1-Mavzu: O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va bolalar sportini rivojlanishi reja



Yüklə 140,27 Kb.
səhifə35/42
tarix26.11.2022
ölçüsü140,27 Kb.
#119941
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   42
bolalar jismoniy tarbiyasi maruza

Tirmashib chiqish mashqlari. Tirmashib chiqish mashqlari bajarilayotganda turli
guruh muskullari ishga solinadi. Qatta guruhda topshiriqlar murakkablashtiriladi, ularni
bajarish texnikasiga yuqoriroq talablar qo‘yila boshlaydi. Ilgari o‘rganib olingan mashqlar bilan bir qatorda, gimnastika devoriga sur‘atni o‘zgartirgan holda chikish, yonma-yon turgan devorchaning biridan ikkinchisiga oshib o‘tish hamda zinapoyalar orasidan o‘tish taklif qilinadi va boshqalar.
26- Mavzu: Jismoniy daqiqalarni ahamiyati va o’tkazish uslubi
Reja:
1.Maktabgacha yoslidagi bolalar uchun sport mashqlari.
2. Maktabgacha yoslidagi bolalar uchun sport o’yinlari.
3.Sport mashqlarining xarakteristikasi. Sport o'yinlari elementlariga o’rgatish.
G'ildirakli konkida uchish, velosipedda yurish.samokatda uchish.
Inson hayotining birinchi etti yilligida bolalar sog‘lig‘ining asosiga zamin tayyorlanadi,
hayotiy zaruriy harakat malakalari shakllanadi, takomillashadi, keyinchalik jismoniy
rivojlanish uchun lozim bo‘lgan shart-sharoitlar yuzaga keladi.
Shu soha olimlari Shelovanova, Sorochek, Uvarov, Bikovlarning tadqiqot natijalari
shuni ko‘rsatadiki, bolaning jismonan chiniqqan, chaqqon, kuchli bo‘lib o‘sishida o‘z
vaqtida to‘g‘ri rejalashtirilgan jismoniy tarbiya jarayoni muhim o‘rin o‘ynaydi. Jismoniy tarbiyaning ahamiyatini noto‘g‘ri baholash bola organizmining rivojini susaytiribgina qolmay, uning aqliy rivojlanishiga ham salbiy ta‘sir ko‘rsatishini jismoniy tarbiya amaliyoti isbotlab berdi.
Bu yoshdagi bola organizmi tez rivojlana boshlaydi, lekin organizmning himoya
refleksi sust taraqqiy etgan bo‘ladi, kasalga nisbatan tez chalinadi. Shunga ko‘ra, bu
yoshdagilar jismoniy tarbiyasining vazifasi ularning sog‘ligini saqlash va mustahkamlash, chiniqtirish, har tomonlama jismoniy rivojlantirish, gavdani to‘g‘ri tutishga, umumiy va shaxsiy gigienaga e‘tibor beradigan qilib voyaga etkazishdir.
Eng ahamiyatlisi ularda yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, tirmashib chiqish,
velosipedda, rolikli chang‘ida uchish, konkida yurish va yugurish, suzish kabi hayot uchun zaruriy eng oddiy harakat malakalarini rivojlantirishdir. Bu harakatlarni bolalar tez o‘zlashtiradi, sababi ularning asab tizimi yuqori darajada egiluvchandir.
Bu yoshdagi bolalarda jismoniy sifatlardan chaqqonlik, tezkorlik, chidamlilik va
egiluvchanlikni rivojlantirish imkoniyatlari katta.
Levi Gorinevskayaning fikricha, maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasini
to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish uchun murakkabroq umumjismoniy mashqlar, 1-sinf dasturiga yaqin bo‘lgan va unga tayyorlaydigan mashqlar tanlab olinadi.

Yüklə 140,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin