Konlarni loyihalashda marksheyderlar quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
Shaxta (karyer) hududida loyihalash ishlari yordamida belgilangan tartibda konga ajratilgan yer hududini (chegaralarini) aniqlash;
Foydali qazilma konlari konlarini qazish uslubini aniqlash va asoslab berish, qazish variantini aniqlash, yer ustida qurilishi kerak bo’lgan bino va ob’ektlarni shaxta chegarasiga joylashtirish;
Foydali qazilma konlarini qazish natijasida loyihalanayotgan bino va obe’ktlarga yetishi mumkin bo’lgan zarardan himoyalash tadbirlarini tuzish va xisoblash;
Belgilangan shaxta mayonida foydali qazilma konlarini sanoat zahiralarini hisoblash va kon ishlari hajmini aniqlash.
Konlarni qurishda marksheyderlar quyidagi ishlarni bajaradi:
Asosiy inshoat va kon lahimlarini loyiha chizmalarini tekshirish va ularni geometrik elelmentlari bilan to’g’riligini aniqlash;
Sanoat maydonini (promplashadka) marksheyderlik geometrik asos va syomka tarmoqlari bilan ta’minlash;
Inshoat va kon lahimlarining geometrik elementlarini loyihalash va joyiga ko’chirish;
Inshoatlarni qurishda va kon lahimlarini o’tish jarayonlarida syomkalarni bajarish va planlarini tuzish;
Loyihaga amal qilinishini nazorat qilish;
Konlarni ekspluatatsiya qilishda marksheyderlar quyidagi ishlarni bajaradi:
Kon ishlari olib borilayotgan uchastkani asos va syomka tarmoqlari bilan ta’minlash;
Loyihaviy nuqtalarni, lahimlarni o’rnini joyga ko’chirish;
Konlarni yer osti uslubida qazishda gorizontal va Vertikal bog’lovchi syomkalarni bajarish;
Yer osti konlarini, lahimlarini to’liq syomkalarni bajarish;
Kon lahimlarida yer osti tayanch va syomka tarmoqlarini barpo qilish asosida marksheyderlik chizmalarda kon lahimlarini to’g’ri tasvirlash uchun yer osti kon lahimlarini o’z vaqtida to’liq marksheyderlik syomkasini bajarish;
Konlarni ochiq qazishda kon lahimlarini marksheyderlik syomkasi va hamma texnologik jarayonlarni (parmalash, portlatish, konni ochish va foydali qazilma konlarini qazish) marksheyderlik ta’minlash;
Marksheyderlik xizmatidan operativ va mohirona foydalanish natijasida foydali qazilma konlarini qazishda quyidagi zarur injenyerlik masalalarini hal qilishni ta’minlaydi: − kon lahimlarini loyiha asosida to’gri o’tkazilishini ta’minlash va tekshirish;
− kon ishlari hajmini opyerativ hisobga olishni nazorat qilish;
− kon korxonasida geologlar va konchi texnologlar bilan hamkorlikda foydali qazilma konlari zahirasini boshqarish;
− zaminni muhofazalash va yer qaridan foydali qazilmani to’liq qazib olinishning nazorati;
− yer osti kon lahimlari ta’sirida yer yuzasini siljishini va inshoatlar deformatsiyalarini kuzatish ishlari, shuningdek karyerlarda pog’onalarning mustahkamligini kuzatish;
− yer osti kon lahimlari ta’siridan kon lahimlarini va inshoatlarni muhofaza qilish tadbirlarini ishlab chiqish va amalda ulardan konchi – texnologlar bilan hamkorlikda foydalanish;
− konchi – texnologlar bilan hamkorlikda kon bosimi va dinamik jarayonlarni kuzatish;
− kon ishlarini kundalik va pyerspektiv rejalashda kon – geologik sharoitlarini bashorat qilib berish;
− olib borilayotgan ishlarni doimiy planga tushirib borish va yuqori tashkilotlarga axborot berish;
Konlarni tugatishda marksheyderlik ishlari quyidagilardan iborat: − kon lahimlari tugash qismiga syomkani bajaradi;
− marksheyderlik chizmalarini va koordinata hisoblash jurnallarini to’ldiradi;
− kon maydonida yerni rekultuatsiya qilish bilan bog’liq marksheyderlik ishlarini tugatish;
− karyer (shaxta)ni asosiy marksheyderlik matyeriallarini arxivga noaniq muddatga saqlash uchun topshiriladi.
Yuqorida ko'rsatilgan marksheyderlik xizmat vazifalari f.q.k ochiq usulda va yopiq usulda qazib oluvchi ishlarda umumiy bo'lib hisoblaniladi. F.q.k.ni yer osti usulida qazib olish ishlarida ishlovchi marksheyder ko'proq masalalar yechishga to`g'ri keladi. Bunda marksheyder 2 ta asosiy funksiyani bajaradi; ta'minlash funksiyasi va nazorat qilish funksiyasi. Tarixga murojaat qiladigan bo'lsak, tasvirga olish usullari va yer osti laxmlariga yo`nalish berish Geron Aleksandriyskiy tomonidan eramizdan oldingi I asrda yozilgan va yoritib berilgan. Petr I davrida Tatishev konchilik zavodida tuzilgan nizomida marksheyderning vazifalarini aniq ko'rsatib byerdi. 1847 yil Olishev P.A. birinchi bo'lib yer ostida tasvirga olish ishlarida teodolitdan foydalanishni taklif qildi. 1904 yil - Tomskda tog-kon muxandis marksheyderlarni tayyorlash ishlari boshlandi. 1921 yil Leningradda muxandis marksheyderlar tayyorlash uchun ishlar yo'lga qo'yildi. 1968 yili ToshDTUning kon-geologiya fakultetida kon-muxandis marksheyderlari tayyorlana boshlandi.
Marksheyderlik ishi kursi ko'p ilmiy, texnikaviy fanlar bilan o'zaro bog'liqdir, ular: geodeziya, matematika, chizma geometriya, konchilik ishi, texnik va topografik chizmachiligi, oliy geodeziya, amaliy geodeziya, kon geometriyasi va boshqalardir. Xozirgi davrda muxandis marksheyderlar jamoasi va ilmiy ishchilar kelajakda olib boriladigan ishlar borasidagi savollariga javob qidirishmoqda va marksheyderlik xizmatida mexnat qiluvchi mutaxassislarga yordam berishda o'z mexnatini ayamasdan xizmat qilishmoqda.