1-mavzu Kirish. Milliy til va adabiy til. Adabiy tilning ogzaki va yozma shakllari


- mavzu: So`z va leksema. Bir ma’noli va ko`p ma’noli so`zlar. Ko`chma ma’nolar va ularning turlari



Yüklə 435,79 Kb.
səhifə74/96
tarix18.11.2023
ölçüsü435,79 Kb.
#132893
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   96
1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabi-fayllar.org

13- mavzu: So`z va leksema. Bir ma’noli va ko`p ma’noli so`zlar. Ko`chma ma’nolar va ularning turlari


Leksikologiya
Ma’lum bir tildagi so’zlar yig’indisi shu tilning lug’at tarkibini tashkil qiladi. Leksika atamasi ikki ma’noda qo’llaniladi:
a) tilning lug’at tarkibi, so’zlar yig’indisi;
b) lug’at tarkibini o’rganuvchi tilshunoslikning alohida bo’limi.
Leksika atamasining ikkinchi ma’nosi uchun leksikologiya atamasi ham qo’llanadi.
! Leksikologiya grekcha lexikos “so’z, so’zga doir” va logos “ta’limot” so’zlarining birikuvidan olingan bo’lib, leksika (so’z) haqidagi ta’limot demakdir. Demak, so’z va uning ma’nolarini o’rganuvchi tilshunoslik bo’limiga leksikologiya (ba’zan leksika) deyiladi.
Ma’lum tovush va tovushlar birikmasi ma`no bilan bog`langandagina so`zga aylanadi..
So`zning ikki tomoni:moddiy tomoni (tovush yoki harflar ketma-ketligi) va ma`no tomoni mavjud.
Ma`lum ma`no bilan bog`langan va morfologik shakllangan tovush yoki tovushlar birikmasi so`z sanaladi.
So`z ikki xil ma`no bildiradi. Bu ikki xil ma`noni opa so`zi misolida ko`rib chiqaylik.
Opa so`zi aka, uka, singil singari so`zlar bilan qarindoshlik ma`nosi bilan bir guruhga birlashadi. Ayni paytda bir guruhga mansub bo`lgan yuqoridagi so`zlar bir-biriga zidlanganda, ma`lum ma`nolari bilan o`zaro farqlanadi.
Xususan, opa so`zi o`gay opaga zidlanganda, qon-qarindoshlik (o`gay emaslik ) ma`nosini bildirishi bilan bir bo`g`inga mansublik ma`nosini bildirishi bilan; aka, uka so`zlariga zidlanganda, ayol jinsiga mansublik ma`nosi bilan; singil so`ziga zidlanganda esa opaning opaning mendan kattalik, singilning esa kichiklik ma’nosiga egaligi bilan farq qiladi.
Nutq jarayonida har bir so’z leksik va grammatik ma’nolar uyg’unligidan tashkil topadi.
Odatda, leksik va grammatik ma’nolarning muayyan tovush yoki tovushlar birikmasi bilan barqaror munosabatidan tashkil topgan butunlikka nisbatan so’z atamasi qo’llaniladi.
Grammatik ma’nosiz, faqat leksik ma’no bildiruvchi so’zning qismi uchun leksema atamasi qo’llaniladi.
Bunday vaqtda so’z morfologiya birligi sifatida, leksema esa leksikologiya birligi sifatida bir-biridan farqlanadi.
Demak, gap tarkibidan so’zlarni ajratamiz. So’zlar esa leksema va grammatik qo’shimchalarga bo’linadi. So’zning grammatik ma’no bildiruvchi qo’shimchalarsiz qismi leksema sanaladi. Lug’atlarda bosh so’z sifatida leksemalar beriladi.

Yüklə 435,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin