1-Mavzu: Musobaqa turlari. Reja
1-oktyabr o‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan TerDU professor-o‘qituvchilari o‘rtasida Futbol, voleybol, shashka, shaxmat sport turlari bo‘yicha universitet birinchiligi musobaqasi nizomi I.Sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazishning maqsad va vazifalari. universitet professor-o‘qituvchilari o‘rtasida Futbol, voleybol, shashka, shaxmat sport turlarini ommalashtirish. universitet professor-o‘qituvchilarini sog‘lom turmush tarzini shakllantirish. Musobaqa o‘tkazish joyi va vaqti. musobaqa Termiz davlat universitetining sport majmuasi, o‘yingohi va jismoniy madaniyat fakultetining o‘quv binosida -sentyabr kunlari soat 1400 da boshlanadi. Futbol, voleybol, shashka, shaxmat sport turlariga qatnashuvchi professor - o‘qituvchilarga 1300 dan 1400 gacha qura tashlash bo‘ladi. Musobaqaga raxbarlik qilish. sport turlari bo‘yicha universitet birinchiligi musobaqalariga universitet rektori tomonidan tasdiqlangan hakamlar hay’ati, fakultet dekanlari, universitet kasaba uyushmasi va sport klubi tomonidan amalga oshiriladi. IV. Musobaqa ishtirokchilari. musobaqaga termiz davlat universitetining professor-o‘qituvchilaridan tashkil topgan fakultet jamoalari qatnashadilar. ko‘rsatilgan sport turlari bo‘yicha musobaqalar olimpiya tizimi asosida o‘tkaziladi. V. Musobaqa o‘tkazish shartlari. futbol, voleybol bo‘yicha jamoalar ikki guruxga bo‘lingan holda olimpiya tizimida uchrashuvlar o‘tkaziladi. shashka, shaxmat bo‘yicha har bir jamoa azolari soni 2 nafar erkak va 1 nafar ayol jami 3 nafar ishtirokchidan iborat bo‘lib xalqaro shashka, shaxmat federatsiyasi tomonidan tasdiqlangan qoidasi asosida o‘tkaziladi. Yüklə 49,32 Kb. Dostları ilə paylaş: |