1-Mavzu: O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va bolalar sportini rivojlanishi reja



Yüklə 140,27 Kb.
səhifə28/42
tarix26.11.2022
ölçüsü140,27 Kb.
#119941
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   42
bolalar jismoniy tarbiyasi maruza

Texnikaning asosi deganda, harakat orqali qo‘yilgan vazifani bajarish uchun kerak
bo‘ladigan harakat faoliyati tizimining o‘zak qismi tushuniladi. Qo‘llangan usullar tananing qismlarini o‘zaro kelishgan holda, harakat faoliyatining ketma-ketligi tizimini buzmay, jismoniy sifatlarining keraklicha namoyon qilinishini taqazo etadi. Usul samarali bo‘lsa, amaliyotda unumli qo‘llanilishi mumkin va uzoq vaqt o‘zining hayotiy-amaliyligini saqlab qoladi. Texnika asosida etakchi harakat deb ataladigan negiz ajraladi, ya‘ni harakat unda, birinchi navbatda, harakatning natija ko‘rsatishi bilan bog‘liq. Masalan, tayanib sakrash vaqtida qo‘llar bilan siltanish.
Texnikaning asosiy zvenosi bu ma‘lum bir harakatdagi asosiy mexanizmning eng muhim va hal qiluvchi qismidan iborat. Masalan, yugurib kelib balandlikka sakrovchilar uchun texnikaning asosiy zvenosi sakrash, oyoqni yuqoriga siltab, tez birlashtirishdan, uloqtirish uchun - yakunlovchi zo‘r berishdan, gimnastikada egilib ko‘tarilish (istalgan usul uchun) - tos-son bo‘g‘inlarini o‘z vaqtida va tez kerish ( keyinchalik to‘xtatish)dan iborat bo‘ladi.
Sport harakatlarida asosiy zvenoni bajarish nisbatan qisqa vaqt oralig‘ida bo‘ladi hamda
muskullarning ko‘p kuch sarflashini talab etadi.
Texnikaning detali- bu harakat tarkibiga kirgan, lekin uning asosiga, zvenolariga ziyon
etkazmaydigan qo‘shimcha harakatlar yoki shu harakat mexanizmi tarkibidagi eng mayda bo‘laklardir. Uni harakat tarkibida bajarsa ham bajarmasa ham bo‘ladi. Masalan, uzunlikka sakrashda kimdir tanaga tezlik berishni keskin tezlanish bilan, kimdir tezlanishni astasekinlik bilan boshlaydi. Individual xususiyatlardan to‘g‘ri foydalanish individual texnikani ko‘rsatadi. Individual texnika mazkur sportchi uchun eng takomillashgan texnika hisoblanadi.


