1-mavzu Kirish. Milliy til va adabiy til. Adabiy tilning ogzaki va yozma shakllari


-g’oq - so’z yasovchi, ot yasovchi: to’lg’oq so’z yasovchi, sifat yasovchi: toyg’oq -be



Yüklə 435,79 Kb.
səhifə64/96
tarix18.11.2023
ölçüsü435,79 Kb.
#132893
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   96
1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabi-fayllar.org

-g’oq - so’z yasovchi, ot yasovchi: to’lg’oq
so’z yasovchi, sifat yasovchi: toyg’oq
-be - so’z yasovchi, sifat yasovchi: bevafo
so’z yasovchi, ravish yasovchi: betinim
-chak - lug’aviy shakl hosil qiluvchi: kelinchak
so’z yasovchi, sifat yasovchi: kuyunchak
-xon - so’z yasovchi, ot yasovchi: g’azalxon
lug’aviy shakl, erkalash: Dildoraxon
-lab - so’z yasovchi, ravish yasovchi: ertalab
lug’aviy shakl hosil qiluvchi: minglab
-ng - sintaktik shakl, egalik, II-shaxs, birlik: onang
sintaktik shakl, shaxs-son, II-shaxs, birlik: bording
-ay - so’z yasovchi, fe’l yasovchi: sarg’ay
lug’aviy shakl yasovchi: boray
Mashq. 1. Qo’shimchalardagi shakldoshlikni izohlang.
Sayroqi- tutatqi, oqshomgi-sezgi, kechki-tepki, erinchoq-o’yinchoq, chizg’ich-yulg’ich, qishlik-yoshlik, aybdor-mulkdor, yashirin-bo’g’in, yasama-bostirma, chiziq-tiniq, bosqin-sotqin, sezgi-qadimgi, otashin-ekin, qirg’in-so’lg’in, chirik-elak.
2. Shakldosh qo’shimchalarni topib, namunadagidek yozing.
Namuna: Hunar ado bo’lmas boylikdir.
-lik- boylik -ot yasovchi
-lik - ko’rpalik (chit) - sifat yasovchi
-dir - boylikdir - kesimlik shakli
-dir - kuldir - lug’aviy shakl ,orttirma nisbat qo’shimchasi
-dir - borgandir - gumon yuklamasi
1. Ilm kelinchakka o’xshaydi: u xilvat va pinhoniylikni yoqtiradi. 2. Erinchak, dangasa insonlar hayotda hech qachon muvaffaqiyat qozonolmaydi. 3. Ishsizlik illatning uyasi. 4. Barvaqt turishga odatlaning, baraka topasiz. 5. Vafoli odamning do’stlari ham samimiy bo’ladi. 6. Bevafo do’stdan jabrli dushman afzal. 7. Vafosizda hayo yo’q, hayosizda vafo yo’q. 8. Qiziga qalamdon sotib oldi. 9. Bilimdon va tadbirkor, raqobatbardosh yoshlar vatanimizning kelajagi sanaladi. 10. Jonimdan o’zga yori vafodor topmadim, Ko’nglimdin o’zga mahrami asror topmadim.
3. Shakldosh qo’shimchalar juftligini ajratib yozing.
Ishchi-xizmatchi, mulkdor- rangdor, suratkash-dilkash, g’azalxon-otaxon, yig’in-ekin, to’lin(oy)- ochin-to’qin, yo’liq-chopiq, chiziq-siniq, ko’rik-birik, do’stlik-bolalik, o’tloq-toshloq, toyloq-bo’taloq, kuldon-bilimdon, guldon-qadrdon, sanoq-taroq, iliq- taroq, supurgi-bahorgi, maqtanchoq-toychoq, o’yinchoq- erinchoq, ata-sana, kuyunchak-kelinchak, bilim- kitobim, yig’in-chaqin, erkin-yashirin, birin-ketin-qishin-yozin, ko’rin-yuvin, o’yinchoq-maqtanchoq.

Yüklə 435,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin