1-MAVZU: NOMANFIY BUTUN SONLAR USTIDA ARIFMЕTIK AMALLARNI O‘RGATISH MЕTODIKASINING UMUMIY MASALALARI.
Reja:
1.Nomanfiy butun sonlar ustida amallar bajarishni o`rgatishning umumiy masalalari.
2.Hisoblashning og`zaki va yozma usullari haqida tushuncha berish.
3. Darsliklar orqali hisoblashning og`zaki va yozma usullariga doir misollarni bajarib ko`rish.
Nomanfiy butun sonlar (nol va natural sonlar) ustida arifmetik amallarni bajarishni o`rgatish boshlang`ich sinf matematika kursini asosini tashkil qiladi. Sababi matematika metodikasi fanini xususiy qismini tashkil qiladigan barcha bo`limlarda hisoblash ishlari va uning qulay usullariga doir misollar bajarilishi talab qilinadi. Shuning uchun arifmetik amallarni bajarishni o`rgatish fanning eng muhim bo`limi hisoblanadi.