Nizom quyidagi bo`limlardan iborat: maqsad va vazifa;
o`tkazish joyi va vaqti;
b) musobaqalarni o`tkazishga rahbarlik qilish;
g) qatnashuvchi tashkilot va musobaqa ishtirokchilari;
d) jamoa va shaxsiy birinchilikni aniqlash sharti va tartibi; ye) dastur;
j) mukofotlash;
z) tashkilot va ishtirokchilarni qabul qilish sharti;
i) ishtirok etish uchun talabnoma taqdim etishning vaqti va sharti.
Musobaqalar o`zining xarakteri bo`yicha jamoa, shaxsiy-jamoa birinchiliklariga bo`linadi. Shu bilan birga toifalash, turkumlash kabi maxsus musobaqalar o`tkaziladi. Birinchisi razryad normativlarini bajarish maqsadida, ikkinchisi asosiy musobaqalarga ishtirokchilarni aniqlash maqsadida o`tkaziladi. Ishtirokchilar Musobaqalarga ularning arizalariga asosan qo`yiladi.
Ishtirokchilar musobaqa qoidasini yaxshi bilishlari va unga amal qilishlari zarur1.
Musobaqada qatnashayotgan har bir tashkilot o`z vakiliga ega bo`lib, u o`z ishtirokchilarining tarbiyasiga mas’ul bo`ladi va hakamlar jamoasi bilan aloqa bog`lab turadi.
Bosh hakam o`zining o`rinbosarlari bilan quyidagilarni amaaga oshiradi. Musobaqa nizomi va qoidasiga muvofiq musobaqani tashkil qiladi, tayyorgarlik ko`radi va o`tkazadi.
Musobaqa jadvali kunlari va soatlari bo`yicha tuziladi.
Hakamlar brigadasi ishlarni taqsimlab beradi.
Zarur hujjatlarni tayyorlaydi va yozib boradi.
Musobaqaning zarur shartlaridan biri tibbiy kurik ishtirokchi va tomoshabinlarni xavfsizlik choralarini tashkil qilish va ko`rishdan iborat.
Musobaqa tashkil qilish va o`tkazishda asosiy ishlarni hakamlar brigadasi amalga oshiradi. Startyor va uning yordamchilari start beradi, ishtirokchilar start signalidan oldin yugurib ketmasliklari, startda to`g`ri harakatlanishini ta’minlaydi.
Marradagi hakamlar ishtirokchilarning marraga kelganlari tartibini aniqlaydi. O`rta va uzoq masofaga yuguruvchilarni aylanish hisobini sanaydi; marradagi ishtirokchilar oralig`ani aniqlaydi.
Masofa bo`yicha hakamlar to`siqlardan va estafeta bosqichlarida yugurish qoidasini buzganliklarni belgilaydi, ularga so`nggi hal qilish huquqi berilmaydi.
Xronometrist hakam ishgirokchilarni masofani bosib o`tash vaqtini aniqlaydi.
Sakrash va itqitishdagi hakamlar brigadasi katga hakam, ulchovchi hakam va kotibdan iborat bo`ladi. Musobaqani sakrash va irg`itish sektorlarida tashkil klladi va o`tkazadi.