: AQSH, BMT, O’zMU, 245, 2005, XIX.
5. Harflardan iborat shartli belgi o’zi tegishli raqamdan ajratib ko’chirilmaydi: 5- “A” sinf, 8- “B” guruhi, 25 sm.
6. Atoqli ot tarkibiga kiradigan raqam nomdan ajralgan holda keyingi satrga ko’chirilmaydi: “Navro’z - 92” (festival), “Foton -774” (televizor).
7. A.J.Jabborov, A.D.Abdullayev kabilarda ismning va ota ismining birinchi harfiga teng qisqartmalar familiyadan ajratib ko’chirilmaydi. Shuningdek, v. b. (va boshqalar), sh. k. (shu kabilar) singari harfiy qisqartmalar ham oldingi so’zdan ajratib ko’chirilmaydi.
Bo’g’inning ahamiyati
1. Birinchi sinf o’quvchilarini o’qish va yozishga o’rgatish ham bo’g’inga asoslanadi.
2. Yozuvda bir satrga sig’may qolgan so’z keyingi satrga bo’g’in asosida ko’chiriladi.
3. She’riy misralarda bo’g’inlar sonining teng bo’lishi e’tiborga olinadi. (Mas: barmoq vaznida)

Yüklə 435,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin