1-mavzu: “MA’naviyatshunoslik” fanining ob’ekti, predmeti va ma’naviyatning jamiyat hayotidagi o‘rni rejaTurli xalqlarning urf-odatlari va marosimlari
«Ma’naviyatshunoslik» fanini o‘rganish va o‘qitish uslublari Ma’naviyat ko‘ngil ko‘zgusidan taralgan nur, u inson qalbida yashiringan. Demak, "Ma’naviyatshunoslik" fanining asosiy vazifasi ham ruh tarbiyasi, ko‘ngil ko‘zgusiga sayqal berishda har bir shaxsga ko‘maklashuvdir. "Ma’naviyatshunoslik" fani insonning Oliy haqiqatga nisbatini o‘rganadi. Buning uchun ma’naviyat muallimi, faylasufdan farqli o‘laroq, o‘z mulohazalarini sof mantiqiy mulohazalar tarzida emas, balki ma’naviy merosga, bu sohada ajdodlarimiz erishgan beqiyos yutuqlarga asoslangan holda olib boradi, ya’ni bu fan, ma’lum ma’noda, tarixiy-nazariy fandir. Uning teranligi va ko‘lami ajdodlarimizning ming yillar davomida to‘plagan yaxlit tarixiy-ma’naviy tajribasi bilan belgilanadi, shu bilan birga xalq donishmandligining turli suratlarda. zuhur etishi ham undagi nazariy xulosalarning manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Milliy ma’naviyat o‘tmishnigina emas, ham bugun, ham kelajakni o‘zida mujassam etadi. Buning uchun uning manbayi sifatida biz faqat ajdodlarimizning yozma merosiga tayanib qolmay, balki ushbu merosdan anglaganimizni bir paytning o‘zida xalqning tirik xotirasi bilan, uning ma’naviy qadriyatlari bilan qiyoslab, ularning uyg‘un jihatlariga e’tibor qaratishimiz lozim bo‘ladi. SHu bilan birga tarix tajribasi va sinovlaridan o‘tgan qiymatlarni umumbashariy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirib, hozir va kelajak uchun ahamiyati nuqtai nazaridan baholash ko‘zda tutiladi. Xullas, milliy ma’naviyat nazariyasi voqelikni faqat ong bilan, aql bilan tushunib etish tajribasiga emas, Haqiqatni anglab etishning barcha vositalari, e’tiqod, ibrat, taqvo, riyozat, irfon, mehr, did-farosat, amaliy yaratuvchilik faoliyatining barcha turlariga e’tibor qaratib, millatning barcha amaliy va nazariy tajribasini o‘rganishga intiladi, ushbu tajribani ongli o‘zlashtirishda har bir insonga ko‘maklashadi, maqsad bitta, ko‘ngil ko‘zgusiga sayqal berishda har bir shaxsga iloji boricha yordam berish. Inson ruhida tabiatga nisbatan, o‘zgalarga nisbatan mehr va adolat tuyg‘ulari shakllanishiga uning moddiyligi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan nafsi ammorasi, ya’ni g‘aflat, shahvat va kibr kabi qusurlar doimo xalaqit berib turadi, shuning uchun har bir kishi hayotga, o‘z faoliyatiga sergak boqishi lozim. Ushbu illatlar har bir inson fitrati bilan bog‘liq bo‘lgani tufayli inson moddiy mavjudot sifatida tirik ekan, ulardan butkul qutulish umidi xom xayol, faqat ulami muvozanatlovchi kuch kerak. Ayni shu kuch ma’naviyatdir. 1999-yil 14-aprel kuni ochilgan Birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 14-sessiyasida «O‘zbekiston 21 asrga intilmoqda» deb nomlangan ma’ruzasida Prezident I.Karimov mamlakatimizni yangi asr arafasi va uning dastlabki yillaridagi rivojlanish strategiyasini belgilab berar ekan, «jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirish»ni ustuvor yo‘nalishlardan ekanligini alohida ta’kidlab, ma’naviyatga mukammal ta’rif berish bilan birga bu sohada bugungi kunda oldimizda turgan eng muhim masalani ham aniq ko‘rsatib o‘tdi: "Erkin fuqaro ma’naviyatini, ozod shaxsni shakllantirish masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifadir. Boshqacha aytganda, biz o‘z haq-huquqlarini taniydigan, o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak»37. SHu ma’noda har bir inson ruhida Borliq haqiqati bilan uyg‘unlik hosil etishga har taraflama ko‘maklashish "Milliy ma’naviyat asoslari" fanining asosiy maqsadi bo‘lib qoladi. "Milliy ma’naviyat asoslari" mustaqillikkacha maxsus fan sifatida biror o‘quv yurtida o‘qitilgan emas va bu sohaga etarli e’tibor ajratilgan emas. "Ma’naviyat" tushunchasi faqat ba’zi hollarda "madaniyat" tushunchasining tarkibida "ma’naviy madaniyat" ("duxovnaya kultura") sifatida olib qaralgan. Bugungi kunda bu masalaga yangicha qarash shakllanib kelmoqda. Bu qarashga binoan ma’naviyat moddiy ehtiyojlar hosilasi sifatida emas, inson va jamiyat hayotining asosini tashkil etuvchi mustaqil uch yo‘nalish (iqtisod, siyosat, ma’naviyat)ning biri sifatida olib qaralmoqda. SHunday yondoshuvdan kelib chiqqanimizda, aksincha, "madaniyat" inson ma’naviy faoliyatining hosilasi, boshqa so‘z bilan aytganda, inson ma’naviyatining moddiy voqelikdagi izlari sifatida namoyon bo‘ladi. "Milliy ma’naviyat asoslari" fani dasturiy tizimini belgilashda ushbu yangicha yondoshuvga tayanildi. Har bir mustaqil millat o‘z hayot tarzini, kelajagini ajdodlarning tarixiy tajribasi va jahondagi ilg‘or tamoyillar uyg‘unligi asosiga qursa, yanglishmaydi. Bunday mustaqil rivojlanish yo‘li istiqlolning dastlabki yillaridan e’tiboran O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov tomonidan ishlab chiqildi va o‘tgan yillar mobaynida izchil amalga oshirib kelinmoqda. Ma’naviyat insondagi yaratuvchilik qudratidir, insonda shu qudratni uyg‘otish va harakatga keltirishga muvaffaq bo‘linsa, barcha ulug‘vor rejalarni amalga oshirish uchun voqe imkon vujudga keladi. Masalaga bugungi jahon taraqqiyotining ilg‘or tamoyillari darajasida yondoshilsa, milliy ta’limning eng muhim vazifasi ham ana shu imkonni shakllantirish, ya’ni yosh avlod ruhida yaratuvchilik qudratini uyg‘otib, uni bashariyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi muayyan o‘zanlar sari yo‘naltira bilish bilan belgilanadi. Ma’naviyat poydevori baquvvat bo‘lmasa, unday insonning butun g‘ayrati, jo‘shqin faoliyati, oxir natijada, xalq va vatan uchun, bashariyat kelajagi uchun, qolaversa, uning o‘z shaxsi uchun qanday xulosaga olib keladi, aytish qiyin. Imom G‘azzoliy o‘z davrida bekorga aytmaganlar. "SHuni bilsinlarki, odamzodni azbaroyi o‘yin uchun yaratmishlar, aning amali ulug‘dir va uning uchun buyuk xatar bordir". Ana shu "ulug‘ amal" va "buyuk xatar" oralig‘ida yo‘nalishni to‘g‘ri belgilab olmoq ko‘p jihatdan ma’naviy ogohlik va kamolotga bog‘liq. "Milliy ma’naviyat asoslari" fanini o‘qitish jarayonida asosiy e’tibor ushbu "ma’naviy ogohlik" masalasiga qaratiladi, shu bosh maqsaddan kelib chiqqan holda, imkon darajasida yosh avlodni milliy ma’naviyatimizning asosiy tamoyillari, uning mingyillik ildizlari, takomil bosqichlari, bosh qadriyatlari va tayanch nuqtalari, kelib chiqish manbalaridan ogoh etiladi. "Milliy ma’naviyat asoslari" fanining asosiy obekti-mustaqil O‘zbekiston uchun eng dolzarb muammolardan biri bo‘lgan shaxs va millat ma’naviyatining takomili, asosiy qadriyatlari, shakllanish yo‘llari xususidagi milliy ma’naviy merosimiz an’analariga tayanuvchi nazariy xulosalar va qarashlar tizimidan iboratdir. Ma’lumki, jahon madaniyatiga bizning ajdodlarimiz qo‘shgan hissa ozmuncha emas. "Milliy ma’naviyat asoslari"ning maxsus fan sifatida o‘rganilishi, shu ma’noda, bugungi kunda ham jahon madaniyati rivojiga muayyan ijobiy natijalar keltirish ehtimolini nazardan qochirib bo‘lmaydi. Demak, milliy ma’naviyat doimo umumbashariy miqyosni nazarda tutgan holda o‘rganiladi. Fanning o‘qitish uslublari 1) uning maqsad va vazifalaridan 2) ta’lim qaysi tinglovchilar (talabalar, o‘quvchilar) uchun mo‘ljallanayotganligidan kelib chiqib belgilanadi: ma’ruzalar, suhbatlar, turli xil amaliy mashg‘ulotlar tizimi har bir o‘quv yurti ixtisos yo‘nalishiga muvofiq ravishda ishlab chiqilib, ular nafaqat ushbu o‘quv yurti professor o‘qituvchilari, balki mavzu taqozosiga ko‘ra, respublikaning muayyan sohadagi etakchi olimlari va mutaxassislarini taklif qilingan holda tashkil etiladi. Darslar, ayniqsa, suhbatlar faqat darsxonalarida emas, mavzuga muvofiq ravishda turli madaniyat muassasalari, jumladan, muzeylar, teatrlar, ilmiy tadqiqot institutlari va h.k.larda ham tashkil etilishi yaxshi samara beradi. Yüklə 237,36 Kb. Dostları ilə paylaş: |