1-mavzu Kirish. Milliy til va adabiy til. Adabiy tilning ogzaki va yozma shakllari


Berilgan so’zlar ishtirokida gaplar tuzing. Omonim yoki polisemantik so’z ekanligini aniqlang



Yüklə 435,79 Kb.
səhifə87/96
tarix18.11.2023
ölçüsü435,79 Kb.
#132893
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   96
1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabi-fayllar.org

Berilgan so’zlar ishtirokida gaplar tuzing. Omonim yoki polisemantik so’z ekanligini aniqlang.
Tut, bel, yuz, oyoq, yengil, gul, sher, sana, uch, o’ch, quloq, yoqa, ildiz…
Namuna:
1. Bugungi kechamizga shoir Do’st Hamdam ham tashrif buyurgan.
2. Olti narsa rohatda yashashga yordam beradi, shulardan biri haqiqiy do’sting bo’lmoqligidir.
3. Do’st!!! Yana bir juft qo’shiq bo’lsin!
Topshiriq:
1. Avval shakldosh so’zlar qo’llangan gaplar juftligini, keyin ko’p ma’noli so’zlar ishtirok etgan gaplar juftligini ko’chiring.
1. Maktabda “O’tkir zehnlilar” musobaqasi bo’lib o’tdi. O’tkir boltasi bo’lsa-yu, shart bir daraxtni kesib yelkaga olib jo’nasa.
2. Qorong’u kechada ko’kka ko’z tikib, eng yorug’ yulduzdan seni so’rayman.
3. Hech bo’lmaganidan ko’ra kech bo’lgani yaxshi. Bir qoshiq qonidan kech bu bechoraning.
2. Ajratib ko’rsatilgan so’zlarning shakldoshlarini toping.
1. Qing’ir ish qirq yildan keyin ham fosh bo’laveradi.
2. Idoraga uch, senga ham pul katta.
3. Belni aldab-aldab ishga solmasak bo’lmas.
4. Go’ro’g’li och qoldi, enasiga qarab bir so’z dedi.
Sinonim so`zlar. Shakli har xil, ma’nosi bir-biriga yaqin bo`lgan so`zlar sinonim deyiladi. Sinonim so`zlar bir predmet hodisaning (taom, ovqat; baxt, iqbol, tole, saodat), belgining (sezgir, ziyrak, tuyg`un; aniq, ochiq-ravshan, yorqin, oydin, ayon), harakatning (yordamlashmoq, ko`maklashmoq) bir necha nomi. Sinonim so`zi grekcha «bir nomli» degan ma’noni ifodalaydi. Shuning uchun sinonimik hodisa bir so`z turkumi doirasida yuzaga keladi.
Sinonim so`zlar aynan bir predmet, belgi, harakat tushunchasini ham, qo`shimcha ma’no ottenkalari bilan farqlanadigan predmet, belgi, harakat tushunchalarini ham anglatadi. Masalan, tilshunoslik – lingvistika sinonimlarining ma’nosi aynan bir xil. Yig`lamoq, yig`lamsiramoq sinonimlarining ma’nosida farq mavjud.
Bir ma’no atrofida birlashgan so`zlar guruhi sinonimik qatorni tashkil etadi. Masalan: odam – kishi – inson – bashar; davolamoq, tuzatmoq; yorug` - nurli - charog`on, yorqin – munavvar.
Sinonimik qatorni tuzishda ma’nodosh so`zlar uchun asos qilib olingan so`z bosh so`z (dominant - uslubiy xoslanish va baho bildirishiga ko’ra neytral) deyiladi. Bunday so’z har qanday uslubiy xoslanish va so’zlovchining bahosidan holi bo’lgan so’z sanaladi. Sinonimik guruhdagi ma’noli, barcha nutq uslublarida qo`llanadigan, adabiy tilga mansub, ma’no doirasi keng bo`lgan so`z bosh so`z sifatida tanlab olinadi: botir - qahramon – dovyurak - qo`rqmas – jasur.
Sinonimik qatorni belgilashda so`zlarning yagona umumiy belgisiga asoslanadi. Masalan: uy va bino so`zlari bir-biriga yaqin ma’noli bo`lsa ham, uy so`ziga xos asosiy tushuncha bilan (odam yashaydigan joy) «bino» so`zi ifodalaydigan tushuncha (imorat) o`rtasida umumiylik yo`qligi uchun ular sinonim bo`la olmaydi.
Sinonimlarning quyidagi turlari mavjud: 1) lug`aviy sinonimlar; 2) grammatik sinonimlar.
1. Lug`aviy sinonimlar: 1) so`zlar doirasida (bezak, ziynat, hasham); 2) so`z va iboralar doirasida (ayyor - mug`ambir – pixini yorgan, ilonning yog`ini yalagan); 3) iboralar doirasida (og`ziga talqon solmoq - og`zida qatiq ivitmoq) bo`ladi. Lug’aviy sinonimlar garchand bir umumiy ma’noni bildirsa ham, lekin ularning ma’no darajasi, ijobiy yoki salbiy bahoga egaligi, ma’lum uslubga xoslanishi bilan bir-biridan farqlanadi. nutqiy jarayonda so’zlovchi maqsadiga muvofiq ravishda sinonimlar qatoridagi so’zlardan birini tanlaydi. Masalan, Inson bosh qismining oldi tomoni oraz, uzor, ruxsor, yuz, bet, aft, bashara, nusxa, turq singari so’zlar orqali ifodalanadi. Ushbu qatorda yuz so’zidan chap tomondagi to’rtta so’zda (oraz, uzor, ruxsor, chehra) ijobiy baho va uchtasida (oraz, uzor, ruxsor ) badiiy uslubga xoslanish belgisi bo’lsa, o’ng tomondan beshta so’zda (bet, aft, bashara, nusxa, turq) salbiy baho munosabati mavjud va bu salbiy baho ularda darajalanib, kuchayib boradi (betga nisbatan aftda salbiy baho kuchliroq, turqda esa hammasidan kuchliroqdir. Demak ,bu beshta so’zda salbiy baho kuchayib boradi.) Yuqoridagi sinonimlar qatorida yuz dominant sanaladi.
2. Grammatik sinonimlar qo`shimchalar doirasida bo`ladi. Masalan, o’rinsiz-noo’rin, itoatli-itoatkor, shirali-shirador, savlatli-basavlat, sutli-sersut.
Sinonim so`zlar o`zbek tilining ichki taraqqiyoti asosida (kun - quyosh, ish – yumush, qari – keksa) va boshqa tildan so`z olish natijasida (o’t (o`zbekcha) – olov (tojikcha), oftob (tojikcha) – quyosh (o`zbekcha), osmon (o`zbekcha) – ko’k(tojikcha), adabiy tilga xos so`z bilan shevaga xos so`zlar (go`zal – suluv – ko`hlik – xushro`y) yoki shevaga oid bir necha so`zlar doirasida (chelak – satil - paqir) yuzaga keladi.
Masalan; og’ir, vazmin, zalvarli. Sinonimlar barcha so‘z turkumlarida uchraydi.
Ot sinonimlar: uy, hovli, uchastka, eshik.
Sifat sinonimlar: aqlli, esli, miyali
Olmosh sinonimlar: u, o‘sha
Fe’l sinonimlar; shivirlamoq, pichirlamoq, shipshimoq,
Ravish sinonimlar: keyin, so‘ng
Yordamchi so‘zlar: ammo, lekin, biroq
Sinonimlarning turlari
Sinonimlarga baho berishda tubandagi uch mezondan kelib chiqish foydadan xoli bo‘lmaydi.
I. Ma’no qirrasiga ko‘ra. Sinonimlar ma’no jihatidan bir  biriga yaqin tursada, ayrim o‘rinlarda ulardan birini ikkinchisining o‘rnida mutlaqo ishlatib bo‘lmaydi. Mana shu jihatiga asoslangan holda ularni to‘liq sinonimlar, ya’ni qisman birining o‘rnida ikkinchisini ishlatish mumkin bo‘lgan sinonimlar (yalqov, dangasa, ishyoqmas)ga va ma’noviy sinonimlar (yugurdi, g’izilladi)ga ajratamiz. Ma’noviy sinonimlar ichki ma’no nozikliklari bilan birbiridan ajralib turadi. Ularni matnda birining o‘rniga ikkinchisini qo‘llab bo‘lmaydi. Ma’nodosh so’zlar bir umumiy ma’noni ifodalasa ham shu umumiy ma’noni qanday ifodalash nuqtayi nazaridan bir-biridan farq qiladi. Masalan, shivirlamoq, gapirmoq, baqirmoq, bo’kirmoq so’zlari so’zlash umumiy ma’nosi bilan bir hil bo’lsa ham , ular ovozning baland-pastligiga ko’ra farq qiladi, shuningdek, to’ng’illamoq, ming’irlanoq, javramoq, vaysamoq so’zlari ham so’zlash umumiy ma’nosi bilan yuqoridagi so’zlar bilan birlashadi, lekin ulardan salbiy bahoga egaligi bilan farq qiladi.
Ayrim adabiyotlarda ma’no ottenkasiga putur yetkazmasdan birining o‘rnida ikkinchisini ishlatish mumkin bo‘lgan sinonimlarni absolyut sinonimlar, ma’noviy sinonimlarni esa semantik sinonimlar deb ajratish holatlariga ham duch kelinadi.
II. Sinonimlarni uslubiy baho jihatidan ham ma’lum bir turlarga ajratish mumkin.
Sinonimlar uslubiy jihatdan o‘zaro bir biridan farqlanib tursa, ularga uslubiy yoki stilistik sinonimlar deyiladi. Uslubiy baho ularda ikki yo‘nalishda bo‘ladi. Birinchi yo‘nalishga kirgan sinonimlarda uslubiy betaraflik bo‘ladi: ketdi, jo‘nadi kabi. Ikkinchi turdagi sinonimlarda esa uslubiy xoslanganlik kuzatiladi: kuldi, jilmaydi, iljaydi, tirjaydi, irshaydi. . Irod etmoq, bayon qilmoq singari so’zlar kitobiy uslubga xoslanishi bilan farqlanadi.
Uslubiy xoslik yana o‘z navbatida ikkiga ajraladi: a) ijobiy baho mavjud bo‘lgan sinonimlar: yuz, chehra, bet; b) salbiy baholi sinonimlar: turq, aft, bashara.
III. Sinonimlarni nutqiy xoslanish jihatidan ham muayyan turlarga ajratish mumkin. a) umumxalq leksemasi — nutqning barcha ko‘rinishlarida ishlatila olinadigan sinonimlar: odam, kishi, inson; b) so‘zlashuv nutqiga xos sinonimlar yoki dialektal sinonimlar: xit, ment, tog’a (militsioner) v)rasmiy nutqqa xos sinonimlar: ishdan bo‘shatildi, ozod qilindi kabi.
Sinonimlardan o’rinli foydalanish so’zlovchining maqsadini aniq, ravon va ta’sirchan ifodalashda katta ahamiyatga ega.

Yüklə 435,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin