Kesma harflar bilan ishlash. Bolalarga kesma harflardan bo‘g‘in tuzdiriladi va o‘qitiladi. Tuzilgan bo‘g‘inlardan yoki bo‘g‘inli kartochkalardan bir nechta so‘z tuzdirilib, o‘qitiladi, ulardan birining bo‘g‘in-tovush tahlili o‘tkaziladi: don, do‘l, do-ri, da-la, O-dil, du-tor.
Mashg‘ulotga faol qatnashgan bolalar rahbatlantiriladi.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar :
- Bugun qaysi tovush bilan tanishdik?
- “D” qanday tovush ekan?
-Bu tovushni nima qilamiz?
- Biz tovushlarni nima uchun o‘rganamiz?"
- “D” tovushi qaysi harf bilan yoziladi?
- “D” harfining shakli qanaqa ekan?
- “D” harfining necha xil shakli bor ekan? (Bosh va kichik, bosma shakli)
- Bosh D harfi qaysi so‘zlarda yozilar ekan?
Bo‘g‘inli kartochkalar bilan qanday so‘zlarni tuzdik?
Dostları ilə paylaş: |