Atamashunoslik muammolari
Har qanday fan sohalarining rivojida shu fanga doir atamalarni izga solish katta ahamiyatga ega.
Atamalarni tartibga solish harakati mustaqillikning ilk davrlarida turli yo’sinda olib boriladi: a) rus tilidan va bu til orqali Yevropa tillaridan kirib kelgan atamalarning o’rniga arab-fors tilidan atamalar tanlash: aeroport o’rniga tayyoragoh; samolyot o’rniga tayyora; institut o’rniga oliygoh, rayon o’rniga nohiya, radio o’rniga ovoznigor, telefon o’rniga durovoz kabilar: b) rus tilidan va til orqali Yevropa tillaridan kirib kelgan atamalarning o’zbek tilining ichki imkoniyatlarini qidirib, o’zbekcha muqobillarini topish. Agar muqobili bo’lmasa, boshqa tillardan olingan atamalarni o’zbek tili fonetik qonuniyatiga moslashtirib qo’llash. Masalan, aksiya-hissa, aksioner-hissador, kanselyariya-devonxona, pechat-muhr, gimn-madhiya, tamojnya-bojxona, bank-banka, samolyot-samolyot, vertolyot-vertolyot, raketa-raketa, tank-tank, telefon-telefon, kompyuter-kompyuter kabi. Atamalarni izga solishning keyingi yo’li istiqbolli yo’l ekanligi hammaga ayon bo’ldi, chunki boshqa tillardan atama qabul qilmaydigan birorta ham til yo’q. Masalan, telefon, kompyuter atamalari dunyoning hamma tillariga kirib brogan.
Hozirgi kunimizda o’zbek tili birja, dizayn, lizing, marketing, menejment, monitoring, audit singari yuzlab boshqa tillardan olingan atamalar hisobiga boyib bormoqda.
O’zbek tili leksikasining boyish manbalari
O’zbek tili leksikasi bir qancha manbalar asosida boyib rivojlanib boradi. Ularni, eng avvalo, ikki katta guruhga ajratish mumkin: 1) o’z ichki imkoniyatlari asosida; 2) boshqa tillardan so’z olish asosida. Ularning birinchisi ichki manbalar, ikkinchisi esa tashqi manbalar sanaladi.
1. O’zbek tili leksikasining birinchi yo’l bilan boyib borish imkoniyatlari juda kengdir. Masalan, a) ilgari qo’llanilib, keyin iste’moldan chiqib ketgan so’zlardan yangi tushunchalarni ifodalash uchun foydalanish: vazir, hokim, viloyat, shirkat, noib, tuman kabi; b) yasovchi qo’shimchalar yordamida yangi so’z yasash: uyali telefon, omonatchi, pudratchi, bojxona, auditchi (auditor), dizaynchi (dizayner) va boshqalar; v) dialektal so’zlarni faollashtirish orqali: mengzamoq (Xorazm) “o’xshatmoq”, “tenglashtirmoq”, “qiyoslamoq” ma’nosida.
2. O’zbek tili leksikasi tashqi manbalar asosida ham boyib bormoqda. Tashqi manbaga arab, fors-tojik, mo’g’ul, uyg’ur va rus tillaridan olingan so’zlar kiradi. Buni quyidagi sxema orqali ko’rsatish mumkin.
Boshqa tillardan o’tgan so’zlar olinma (o’zlashma so’zlar ) deyiladi. Masalan, litsey, kollej, kompyuter, radio, avtomobil, menejment, biznes, faks, magistr.
Dostları ilə paylaş: |