1-Mavzu: Mutafakkirlar merosida mehnat tarbiyasi. Texnologiya darslarini integratsiyalash Reja



Yüklə 68,86 Kb.
səhifə4/9
tarix25.11.2022
ölçüsü68,86 Kb.
#119902
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-семинар

Faoliyatga oid integratsiya: munozara, guruhlar tarkibida ishlash, fanlararo reja va loyihalar tuzish va boshqalar.
Amaliy integratsiya: turli jarayon yoki texnik mahsulotlarni har tomonlama ko‘rib chiqish, antibiotiklar, sintetik moddalar, biotexnologiya kompyuterlar va boshqalar.
Boshlang‘ich maktabda integratsiyani amalga oshiruvchi bo‘g‘in vazifasini o‘qituvchining o‘zi amalga oshiradi. U bolalarga matematika, o‘qish, tabiat haqidagi boshlang‘ich tushunchalarni va yana ko‘pgina narsalarni o‘rgatadi. O‘qituvchi o‘zining kuch va imkoniyatlari darajasida bu ishni amalga oshiradi. Boshlang‘ich sinflarda har bir o‘qituvchining dars berishini, alohida olingan integratsiyaning bir usuli deb hisoblasak ham bo‘ladi.
Integrativ darslarni tashkil qilish orqali o‘quvchilar bilan munozara qilish, ularni fantaziya qilishga o‘rgatish, guruhlararo musobaqalarni tashkil etish, savoljavoblarni uyushtirish mumkin. Bunday zamonaviy dars turlarini qo‘llashdan asosiy maqsad o‘quv jarayonida o‘quvchilarni faollashtirish, o‘quv materialini o‘zlashtirishlarining yuqori darajasiga erishishdan iborat. Ana shunday texnologiya o‘quvchilarda dunyoni o‘zgacha tasavvur qilishga o‘rgatadi, amaliyotni hayot bilan bog‘lashga, nazariy qoidalarni so‘zma-so‘z yodlamaslikka, shaxs va jamiyat uyg‘unligini anglashga, fikrlar rang-barangligiga erishishga, nostandart tafakkur qilishga, shuningdek, o‘z-o‘zini rivojlantirish yo‘llarini tushunishga imkon yaratadi.
Ona-tili darslarini texnologiya darslari bilan integratsiyalash ham qiziqarli, ham o‘ziga xosdir. Bunda ham, ona-tili darslarini tasviriy san'at darslari bilan integratsiyalashgan kabi darsni ayrim qismlarini, yoki, uning boshida integratsiyani amalga oshirish mumkin. Ko‘pincha, o‘qituvchilar texnologiya darslarida plastilindan, qog‘ozdan foydalanadilar.
Boshlang’ich sinflarda integratsiya kursi asoslari. Ona tili, o’qish, tabiat, o’qish, tasviriy san`at, musiqa, matematika, texnologiya, jismoniy tarbiya darslari integratsiyasi. Boshlang’ich sinflarda fanlarni integratsiyalash dars smaradorligini oshiradi, vaqtdan unumli foydalanishga olib keladi, darsni chuqur o’zlashtirishga yordam beradi, bo’sh vaqt orttiriladi va to’garaklarga jalb etiladi.

Yüklə 68,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin