Universitet-o'ziga xos va uzoq (4-5 yil) texnologik jarayonga ega bo'lgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun murakkab ta'lim muassasasi hisoblanadi. Bu jarayon aksariyat hollarda mutlaqo tayyor bo'lmagan ijrochiga kechagi maktab o'quvchisi, litsey o'quvchisi yoki o'rta maktab o'quvchisiga yuklatilgan. Shuning uchun biz talabaga qanday qilib o'qishni birinchi o'ringa qo'yishni o’rgatishimiz lozim.

Fan xususiyatlari bo‘yicha ustivor vazifalar:
- mamlakatimiz taraqqiyotida erishilgan yutuqlar mazmun-mohiyatini tushuntirish orqali talabalarda milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘usini yanada mustahkamlash;
- mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda mavjud muammolar to‘g‘risida tasavvur hosil qilish va ularni hal etish yo‘llari borasida talabalarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish;
- mamlakatimizda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, yangilanishlar va chuqur ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga nisbatan talabalarda o‘zlarining har tomonlama asoslangan, ob’yektiv, real nuqtai-nazarlari hamda qarashlarining to‘g‘ri asosda ishlab chiqilishiga yo‘naltirish;
- mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojlanish tendensiyalari, uning turli tarmoq va sohalarini yanada taraqqiy ettirish imkoniyatlari, hududlarning ishga solinmagan ichki salohiyatlari to‘g‘risida hosil qilingan bilimlarni amaliyotda qo‘llash borasida dastlabki o‘quv-amaliy ko‘nikmalarni hosil qilish;
- respublikamizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar hamda ular natijasida ro‘y berayotgan tub o‘zgarishlarning barchasi inson manfaatlarini ro‘yobga chiqarish maqsadiga yo‘naltirilganligini anglash, yoshlarning jamiyatimizdagi o‘rni va rolini chuqur xis qilishni ta’minlash asosida o‘quvchi va talabalarning ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirish