1-mavzu: Muloqot shaxslararo axborotlar almashinuvi, kommunikatsiya sifatida (D. Karnegi) Reja



Yüklə 140,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix17.10.2023
ölçüsü140,63 Kb.
#130517
  1   2   3   4


1-mavzu: Muloqot shaxslararo axborotlar almashinuvi, kommunikatsiya 
sifatida (D.Karnegi) 
Reja: 
1.
Deyl Karnegining muloqot sirlari.
2.
Kommunikatsiya va uning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati. Kommunikatsiya 
qilish usullari.
3.
Muloqotning kommunikativ jihati.
4.
Muloqotning psixologik vositalari.
Deyl Brekenrij Karnegi (1888-yil 24-noyabr – 1955-yil 1-noyabr) - amerikalik 
o‘qituvchi, psixolog va yozuvchi. U muloqot nazariyasining asoschilaridan biri. U 
o‘sha davr psixologlarining ilmiy ishlanmalarini amaliy sohaga tarjima qilgan. U 
ziddiyatsiz va muvaffaqiyatli muloqot haqida o‘z konsepsiyasini ishlab chiqdi. 
Samarali aloqa ko‘nikmalari, nutq so‘zlash va boshqalar bo‘yicha psixologik 
kurslar ishlab chiqildi. Deyl Karnegi samarali nutq so‘zlash va insoniy 
munosabatlar institutini yaratdi. Institut ko‘plab mamlakatlarda filiallariga ega. 
Deyl Karnegi universiteti hozirgi paytda Sent-Luisda joylashgan. Bu yerda har yili 
o‘n minglab odamlar o‘qitiladi va sertifikatlarga ega bo‘ladi. 
1912-yilda Deyl Karnegi Deyl Karnegi Ta’limiga asos solgan. Bugungi kunda 
bu xalqaro tashkilot bo‘lib, dunyoning 80 mamlakatida vakolatxonalariga ega. 
Deyl Karnegi Missuri shtatidagi Maryvil shahrida tug‘ilgan. U kambag‘al bola edi. 
O‘smirlik paytida u ertalab soat uchda ota-onasining sigirlarini sog‘ish uchun 
turardi. U Varrensburgdagi Davlat o‘qituvchilar kollejiga o‘qishga kiradi va yaxshi 
ma’lumot oladi. Deylning bolaligi va o‘spirinligi aslida qashshoqlikda o‘tadi. Ko‘p 
yillar davomida uning oilasi doimiy qiyinchiliklarni boshdan kechiradi. Kollejdan 
keyingi birinchi ishi bu dehqonlarga sirtqi kurslarni o‘rgatish edi. Keyin u 
“Armor&Company”da pastirma, sovun va cho‘chqa yog‘ini sotib, 500 dollarni 
yig‘ib olgach, 1911-yilda o‘qituvchi bo‘lish orzusini amalga oshirish uchun 
Karnegi savdoni to‘xtatdi. Karnegiga haqiqiy muvaffaqiyat 1936-yilda keldi va 
“Do‘stlarni qanday yutish va odamlarga ta’sir qilish” kitobi chiqdi. Unda 


boshqalarning qiziqishi va hamdardligini qozonish uchun o'zini qanday tutish 
kerakligi haqida qisqa va aniq tavsiyalar mavjud. U o‘quvchilarni hamma 
yoqtirishi mumkinligiga ishontirdi, asosiysi suhbatdoshga o‘zini yaxshi 
tanishtirishni o‘rgatdi. Karnegi nazariyasining mashhurligi va hayotiyligi uning 
ko‘plab o‘quvchilariga yordam berdi. U hatto Nyu-Yorkdagi bir gazetada 
o'quvchilar tomonidan yuborilgan savollarga javob berib maqola yozgan. Deyl 
Karnegi yomon odamlar yo‘q degan tamoyilga amal qilgan. Faqat siz 
kurashishingiz mumkin bo‘lgan noxush holatlar mavjud degan fikrni ilgari suradi. 
Ular tufayli boshqalarning hayoti va kayfiyatini buzmaslik kerakligini tushuntiradi. 
Deyl Karnegi, omma oldida nutq so‘zlaydigan murabbiy, ijobiy fikrlash ustasi va 
yuqori maoshli maslahatchi, xodjkin kasalligi (limfogranulomatoz, limfa tizimiga 
ta’sir qiluvchi xavfli kasallik) oqibatida 1955-yil 1-noyabrda Nyu-Yorkdagi 
(AQSh) uyida vafot etadi va Beltonda (Missuri shtati) dafn qilinadi. Uning 
taqdirida ikkita muvaffaqiyatsiz nikoh bo‘lgan. Birinchi ajralishi haqida 
ma’lumotlar yo‘q yashirin lekin u o‘zining bir kitobida “Baxtli turmush qurishning 
yetti qoidalari” bobini keltirgan va aynan oila haqidagi fikrlarini bayon qilgan. 
Ikkinchi nikohidagi ayoli esa muvaffaqiyatsiz xotindan muvaffaqiyatli 
biznesmenga aylangan va Karnegi kompaniyasining barcha tizmalarini daromadli 
xalqaro biznesga aylantirgan. 
Deyl Karnegining “Muomala sirlari” kitobida shaxslararo axborot almashinuvi, 
kommunikatsiya jarayonida amal qilish lozim bo‘lgan quyidagi qoidalarni aytib 
o‘tadi: 
1.
Boshqa odamlarga samimiy qiziqishni ko‘rsating. 
2.
Tabassum! 
3.
Esda tutingki, inson uchun uning ismining ovozi inson nutqining eng 
yoqimli va eng muhim tovushidir. 
4.
Yaxshi tinglovchi bo‘ling. Boshqalarni sizga o‘zlari haqida aytib berishga 
undang. 
5.
Suhbatdoshingizni qiziqish doirasiga olib boring. 


6.
Odamlar o‘zlarining ahamiyatini his qilishlariga va buni chin dildan 
qilishlariga imkon bering. 

Yüklə 140,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin