I Bo`lim. O`quv faniga kirish. Quyidagi o`quv ma`lumotli materiallardan iborat:
1) o`quv fanini o`rganishning dolzarbligi, maqsad va vazifalari;
2) Mutaxassislik bo`yicha talabalar tomonidan fan mazmunini muhim o`zlashtirish darajasiga davlat ta`lim standartlarining talablari.
3) Fanning o`quv dasturi: o`quv vaqtining umumiy hajmi va uni mavzular va ish turlari bo`yicha taqsimlanishi ko`rsatiladi, o`quv fanining mavzuviy mazmuni izchillikda bayon etiladi.
4) Fan bo`yicha nazorat shakli va reyting baholash.
5) Asosiy va qo`shimcha adabiyotlar ro`yxati.
6) Fan bo`yicha bilmilarni yakuniy tekshirish savollari.
II Bo`lim.O`quv fani bo`yicha reja-topshiriq va o`quv-metodik materiallar to`plami. Berilgan o`quv mashg`uloti to`g`risida ma`lumotni, jumladan ko`zlanayotgan o`quv natijalar, mustaqil ish uchun topshiriqlar; ularni bajarishni ta`minlovchi o`quv material va metodik tavsiyalar; o`quv yutuqlarini o`zi tekshirishi uchun test, topshiriq va savollardan iborat. Talabani o`quv mashg`ulotiga mustaqil tayyorlanishida va o`quv jarayoni vaqtida uning mustaqil faoliyatini tashkiliy-didaktik ta`minlash vazifasini bajaradi. O`quv yutuqlarini doimiy o`zi nazorat qilishini ta`minlaydi.
Fan bo`yicha glossariy- asosiy toifa va atamalar lug`ati.
O`quv fani bo`yicha talabani o`quv natijalarining yutuqlar varag`i- talaba tomonidan reyting ballarni to`planishi to`g`risida tezkor ma`lumotlarni olishni ta`minlaydi.
O`quv fani bo`yicha talabaga mo`ljallangan o`quv-metodik kompleksni (O`UM) ishlab chiqishning yo`l va vositalari Talabaning O`UM quyidagilardan kelib chiqib ishlab chiqilishi kerak:
1) o`quv ma`lumotining maqsadi, tuzilishi, mazmuni va hajmi,
2) talabaga DTS tomonidan belgilangan, berilgan sharoitda va o`quv rejasida belgilangan vaqtda ta`lim maqsadlariga erishishni kafolatlovchi fan bo`yicha ta`lim texnologiyasi.
O`quv fani bo`yicha talabalar mustaqil faoliyatini tashkillashtirish uchun O`UM tuzilishi va mazmunli ko`rsatkichlari:
1. Reja - topshiriq - har bir o`quv mashg`uloti uchun tuziladi. Jadval ko`rinishida bajarilib, quyidagi ma`lumotlarni o`z ichiga oladi:
1.1. Mavzuning nomi, o`quv mashg`uloti shakli va turi.
1.2. O`quv mashg`ulotining tuzilishi olib borish rejasi.
1.3. O`quv mashg`uloti maqsadi.
1.4. Talabaning o`quv faoliyati natijalari-ta`lim berish natijasida talaba bajarishi lozim bo`lgan harakatlar. Ular aniq va fe`llarda (...aytadi, ....sanab beradi, .... tasniflaydi va h.k) ifodalanib, olingan natijalarni bir xil ma`noda va haqqoniy baholash, ularni belgilangan maqsadga mos kelishini aniqlash imkonini beradi.
1.5. Mustaqil tayyorgarlik uchun topshiriq. Ular qisqa maslahat va ularni bajarish bo`yicha tavsiyanomalardan iborat bo`lgan-aytib berishlar bilan berilishi mumkin.
1.6. Nazorat shakli: Kuzatuv, o`quv topshiriqlarini bajarish, savol-javob shakli, test va boshq.
1.7. O`quv fan bo`yicha talaba olishi mumkin bo`lgan, eng yuqori ball. O`quv fan bo`yicha talaba olishi mumkin bo`lgan, haqiqiy ball.
2. O`quv-metodik materiallar o`quv mashg`uloti maqsadi va mazmunidan tashqari, ta`lim berish texnologiyasiga muvofiq quyidagilarni o`z ichiga oladi:
2.1. O`quv materiallar: ma`ruzaning qisqa (tayanch) chizma va jadval ko`rinishidagi yozmalari.
2.2. O`quv guruhi uchun topshiriq, ularni bajarishning ko`rsatkich va baholash mezonlari.
2.3.Talabalar o`quv ish jarayonida amal qilishlari lozim bo`lgan axborot beruvchi materiallar: (aqliy hujum, guruhlarda ishlash) qoidasi; (esse, referat yozishga) talablar; (keys va boshq.) materiallar.
2.4. O`zini tekshirish uchun topshiriqlar (test, savol, topshiriq va mashqlar).
Joriy pedagogik nazoratni va talaba tomonidan ko`zlanayotgan ta`limiy maqsadlarga erishish darajasini doimiy o`zi baholashni ta`minlaydi. Oraliq va yakuniy nazoratning savol va topshiriqlarni o`z ichiga oladi.
O`quv-metodik materiallar hajmi chegaralanmaydi. Lekin ular katta hajmli, yaxshi tuzilmaga keltirilgan va grafikli ramsiylashtirilgan bo`lishi kerak.