1-Mavzu. O'smirlik davri Reja


Gerontopsixologiya muammolariga doir dolzarb tadqiqotlar



Yüklə 119,32 Kb.
səhifə11/17
tarix22.08.2022
ölçüsü119,32 Kb.
#117602
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
1-Mavzu. O\'smirlik davri Reja

Gerontopsixologiya muammolariga doir dolzarb tadqiqotlar Qarilik ijtimoiy kategoriya sifatida XX asrda ajratildi. Bu oxirgi yuz yilda Yer planetasidagi demografik o’zgarishlar bilan bogliq.Dunyo aholisining keksayishi ro’y bermoqda, ya’ni rivojlangan davlatlarda keksa insonlar soni ortib bormoqda. Aholi keksayishining sabablaridan biri tug'ilishning kamayishi, salomatlikning yaxshilanishi, kichik va katta yoshdagilarda o’lim sonining kamayishi, hayotning individual davomiyligining ortishidir. Bronza davrida hayotning o’rtacha davomiyligi 18—20 yil bolsa, o’rta asrlarda 35 yil, XIX asrda 44 yil bolsa, XX asrda 68-72 yilni tashkil etadi. Aholining keksayishi fenomeni iqtisodiy, tibbiy, huquqiy, siyosiy va boshqa muammolarni tug‘diradi. Saylovchilar va Tovar iste’molchilarining ko’pchilik qismi keksalar bolganligi uchun barcha tizimlarni qayta ko'rib chiqishni talab qiladi.
Rivojlangan Yevropa va Amerika mamlakatlarida ham keksalar muammolarini hal qilish borgan sayin qiyinlashib bormoqda (hatto uni ≪sekin ta’sir qiladigan demograflk bomba, deb atashmoqda)1. Ayrim mamlakatlarda nafaqa yoshini qayta ko’rib chiqish masalasi qo’yilgan (masalan, Buyuk Britaniyada 2010-yildan keyin ayollar uchun nafaqa yoshi 65 yosh deb belgilab qo’yildi). Gerontopsixologiya — yosh psixologiyasining bolimi bolib, keksalik muammolarini o’rganuvchi psixologiya tarmogl sifatida so'nggi vaqtlarda ko’p tadqiqotchilar e’tiborini o’ziga tortmoqda. Qariyalarda bilish jarayonlaridagi farqlar bo’yicha o’tkazilgan tadqiqotlarga ko’ra, xotirani tekshirishda standart topshiriqlarni bajarishda 30 yoshli va 70 yoshli kishilar turli tezlikda bajaradi. Sodda kognitiv topshiriqlar, ya’ni turli predmetlarni kattaligi bo'yicha xotirada taqqoslashda qariyalarga yoshlarga qaraganda 50% ko’p vaqt talab etilgan. Topshiriq murakkablashtirilganda yoshlarga qaraganda qariyalarga 2 barobar ko’p vaqt talab etilgan (Baltes, 1993).
Qariyalarda kognitiv jarayonlar o’zgarishiga baglshlangan tadqiqotlarda operatsiyalarning bajarish tezligini yo'qotishni kompensatsiya qilish mumkin. 1985-yilda S. Salthouse tomonidan o’tkazilgan tadqiqotlarda qari mashinistkalar yoshlardan qolishmay ishni bajarishgan, ularda reaksiya vaqti va barmoqlarning sekin harakatlanishini kuzatish mumkin. Tadqiqotchi eksperiment o’tkazish tartibini murakkablashtirib, mashinistka oldindan o’qib olishi mumkin bo’lgan so’zlar sonini chegaralaganda, qari mashinistkalarning ish tezligi keskin pasayib ketgan, bu yosh mashinistkalarning ish tezligiga umuman ta’sir qilmagan. Qari mashinistkalar yozish tezligini saqlash uchun tekstni oldindan o’qib olib uni xotirada saqlashga harakat qilishgan. Uzoq muddatli xotirani o’rganishga bag‘ishlangan test natijalarida yosh farqlari kuzatiladi. Qator tadqiqotlarda qariyalar so’zlar qatorini qayta esga tushirishga qaraganda tanishga bo’lgan topshiriqlarni yaxshiroq bajarishi aniqlandi (Craik&McDowd,1987). Ular materialni xotirada saqlash uchun ko’proq tanlovchanlikni namoyon qiladi. Qariyalarda foydasiz so’zlar ro’yxatini eslab qolish ichki isyonni keltirib chiqaradi. Shu bilan bogliq ravishdama’nosiz so’zlarni eslab qolishga bag‘ishlangan tadqiqotlarda ular quyi natijalarni namoyon etishgan, ma’noli so’zlarni, qiziqarli iboralarni eslashda keksalar yoshlarga qaraganda yaxshi natija ko'rsatishgan (Meyer, 1987).Shunday qilib, qator olimlar tomonidan o’tkazilgan tadqiqotlardan ma’lum bolishicha, qariyalar ular uchun muhim hisoblangan va hayotda kerak boladi, deb o’ylangan materialni yaxshiroq eslab qoladilar.Uchlamchi xotira bu ilgari bolib olgan voqeani eslashdir.Xotiraning bu turi keksalarda toliq eslab qolinadi.

Yüklə 119,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin