1-Мавзу: Мактабгача таълим фанларини ўқитиш жараѐни яхлит тизим сифатида


Maktabgacha pedagogika fanining vazifalari



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə2/37
tarix02.12.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#137630
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Методика Лекция узб латын

Maktabgacha pedagogika fanining vazifalari. Maktabgacha pedagogikafani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta`minlashga alohida hissa qo`shadi. Maktabgacha pedagogika fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat qurilishi, uning hayotida etakchi o`rin tutuvchi g`oyalar mohiyati muhim ahamiyatga ega.
O`zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan yuksak ma`naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, milliy istiqlol g`oyasi asosida ta`lim va tarbiya berish jarayonini nazariyasini ijodiy rivojlantirish vazifasini hal etadi. Mazkur jarayonda quyidagi vazifalarni bajarishga e`tibor qaratiladi:
1. Ma`naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi shaxsni tarbiyalashga yo`naltirilgan pedagogik jarayonning mohiyatini o`rganish.
2. Shaxsni har tomonlama kamol toptirish qonuniyatlarini aniqlash.
3. Ijtimoiy taraqqiyot darajasidan kelib chiqqan holda, rivojlangan xorijiy mamlakatlar maktabgacha ta`lim tizimi tajribasini o`rganish asosida maktabgacha ta`lim tizimini takomillashtirish.
4. Maktabgacha ta`lim muassasalari hamda, ularda faoliyat olib borayotgan pedagoglar faoliyati mazmunini asoslash.
5. Maktabgacha ta`limdagi ilg`or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va amaliyotga joriy etish.
6. Bo`lg`usi tarbiyachlarni maktabgacha pedagogika oid bilimlar hamda ta`lim-tarbiya berish usullari bilan qurollantirish.
7. Maktabgacha ta`limda ta`lim-tarbiya birligi hamda ijtimoiy tarbiya yo`nalishlari o`rtasidagi o`zaro aloqadorlikni ta`minlashning pedagogik shart-sharoitlarini o`rganish.
8. Maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim va tarbiya berish jarayonining samarali texnologiyalarini yaratish.
9. Oila tarbiyasini muvaffaqiyatli tashkil etish yuzasidan ota-onalar uchun ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin