1-mavzu: nomanfiy butun sonlar ustida arifmеtik amallarni o‘rgatish mеtodikasining umumiy masalalari. Reja


Mavzuni o`rganishda asosiy bo`lgan maqsadni asoslab, tahlil qilib berish. 4



Yüklə 209,27 Kb.
səhifə4/9
tarix01.01.2022
ölçüsü209,27 Kb.
#106754
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-amaliy

3.Mavzuni o`rganishda asosiy bo`lgan maqsadni asoslab, tahlil qilib berish.

4.Ko`paytirish va bo`lish amalini ma’nosini ochib berishga qaratilgan ishlar necha bosqichda amalga oshiriladi va ko`rsatib bering.

5. 5+5+5+8= ko`rinishdagi misollarni bajarish ko`paytirish va bo`lish amalini ma’nosini ochib berishga qaratilgan ishlarning nechanchi bosqichi hisoblanadi va bosqichning maqsadi nimaga qaratilgan?

6.Ko`paytirishva bo`lish amalini ma’nosini ochib berishga qaratilgan ishlar nechanchi sinfda va qaysi chorakda o`tiladi? Darslik asosida asoslab ko`rsating.

7. O`nlik mavzusida qo`shish va ayirishni o`rgatish necha bosqichda amalga oshiladi va uchinchi bosqichida qanday ish amalga oshiriladi? Misollar keltiring.

8. 9- , 8- , 7- 6- ko`rinishdagi misollarni o`rgatish bosqichi nechanchi bosqich va uni bajarishni o`rgatish qanday amalga oshiriladi?

Darslik bilan ishlash: 1-sinf darsligidan 11-20-mavzularni o`rgatilishini tahlil qilish.

Bilimlarni oshirishga qaratilgan masalalar bilan ishlash.

1.200 tangaga bitta qo`y, ikkita sigir va bitta ot sotib olindi. Agar sigir qo`ydan 4 marta, ot esa sigirdan 4 marta qimmat tursa, har bir jonivorning narxini toping.

2. Ota yong`oqlarni 5 ta o`g`liga teng bo`lib berdi. Uchta kata o`g`lining har biri 5 tadan yong`oqni yeb qo`ydi.Keyin sanab ko`rishsa , bu uchalasining qolgan yong`oqlari soni ikkita ukasining yong`oqlari soni bilan bir xil ekan. Ota har bir o`g`liga nechtadan yong`oq bergan?

3. Galadagi qushlar har bitta daraxtga bittadan qo`nishsa, 4 qushga daraxt yetmay qoladi. Har bir daraxtga ikkitadan qo`nishsa, qush qo`nmagan bitta daraxt ortib qoladi. Nechta qush va nechta daraxt bor?

4. Zokir ukasidan ikki marta katta, akasidan esa ikki marta kichik.Ularning birgalikdagi yoshi 28 ga teng bo`lsa, aka-ukalarning yoshlarini toping.

5. Bobo, o`g`il va nabiradan yoshlarini so`rashdi.Bobo:”Uchalamizning yoshimizni qo`shib hisoblasa, 100 yosh bo`ladi”-debdi.O`g`il: “O`g`lim bilan birgalikda 45 yoshmiz”-debdi.Nabirasi: “Men bobomdan 45 yosh kichikman”-debdi. Bobo, o`g`il va nabiraning yoshlarini toping.

6. Ikki cho`pon uchrashib qolishdi. Birinchisi ikkinchisiga: “agar sen menga bitta qo`yingni bersang, mening qo`yim senikidan ikki marta ko`p bo`ladi”,-dedi. Ikkinchisi birinchisiga: “Yaxshisi sen menga bitta qo`yingni ber. Shunda qo`ylarimiz teng bo`ladi”,-dedi. Cho`ponlarda nechtadan qo`y bo`lgan?

7. Ota 45000 so`m pulni to`rtta o`g`liga bo`lib berib, pul ishlab kelish uchun yubordi.Birinchi o`g`li 2000 so`m foyda, ikkinchisi 2000 zarar ko`rdi. Uchinchisi qancha puli bo`lsa, yana shuncha pul ishladi.To`rtinchisida esa pulining yarmi qoldi.O`g`illar uyga kelib sanashsa, hammalarining puli teng bo`lib qolibdi. Ota o`g`illarining har biriga necha so`mdan pul bergan?

Yüklə 209,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin