1-mavzu: Muloqot shaxslararo axborotlar almashinuvi, kommunikatsiya
sifatida (D.Karnegi)
Reja:
1.
Deyl Karnegining muloqot sirlari.
2.
Kommunikatsiya va uning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati. Kommunikatsiya
qilish usullari.
3.
Muloqotning kommunikativ jihati.
4.
Muloqotning psixologik vositalari.
Deyl Brekenrij Karnegi (1888-yil 24-noyabr – 1955-yil 1-noyabr) - amerikalik
o‘qituvchi, psixolog va yozuvchi. U muloqot nazariyasining asoschilaridan biri. U
o‘sha davr psixologlarining ilmiy ishlanmalarini amaliy sohaga tarjima qilgan. U
ziddiyatsiz va muvaffaqiyatli muloqot haqida o‘z konsepsiyasini ishlab chiqdi.
Samarali aloqa ko‘nikmalari, nutq so‘zlash va boshqalar bo‘yicha
psixologik
kurslar ishlab chiqildi. Deyl Karnegi samarali nutq so‘zlash va insoniy
munosabatlar institutini yaratdi. Institut ko‘plab mamlakatlarda filiallariga ega.
Deyl Karnegi universiteti hozirgi paytda Sent-Luisda joylashgan. Bu yerda har yili
o‘n minglab odamlar o‘qitiladi va sertifikatlarga ega bo‘ladi.
1912-yilda Deyl Karnegi Deyl Karnegi Ta’limiga asos solgan. Bugungi kunda
bu xalqaro tashkilot bo‘lib, dunyoning 80 mamlakatida vakolatxonalariga ega.
Deyl Karnegi Missuri shtatidagi Maryvil shahrida tug‘ilgan. U kambag‘al bola edi.
O‘smirlik paytida u ertalab soat uchda ota-onasining sigirlarini sog‘ish uchun
turardi. U Varrensburgdagi Davlat o‘qituvchilar kollejiga o‘qishga kiradi va
yaxshi
ma’lumot oladi. Deylning bolaligi va o‘spirinligi aslida qashshoqlikda o‘tadi. Ko‘p
yillar davomida uning oilasi doimiy qiyinchiliklarni boshdan kechiradi. Kollejdan
keyingi birinchi ishi bu dehqonlarga sirtqi kurslarni o‘rgatish edi.
Keyin u
“Armor&Company”da pastirma, sovun va cho‘chqa yog‘ini sotib, 500 dollarni
yig‘ib olgach, 1911-yilda o‘qituvchi bo‘lish orzusini amalga oshirish uchun
Karnegi savdoni to‘xtatdi. Karnegiga haqiqiy muvaffaqiyat 1936-yilda
keldi va
“Do‘stlarni qanday yutish va odamlarga ta’sir qilish” kitobi chiqdi. Unda
boshqalarning qiziqishi va hamdardligini qozonish uchun o'zini qanday tutish
kerakligi haqida qisqa va aniq tavsiyalar mavjud. U o‘quvchilarni hamma
yoqtirishi mumkinligiga ishontirdi, asosiysi suhbatdoshga o‘zini yaxshi
tanishtirishni o‘rgatdi. Karnegi nazariyasining mashhurligi va hayotiyligi uning
ko‘plab o‘quvchilariga yordam berdi. U hatto Nyu-Yorkdagi bir gazetada
o'quvchilar tomonidan yuborilgan savollarga javob berib maqola yozgan. Deyl
Karnegi yomon odamlar yo‘q degan tamoyilga amal qilgan. Faqat siz
kurashishingiz mumkin bo‘lgan noxush holatlar mavjud degan fikrni ilgari suradi.
Ular tufayli boshqalarning hayoti va kayfiyatini buzmaslik kerakligini tushuntiradi.
Deyl Karnegi, omma oldida nutq so‘zlaydigan
murabbiy, ijobiy fikrlash ustasi va
yuqori maoshli maslahatchi, xodjkin kasalligi (limfogranulomatoz, limfa tizimiga
ta’sir qiluvchi xavfli kasallik) oqibatida 1955-yil 1-noyabrda
Nyu-Yorkdagi
(AQSh) uyida vafot etadi va Beltonda (Missuri shtati) dafn qilinadi. Uning
taqdirida ikkita muvaffaqiyatsiz nikoh bo‘lgan. Birinchi ajralishi haqida
ma’lumotlar yo‘q yashirin lekin u o‘zining bir kitobida “Baxtli turmush qurishning
yetti qoidalari” bobini keltirgan va aynan oila haqidagi fikrlarini bayon qilgan.
Ikkinchi nikohidagi ayoli esa muvaffaqiyatsiz xotindan muvaffaqiyatli
biznesmenga aylangan va Karnegi kompaniyasining barcha
tizmalarini daromadli
xalqaro biznesga aylantirgan.
Deyl Karnegining “Muomala sirlari” kitobida shaxslararo axborot almashinuvi,
kommunikatsiya jarayonida amal qilish lozim bo‘lgan quyidagi qoidalarni aytib
o‘tadi:
1.
Boshqa odamlarga samimiy qiziqishni ko‘rsating.
2.
Tabassum!
3.
Esda tutingki, inson uchun uning ismining ovozi inson nutqining eng
yoqimli va eng muhim tovushidir.
4.
Yaxshi tinglovchi bo‘ling. Boshqalarni sizga o‘zlari
haqida aytib berishga
undang.
5.
Suhbatdoshingizni qiziqish doirasiga olib boring.