Tetiklashtiruvchi mashqlar
“Kapalaklar”
O‘yinning mazmuni: Bolalar stulchalarda o‘tirishadi.
Tarbiyachi bolalarga: «Bolalar qaranglar-a, qanday chiroyli kapalaklar; ko‘k, sariq, qizil!» Ular xuddi jonli kapalaklarga o‘xshaydi. Ko‘raylikchi, ular ucha oladilarmi? (ularni puflaydi). Qaranglar, uchib ketishdi. qani sizlar ham puflab ko‘ringlar-chi. Kimniki uzoqqa uchar ekan?
Tarbiyachi har bir kapalakning qarshisiga bittadan bolani turg‘azib qo‘yadi, bolalar kapalakka qarab puflaydilar.
O‘yin bir necha marotaba takrorlanadi. Bunda bolalarning to‘g‘ri turishiga, nafas olganlarida elkalarining ko‘tarilmasligiga ahamiyat berib borish kerak. Bolalar bir nafas chiqarishda, havo olmasdan turib, biron narsani puflashlari kerak. Lablar biroz cho‘chchaygan bo‘ladi. Har bir bola biror narsani 10 soniyadan (orasidan tanaffus qilish bilan) ortiq puflamasligi kerak. Endi “Dd” harflari bilan tanishamiz. Bosh “D” va kichik “d” ko‘rgazmadan, rasmli alifbodan, maxsus tayyorlangan ko‘rgazmadan (bosma shakli) ko‘rsatiladi. Bosh “D” harfi ko‘rsatilib, bu harfning qanday shakli? (Bosh shakli — Bosh D harfi) Bosh “D” harfi bilan qaysi so‘zlar yoziladi? Bu (“D”) qanday harf? (Bu kichik “d”harfi) U qaysi so‘zlarda yoziladi? (dutor, doira...) Men ko‘rsatgan “Dd” harflarini nimalarda o‘qiysiz? Nima uchun “D” harflari ko‘k rangda yozilgan? Shundan so‘ng kesma “Dd” harflari ,,Harf kassasi"ga qo‘yiladi
Dostları ilə paylaş: |