1-Mavzu: O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va bolalar sportini rivojlanishi reja



Yüklə 140,27 Kb.
səhifə32/42
tarix26.11.2022
ölçüsü140,27 Kb.
#119941
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   42
bolalar jismoniy tarbiyasi maruza

3. Gigiyenik gimnastika Gigiyenik gimnastika, yuqorida bayon etilganidek, kishilarni
sog'lomlashtirish, jismonan va aqlan tarbiyalash vositasi, shuning-dek, ularning kuchi,
tetikligi va harakat faoliyatining bitmas-tugan-mas manbayidir. Hozirgi davrda gimnastika sog’ayishni tezlashtirishi kasallanishning oldini olishi, tetiklik va kuch-g’ayratga to’ldirishi kishi sog’lig’ini saqlab, uning umrini uzaytirishi isbot talab qiimay-digan haqiqat bo’lib qoldi. Shifokorlar nazorati orqali aniqlanishicha, gigiyenik gimnastika kishi organizmi uchun juda btta ahamiyatga ega. Gigiyenik gimnastika mashg’ulotlari muntazam o’tkazilsa, uning ta‘sirida mushak va to’qimalarda qon aylanishi yaxshilanadi, arterial qon bosimi pa-sayadi, yurak-qon tomiri tizimining faoliyati yaxshilanadi, o’pka-ning nafas olish va tiriklik sig’imi oshadi, modda almashinuvi yaxshilanadi, markaziy asab tarmog'i va asab-mushak apparatining faoliyati kuchayadi. Gigiyenik gimnastika insonning ruhiy holatiga ijobiy ta‘sir ko’rsatib, uning tetikligini, o’z kuchiga bo’lgan ishonchini oshiradj va ruhlantiradi. A. N. Krestovnikov, V. N. Mashkov, 1. M. Sarkizov-Serazini va boshqa olimlarning tadqiqotlariga qaraganda gigiyenik gimnastika mashg’ulotlari natijasida yurak-tomir urishi 50-60 % ga tezlashadi, qonning maksimal bosimi 5-20 mm.ga ko’tariiadi, iste‘mol qilinadigan kislorod miqdori 10-30 % oshadi. Hozirgi zamon sport fiziologiyasi nuqtayi nazaridan olganda, gigiyenik gimnastika butun organizmni tetiklantiradi va charchoqni yo’qotadi. Gigiyenik gimnastika mashg’ulotlarini yakka holda va shuningdek, guruh bo’lib o’tkazish mumkin. Bu gimnastika bilan faqat ertalab emas, balki kunduzi ham (ovqatlangandan keyin 1,5-2 soat o’tgach) yoki kechqurun (uxlashdan 1,5-2 soat oldin) shug’ul-lanish mumkin. Bolalar, o’smirlar va o’rta yoshdagi kishilar radio orqali eshittiriladigan umumrivojlantiruvchi mashqlar to’plamini bajarishlari mumkin. Harxil sport turlari bilan muntazam shug’ulla-nadigan kishilar uchim bu to’plamiar yuklama bo’yicha yengil bo’lishi mumkin.
Har bir shaxs gimnastikani ba‘zi bir qoidalarni bilgan holda o’z shaxsiy xususiyatlarini
hisobga olib, umumrivojlantiruvchi mashqlar to’plamini tuzib olsa bo’ladi. Mashqlar
to’plamini tuzishda quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim.
1. Mashqlar shug'ullanuvchilarning yoshi va jismoniy tayyor-garligiga mos bo’lishi
kerak. Agar mashqlar juda murakkab bo’lsa, ko’ngildagidek bajarilmaydi va ularning
samarasi ham yuqori boM-maydi. Gigiyenik gimnastika quyidagi: xonani shamollatish, gigiyenik qoidalarga va kun tartibiga rioya qilish, badantarbiya (suvda chiniqish) singari tabiiy odatlarni tatbiq qilishga yordamlashadi.



Yüklə 140,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin