Shakldosh qo’shimchalar quyidagi ko’rinishlarda uchraydi. 1.So’z yasovchilar o’rtasida. Qalamdon (ot) qadrdon (sifat)
Toshqin(ot) jo’shqin (sifat)
Tepki (ot) kechki (sifat)
Qatlama (ot) bo’g’ma (sifat)
O’roq (ot) qo’rqoq (sifat)
Yoshlik (ot) sirdaryolik (sifat)
Yuzsiz (sifat) so’zsiz (ravish)
Yugurik (sifat) ko’rik (ot)
2.So’z yasovchi qo’shimcha so’z shakli yasovchi qo’shimcha bilan shakldosh bo’ladi. Kelinchak (erkalash, hurmatlash shakli) erinchak (sifat yasovchi)
Gapirma (fe’lning bo’lishsizlik shakli) burma (sifat yasovchi)
Yuzlab (chama son shakli) haftalab (ravish yasovchi)
Qizcha (kichraytirish shakli) erkakcha (ravish yasovchi)
Dilafro’zxon (hurmat shakli) kitobxon (ot yasovchi)
Do’sti (III shaxs, birlik shakli) boyi (fe’l yasovchi)
3.Har qanday holatda so’z shakli yasaydi. Oqish (ozaytirma shakl) kelish (harakat nomi shakli)
Otam (egalik shakli) ko’rdim (shaxs-son shakli)
Ukang (egalik shakli) bording (shaxs-son shakli)
Quyida o’zbek tilida uchraydigan omonim qo’shimchalarni keltiramiz. Omonim (shakldosh) qo’shimchalar -chi - so’z yasovchi : shaxs oti yasovchi - ishchi
so’z yasovchi: sifat yasovchi - ayirmachi
yuklama so’z turkumi - kel-chi
-dor - so’z yasovchi, shaxs oti yasovchi : mulkdor
so’z yasovchi, sifat yasovchi: rangdor
-kash - so’z yasovchi, shaxs oti yasovchi: suratkash
so’z yasovchi, sifat yasovchi : dilkash
-ma - so’z yasovchi, ot yasovchi: tenglama
so’z yasovchi, sifat yasovchi: yozma(ish)
lug’aviy shakl hosil qiluvchi: bo’lishsiz shakl (o’qima)
so’z yasovchi , ravish yasovchi : yonma -yon
-in - so’z yasovchi, narsa-buyum oti yasovchi : ekin
so’z yasovchi, sifat yasovchi: to’lin (oy)
so’z yasovchi , ravish yasovchi : ochin-to’qin
lug’aviy shakl hosil qiluvchi,o’zlik nisbati: kiyindi
lug’aviy shakl hosil qiluvchi, majhul nisbat: olindi
-m - so’z yasovchi, ot yasovchi: to’plam
so’z yasovchi, sifat yasovchi: qaram
sintaktik shakl yasovchi, I shaxs egalik : onam
sintaktik shakl yasovchi, I shaxs-son : bordim
-iq - so’z yasovchi, ot yasovchi: chiziq
so’z yasovchi, sifat yasovchi : tiniq
so’z yasovchi, fe’l yasovchi : zo’riq
lug’aviy shakl hosil qiluvchi, fe’l shakli : siniq
-dir - lug’aviy shakl yasovchi, orttirma: kuldir
lug’aviy shakl yasovchi: gumon olmoshi: kimdir
kesimlik qo’shimchasi: shahardir
yuklama qo’shimcha: kelgandir