1-Mavzu: O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va bolalar sportini rivojlanishi reja


-Mavzu: Ta‘limning metod va usullari



Yüklə 140,27 Kb.
səhifə3/42
tarix26.11.2022
ölçüsü140,27 Kb.
#119941
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
bolalar jismoniy tarbiyasi maruza

3-Mavzu: Ta‘limning metod va usullari.
Reja:
1.Maktabgacha ta`lim tushunchasi
2. Sharq mutafakkirlari va pedagog olimlarning bola tarbiyasitoʻgʻrisidagi qarashlari
3. Maktabgacha yoshdagi bolani rivojlanishida kun tartibining ahamiyati.
Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`limning boshlangʻich qismi hisoblanadi. U bolaning
sogʻlom va rivojlangan shaxs boʻlib shakllanishini ta`minlab, oʻqishga boʻlgan ishtiyoqini
uygʻotib, tizimli oʻqitishga tayyorlab boradi. 6-7 yoshgacha boʻlgan maktabgacha ta`lim
davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta`lim muassasalarida va oilada amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta`limning maqsadi – bolalarni maktabdagi oʻqishga tayyorlash, bolani
sogʻlom, rivojlangan, mustaqil shaxs boʻlib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish,
oʻqishga, tizimli ta`limga boʻlgan ishtiyoqini tarbiyalashdir.
Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish
maktabgacha ta`lim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek
maktabgacha ta`lim muassasasiga biriktirilgan sogʻliqni saqlash organlarining tibbiyot
xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilishni
tashkil etish tartibi va qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasiga bolalarni olib kelish va olib ketish qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasi binolarida xavfsizlikni tashkil etishga oid talablar, maktabgacha ta`lim muassasasida yongʻin xavfsizligini tashkil etishga oid talablar, hudud xavfsizligiga boʻlgan talablar ―Maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida Nizom‖ bilan tartibga solinadi.
Maktabgacha ta`lim tizimi Maktabgacha ta‘lim muassasalari – Oʻzbekiston Respublikasidagi ta`lim muassalarining turi boʻlib, turli yoʻnalishdagi maktabgacha boʻlgan davrdagi umumta`lim dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha ta`lim muassasalari 2 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalarni tarbiyalashni, oʻqitishni, nazorat qilishni, parvarishlashni va sogʻlomlashtirishni ta`minlaydi.
Maktabgacha ta`lim muassasasini tashkil etish tartibi, faoliyatini tashkil etish va
butlash, hamda maktabgacha ta`lim muassasasining mol-mulki va pul mablagʻlari,
javobgarligi, boshqaruvi va ta`lim jarayoni qatnashchilari toʻgʻrisidagi kerakli
ma`lumotlarni ―Oʻzbekiston Respublikasida davlat maktabgacha ta`lim muassasasi
toʻgʻrisida Nizom‖ dan olishinigiz mumkin.

Yüklə 140,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin