4-MAVZU:MINGLIK MAVZUSIDA QO`SHISH VA AYIRISHGA O`RGATISH METODIKASI. QO‘SHISHNING O‘RIN ALMASHTIRISH VA GURUHLASH XOSSASI.
Reja:
1. Minglik mavzusida arifmetik amallarni bajarishni o`rgatishning umumiy metodikasi.
2. Minglik ichida qo`shish va ayirishning og`zaki va yozma usullari farqlab ko`rsatib berish.
3. 3-sinf darsligi orqali mavzuni o`rgatishga doir misollarni bajarilishini ko`rsatib berish.
Dasturga binoan minglik mavzusida qo`shish va ayirishni o`rganish 2-sinfda, ko`paytirish va bo`lish 3-sinflarda jadvaldan tashqari ko`paytirish va bo`lish mavzularida o`rgatiladi. Bunda oldingi konsentrlarda o`rganilgan barcha xossa va qoidalar, hisoblash usullari endi uch xonali sonlar ustida amalga oshiriladi. Minglik konsentrida ko`proq hisoblashning yozma usuliga doir misollar qaraladi, chunki sonlar kattalashgandan so`ng og`zaki hisoblash qiyinlashadi. Bugungi amaliy mashg`ulotda minglik ichida qo`shish va ayirishning har ikkala usuliga doir mashqlarni qaraymiz.
Dostları ilə paylaş: |