23-Mavzu: Мaktabgacha ta‘lim tashkilotlarida jismoniy sog’lomlashtiruvchi tadbirlar ertalabki badantarbiya mashqlari va jismoniy daqiqalar.
Reja:
1.Ilk yoshdagi bolalarni rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlari .Ikki va uch yoshgacha
bo'Igan bolalarning jismoniy tarbiyasi.Markaziy nerv tizimi.Dinamik stereotip.Suyak tizimi haqida bilim berish
2. Maktabgacha 3-7 yoshdagi bolalarning rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari.
3. Jismoniy tarbiya dasturlarining tasnifi.Jismoniy tarbiya dasturlarida bolalarga jismoniy tarbiya haqida bilim berish.
4.Maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy sifatlami rivojlantirish.
1. 1.Ilk yoshdagi bolalarni rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlari .Ikki va uch yoshgacha bo'Igan bolalarning jismoniy tarbiyasi.Markaziy nerv tizimi.Dinamik stereotip.Suyak tizimi haqida bilim berish.
Jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida bu yoshdagi bolalarda chaqqonlik, tezlik,
kuch, chidamlilik va egiluvchanlik sifatlari tarbiyalanadi. Ularning anatomik-fiziologik
xususiyatlarini e‘tiborga olsak, chaqqonlik va tezlik sifatlarini tarbiyalash imkoniyati ularda boshqa sifatlarga nisbatan ko‘proq bo‘ladi, kuch va chidamlilik sifatlarini tarbiyalashda esa, aksincha, extiyotkor bo‘lish zarur. Lekin bu sifatlarni rivojlantirish umuman to‘xtatib qo‘yilmaydi, chunki kuch va chidamlilik elementlari har bir harakat faoliyati uchun zarur, bu sifatlar tarbiyachining xohishisiz ham boshqa harakat faoliyatlari davomida, xususan, yurish, sakrash, uloqtirishdek harakatlar tarkibida baribir namoyon bo‘ladi.
Bu yoshdagi bolalar asab tizimining egiluvchanligi jismoniy sifatlarni bir tekisda
rivojlantirishga yaxshi imkoniyat yaratadi. Chunki asab tizimidagi qo‘zg‘alish va
tormozlanish birini ikkinchisi bilan tez almashtirish qobiliyati bilan bog‘liq. Ayniqsa,
harakatli o‘yinlar davomida oldindan rejalashtirilmagan, o‘yin faoliyati uchun zarur bo‘lgan favquloddagi harakatlarni bajarishga to‘g‘ri keladi va ular qisqa vaqt ichida bir-biri bilan tez o‘rin almashinishda namoyon bo‘ladi. Bu esa chaqqonlik sifatini oson rivojlantirishga sharoit yaratadi.
Asab jarayoni jismoniy sifatlarning rivojlanishini tezlashtiradi. qisqa vaqt mobaynida
o‘rtacha tezkorlik bilan yugurish, velosipedda uchish va boshqa mashqlar tezlikning
rivojlanishiga omil bo‘ladi. Bu mashqlarda, albatta, me‘yorni to‘g‘ri tanlash va ularning
o‘zaro o‘rin almashinishi muhim ahamiyatga egadir.
Bu yoshdagi bolalarda bo‘yin, qorin, orqa, bel mushaklari kuchsiz bo‘lib, qomat
yaxshi rivojlanmaydi. Shunga ko‘ra, ushbu guruh mushaklarini rivojlantirish uchun yurish, yugurish, tanani bukib va rostlab bajariladigan mashqlarni to‘g‘ri tanlab olish, harakatlar tezligini orttirish va boshqa tadbirlar juda muhim. Bularsiz bola kundalik hayotida uchraydigan jismoniy mashqlarni bajarishda, jismoniy mehnatda qiyinchilikka uchragan bo‘lar edi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga mashq berishdan oldin ularga o‘sha mashqning
ahamiyati, bajarish texnikasi, harakatli o‘yin qoidalari, umumiy va shaxsiy gigiena
qoidalari, tanani tarbiyalashning ayrim elementlari haqida tushuncha berib borish lozim. Bu yoshdagi bolalarni jismoniy mashqni yakka holda mustaqil va guruh bilan bajarishga
o‘rgatish kerak. Kichik guruhlarda jismoniy mashqlarni bajarishga o‘rgatish, o‘zining sport malakasi o‘sayotganiga va katta sportchilarning natijalariga qiziqish, o‘zaro do‘stlik, hamjihatlik, o‘yinchoqlarga munosabat masalalariga, axloq me‘yorlarining rivojlanishiga e‘tibor beriladi. Ularda jismoniy tarbiyani shunday yo‘lga qo‘yish kerakki, bunda zarur jismoniy sifatlarni o‘stirish aqliy, axloqiy va estetik tarbiya bilan qo‘shib olib borilsin.
Ularga estetikadan tana tuzilishi, qomatni to‘g‘ri tutib yurish, harakatlarning ravon hamda chiroyliligi, kiyim-boshni ehtiyotlash va boshqalar to‘g‘risida tushuncha berish kerak bo‘ladi.
Maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarda aqliy qobiliyatlarni rivojlantirish, diqqat, idrok,
tushuncha, tasavvur, tafakkurni o‘stirish va boshqa xislatlarni mustahkamlash jismoniy
tarbiya jarayonining asosiy mazmuniga aylantiriladi.
Bolalarning harakatli faoliyati ularda asosiy jismoniy sifatlarni rivojlantirish bilan bog‘liqdir. Bunga chaqqonlik, epchillik, kuchlilik, matonat singari sifatlarkiradi. Amalda mazkur sifatlarning hech birini alohida olib rivojlantirishni tasavvur qilish ham mumkin emas. Turli jismoniy sifatlarni tarbiyalash aslida bolaning jismoniy jihatdan har
tomonlama rivojlanishidek yagona jarayonning turli tomonlaridir. Chunki
bunday rivojlanish natijasida organizmning miqdoriy imkoniyatlarida
umumiy yuksalish sodir bo‘ladi. Lekin baribir yuqorida sanab o‘tilgan jismoniy sifatlarning har birini tarbiyalashning o‘ziga xos xususiyatlari mavjuddir.

Yüklə 140,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin