1-mavzu Kirish. Milliy til va adabiy til. Adabiy tilning ogzaki va yozma shakllari


Turkiy va o’zbek yozuvlarining tarixi



Yüklə 435,79 Kb.
səhifə33/96
tarix18.11.2023
ölçüsü435,79 Kb.
#132893
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   96
1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabi-fayllar.org

Turkiy va o’zbek yozuvlarining tarixi
! Bilib oling. Sobiq Ittifoq tarkibidagi turkiy va boshqa xalqlar (arman, gruzin, Boltiqbo’yi xalqlaridan tashqari) 1940-yil 8-may kuni qabul qilingan farmonga ko’ra rus (kirill) alifbosi asosida tuzilgan alifbodan foydalanib keldilar. Ungacha O’zbekiston va boshqa respublikalarda lotin alifbosi joriy etilgan edi.
O’zbekiston Markaziy Ijroiya Komitetining 1928-yil mart oyidagi III sessiyasida lotin alifbosini davlat alifbosi deb qaror qabul qilindi. Sobiq Ittifoq Markaziy Ijroiya Komiteti Prezidiumi va Xalq Komissarlar Soveti bu qarorni 1929-yil 7-avgustdagi maxsus qarori bilan ma’qulladi.
Lotin alifbosiga o’tishdan avval butun musulmon xalqlari va elatlari arab yozuvini qo’llar edilar. XX asrning 20-yillari arab alifbosi ma’lum darajada isloh qilindi. Chunki arab alifbosida unli tovushlarni ko’rsatadigan alohida belgilar yo’q edi. Zer-u zabar (harfning osti va ustida qo’llanadigan belgilar) faqat “Qur’on” va arab tilida yozilgan diniy asarlardagina qo’llanar edi. 1921-yil 1 -5 - yanvarda Toshkentda chaqirilgan til-imlo qurultoyi, boshqa masalalar bilan birga, arab harflarining so’z boshi, o’rtasi va oxirida qo’llanish shakllarini soddalashtirdi. O’zbek tiliga xos bo’lmagan sod, zod, itqi, izg’i harflari alifbodan chiqarildi, u,o’, i, a tovushlari uchun alohida harflar belgilandi. 1922-yil aprel oyida bo’lgan maorif va madaniyat xodimlarining ikkinchi qurultoyi ham birinchi qurultoy qarorlarini ma’qulladi.
Eski Turkiston xalqlari, jumladan, o’zbek xalqi, qadimdan yuksak madaniyatli xalq sifatida dunyoga tanilgan. Movarounnahrda run, uyg’ur, sug’d, moniy va braxma (braxmon) yozuvlari qo’llanilgan. Diniy mazmundagi asarlar braxma yoki moniy yozuvida, rasmiy hujjatlar uyg’ur yoki sug’d yozuvida yozilgan.
Qayd etilgan yozuvlarda bitilgan ko’p yozma yodgorliklar hozirgacha saqlanib keladi. Runiy yozuvda - O’rxun-Enasoy tosh bitiklari, uyg’ur yozuvida (uni Mahmud Koshg’ariy “turkcha yozuv” deb nomlaydi)- qadimgi turkey yodnomalar (VIII-X asrlar); “Oltin yorug’’, “Maytri simit”, budda va xristian diniga oid yodnomalar, yuridik hujjatlar esa sug’d yozuvida bitilgan. Moniy yozuvida “Xuastuanift” yodgorligi yozilgan. Uyg’ur yozuvi, arab yozuvi bilan barobar, XV asrgacha qo’llanadi. “Qutadg’u bilig”ning Vena (Hirot) nusxasi (XI asr), “Hibatul haqoyiq” (XII asr) ning A nusxasi, “Og’uznoma”ning qadimiy nusxasi (XIII asr oxiri), Xorazmiy qalamiga mansub “Muhabbatnoma” (1353-yil) asarining qadimgi nusxasi, “Latofatnoma”, “Dahnoma”, “Mahzanul asror” (XIV -XV asrlar) kabi asarlarning ayrim nusxasi yoki parchalari uyg’ur yozuvida bitilgan. Uyg’ur yozuvi sug’d yozuvi asosida kelib chiqqan. Runiy yozuvi ham qadimgi oromiy yozuvi asosida kelib chiqqan, degan nazariya hozir asosiy o’rinni egallaydi.

Yüklə 435,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin