1-mavzu. Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o'qituvchi faoliyatida tutgan o‘rni


etishni, yurishni, hazillashishni, quvnoq, jahldor bo’lishni bilishi lozim, u o’zini



Yüklə 475,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix28.01.2023
ölçüsü475,72 Kb.
#122701
1   2   3   4   5   6   7
1-Maruza bayoni (3) (2)

etishni, yurishni, hazillashishni, quvnoq, jahldor bo’lishni bilishi lozim, u o’zini 
shunday tutishi lozimki, uning har bir harakati tarbiyalasin.»
1

Buyuk pedagogning bu fikriga Ukraina pedagogika instituti olimlari katta 
mas’uliyat bilan qarashdi. Ular bir necha yillar davomida Makarenko pedagogik 
mahorati maktabini, mavjud bo’lgan ilg’or nazariya va amaliyotni atroflicha tahlil 
qilishdi. Natijada 1979 yili «Pedagogik mahorat asoslari» fani yaratildi va u barcha 
pedagogika oliy o’quv yurtlarida o’qitila boshlandi. Bu fanning tuzilish 
printsipining o’ziga xosligi shundaki, u pedagogda shaxs va jamoaga ta’sir eta 
olishni ta’minlaydigan va turli fanlarga bog’liq bo’lgan bilimlarni tanlab, ularni 
o’zida mujassamlashtiradi. Shuning uchun ham fan dasturiga pedagogik mahorat 
mohiyati, o’quvchiga ta’sir etish vositalari va usullari kabi pedagogik mahoratning 
odatdagi masalalaridan tashqari, teatr pedagogikasi va notiqlik san’ati haqidagi 
ma’lumotlar ham kiritilgan. Bu fanni o’rganish pedagogika, psixologiya, metodika 
va boshqa pedagogik fanlardan egallangan bilimlarga asoslanadi. 
Pedagogik mahorat - bu o’quv jarayonining barcha shakllarini eng qulay 
va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari tomon 
yo’naltirish, talabalarda (o’quvchilarda) dunyoqarash, qobiliyatni shakllantirish, 
ularda jamiyat uchun zarur bo’lgan faoliyatga moyillik uyg’otishdir.
1
Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar. Toshkent, 2008. -181 b. 
146-bet. 


Pedagogik mahorat yaxlit tizim sifatida quyidagi tarkibiy qismlardan iborat 
bo’ladi:
- pedagog shaxsini insonparvarlik yo’nalishiga ega bo’lishi, uning qiziqishlari, 
qadriyat yo’nalishlari va ideallarining oliy maqsad-barkamol avlod tarbiyalashga 
yo’naltirilganligi; 
- mutaxassislik fanlari, o’qitish metodikasi, pedagogika-psixologiyadan 
mukammal bilimga ega bo’lish; 
- pedagogik qobiliyatga ega bo’lish (muloqotga moyillik, ishchanlik, kelajakni 
tasavvur qila olish, kasbiy mustaqillik, sensor axborotlarni tezlik bilan anglash 
(yuzidan uqib olish); 
- pedagogik texnikani egallash, ya’ni o’z-o’zini boshqara olish, o’zaro ta’sir 
etish va hamkorlikda ishlashni uddalash.
Shunga asosan, ''Pedagogik mahorat'' fani, mahoratli o’qituvchilarni 
tayyorlashga xizmat qiladi, o’qituvchilar va tarbiyachilarning kasbiy faoliyati 
sirlarini, mohirligini o‘rgatuvchi va uni takomillashtirish to‘g‘risida malumotlar 
berib boruvchi fan bo’lib, o’qituvchilarda pedagogik mahoratning mohiyat 
mazmunini, hozirgi zamon talablari doirasida kasbiy faoliyatini rivojlantirishning 
yollarini, vositalarini, shakllarini o‘rganadi. 
Pedagogik mahorat o’qituvchilar va tarbiyachilarga pedagogik ijodkorlik
pedagogik texnika, ta`lim-tarbiya jarayonida o'qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro 
hamkorligi, muloqot olib borish taktikasi, nutq madaniyati, tafakkuri, 
tarbiyachining ma’naviy - ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarini tashkil etish va amalga 
oshirish, bu jarayonda xulq-atvori va hissiyotni jilovlay olish xususiyallarini 
o‘rgatadi va o‘z kasbini rivojlantirib boruvchi pedagogik faoliyatlar tizimi 
to‘g‘risida ma’lumotlar beradi. Pedagogik mahorat o’qituvchilarning pedagogik 
faoliyati zamirida takomillashib boradi. 
Pedagogik faoliyat yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun jamiyat 
oldida, davlat oldida javob beradigan, ta`lim-tarbiya berishda maxsus tayyorlangan 
o’qituvchilar mehnati faoliyatidir. Bo’lajak o’qituvchilar o`z pedagogik faoliyati 
jarayonida faoliyatning quyidagi tarkibiy qismlarini bilishi lozim: 



Yüklə 475,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin