1-mavzu: nomanfiy butun sonlar ustida arifmеtik amallarni o‘rgatish mеtodikasining umumiy masalalari. Reja


-MAVZU:YUZLIK MAVZUSIDA ARIFMЕTIK AMALLARGA O`RGATISH METODIKASI.NOLLAR BILAN TUGAYDIGAN SONLARNI BIR XONALI SONGA OG‘ZAKI KO‘PAYTIRISH VA BO‘LISH USULLARI



Yüklə 209,27 Kb.
səhifə5/9
tarix01.01.2022
ölçüsü209,27 Kb.
#106754
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-amaliy

3-MAVZU:YUZLIK MAVZUSIDA ARIFMЕTIK AMALLARGA O`RGATISH METODIKASI.NOLLAR BILAN TUGAYDIGAN SONLARNI BIR XONALI SONGA OG‘ZAKI KO‘PAYTIRISH VA BO‘LISH USULLARI.

Reja:

1.Yuzlik mavzusida hisoblash ko`nikmalarini shakllantirishning umumiy masalalari.

2. Yuzlik mavzusida qo`shish va ayirishni og`zaki va yozma usullari.

3. Yuzlik konsentrida ko`paytirish va bo`lishni o`rgatish.

4.Jadval ichida ko`paytirish va bo`lishni o`rgatish usullari.

Boshlang`ich sinflar uchun dastur talablariga binoan 100 ichida sonlarni qo`shish va ayirishni o`rganishda o`quvchilar hisoblash usullari bilan bir qatorda, nazariy bilimlarning ham ma'lum kompleksini o`rganishlari kerak. O`quvchilar 1-sinfda o`rgangan amal xossalari asosida, 100 ichida qo`shish va ayirishning barcha hollari uchun hisoblash usullari kiritiladi. Xossalar va tegishli hisoblash usullarini ochib berishda avval tayyorgarlik ishini bajarish kerak. Bunda o`quvchilar sonlar yig`indisi va sonlar ayirmasi ifodalarini o`zlashtirib, qo`shtengliklar bilan tanishadilar, ifodalarni qavslar yordamida yozishni o`rganishadi, shuningdek, 2 xonali sonlarni ularning xona qo`shiluvchilari yig`indisiga almashtirishni bilib olishadi.

Yuzlik mavzusida o`quvchilar bir qator xossalarni(yuz ichida o`nlikdan o`tib qo`shish va ayirish, 18 ichida o`nlikdan o`tib qo`shish va ayirish, sondan yig`indini ayirish, yig`indidan sonni ayirish, songa yig`indini qo`shish, yig`indiga sonni qo`shish, yuzdan bir va ikki xonali sonni ayirish) o`rganishadi.

Amaliy topshiriqlar:

1.53+28-37=, (68+23)-84= ko`rinishdagi misollarni murakkabligiga ko`ra hisoblashlarni o`rgatish-ning nechanchi bosqichiga kiritamiz va shunday 5 ta misol keltirib bajarib ko`rsating.

2.15-(5+7)=, 82-(22+19)= ko`rinishdagi misollarni murakkabligiga ko`ra hisoblashlarni o`rgatish-ning nechanchi bosqichiga kiritamiz va shunday 5 ta misol keltirib bajarib ko`rsating.

3.59-20=, 90-27= ko`rinishdagi misollarni murakkabligiga ko`ra hisoblashlarni o`rgatishning nechanchi bosqichiga kiritamiz va shunday 5 ta misol keltirib bajarib ko`rsating.


Yüklə 209,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin