1-mavzu: O‘yinning bola faoliyati sifatidagi mohiyati va o‘ziga xosligi. O‘yin turlari



Yüklə 157,41 Kb.
səhifə1/6
tarix10.12.2023
ölçüsü157,41 Kb.
#139305
  1   2   3   4   5   6
1-Mak.pedagogika

1-mavzu: O‘yinning bola faoliyati sifatidagi mohiyati va o‘ziga xosligi. O‘yin turlari.

Reja:

  • O‘yin bola faoliyatining asosiy turi sifatida.
  • O‘yinning kelib chiqish tarixi.
  • Ijodiy o‘yin turlari. Qoidali o‘yin turlari.

1. O‘yin bola faoliyatining asosiy turi sifatida.

  • 1. O‘yin bola faoliyatining asosiy turi sifatida.
  • O‘yin maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati bo‘lib, u orqali bola shaxs sifatida shakllanadi. О‘yin bolaning kelajakdagi o‘quv, mehnat faoliyati, kishilarga munosabatning qay darajada shakllanishini belgilab beradi.
  • О‘yin bolalarning jismoniy rivojlanishi, maktabgacha ta’lim muassasasining ta’lim-tarbiya ishida, bolalarni aqliy, axloqiy, mehnat va estetik jihatdan tarbiyalashda katta o‘rin tutadi. O‘yinning maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar hayotida tutgan o‘rnini umumlashtirib, quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
  • O‘yin bolalarning mustaqil faoliyati bo‘lib, unda bolaning ruhiyati namoyon bo‘ladi. Bola hayotining bir yoshidan boshlab unga o‘rab turgan tevarak-atrofni bilishga ehtiyoj xosdir.

2. O‘yin maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar havotini tashkil etish shaklidir. Ilmiy asoslangan o‘yinlar maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar hayoti va faoliyatini tashkil etish shakli sifatida alohida ahamiyat kash etadi.

  • 2. O‘yin maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar havotini tashkil etish shaklidir. Ilmiy asoslangan o‘yinlar maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar hayoti va faoliyatini tashkil etish shakli sifatida alohida ahamiyat kash etadi.
  • Mazkur jarayonda tarbiyachi yetakchi o‘rin egallab, u eng avvalo, o‘yin orqali ta'lim-tarbiyaga doir qanday vazifalarni muvafaqqiyatli hal etish mumkinligini aniq tasavvur qila olishi lozim. Shuningdek, bolalar o‘yiniga ajratilgan vaqtni mashg‘ulot yoki kun tartibidagi boshqa tadbirlarni cho‘zib yuborish orqali egallash mumkin emas,
  • Maktabgacha ta’lim tashkiloti tayanch dasturida har kungi kun tartibiga ovqatlanish, badantarbiya, sayr, mashg‘ulotlar o‘tkazish bilan bir qatorda o‘yin ham kiritilgan. O‘yin bolalar hayotini tashkil etish shakli sifatida kichik guruhdan boshlanadi. O‘yin ertalab nonushtagacha (15-20 daqiqa) boshlanadi va nonushtadan keyin, mashg‘ulotlar o‘rtasida, ochiq havoda. uyqudan key in o‘tkaziladi.

Yüklə 157,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin