1-mavzu: Psixik rivojlanish va ta’limning o’zaro munosabati


O`quvchiga imkoniyat bering



Yüklə 263,5 Kb.
səhifə24/40
tarix09.02.2022
ölçüsü263,5 Kb.
#114295
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40
1-mavzu Psixik rivojlanish va ta’limning o’zaro munosabati

O`quvchiga imkoniyat bering. “Bolaga, turmush o`rtog`ingizga yoki qo`l ostingizdagi xodimlarga u yoki bu faoliyatga nisbatan kaltafahm, farosatsiz, ahmoq va layoqatsiz ekanligini aytsangiz, uni deyarli barcha stimullardan mahrum etasiz. Agar teskari usulni qo`llasangiz, ya’ni rag`batlantiruvchi, najotbaxsh so`zlarni aytishga qizg`anchiqlik qilmasdan, suhbatdoshingiz oldida turgan vazifaning hech qanday murakkabligi yo`qligiga uni ishontirsangiz, uning kuchiga va qobiliyatiga ishonishingizni, bu vazifani bajarish uchun unda ichki tuyg`u va kuch etarli ekanligini uqtirsangiz, u ertalabgacha muvaffaqiyatga erishish uchun mashq qilib chiqadi”,- deb maslahat beradi D.Karnegi.

“Sen bajara olasan, sen bunga erishasan” degan stimul juda katta kuchga ega. Amerika maktablaridan birida psixologlar tomonidan “intellekt koeffitsienti”ni tadqiq qilish bo`yicha psixologlar tomonidan olib borilgan tajribalar bu stimulning qanchalik yuqori natija berishini asoslagan. Ular kutilmaganda butun sinfga o`tkazilgan tajribalarda bir nechta past o`zlashtiruvchi o`quvchilar yuqori natija ko`rsatganliklarini e’lon qiladilar. Natija kutilganidan ham ortiq bo`ldi: nazarga tushib tan olinganliklaridan ruhlangan o`quvchilar semestr so`ngida o`tkazilgan testlarda ishonch bilan qatnashib, haqiqatdan ham yuqori natijalarga erishdilar va a’lochilar safidan joy oldilar.

I.P.Podlaso’y tomonidan o`tkazilgan tadqiqotlarning birida stimullashtirishning “Yutuq” deb nomlangan kompyuter dasturidan foydalaniladi. Tanaffuslarda shug`ullanishni yoqtiradigan bu kompyuter dasturi yordmida o`quvchilar turli predmetlardan o`zlarining yaqin kelajakda oladigan baholarini prognoz qilar edilar. Bir kuni uni shunday sozladilarki, dastur oldindan ko`zlangandek noto`g`ri ravishda yuqori ko`rsatgichlarni ko`rsatib, juda ishonarli qilib o`quvchilarning ijobiy yutuqlari dinamikasini bashorat qildi. Keyin nima bo`ldi deng? Muvaffaqiyatga bo`lgan ishonch o`rta va past o`zlashtiruvchilarning o`quv-biluv faoliyatlarida ilgari siljishlariga sabab bo`ldi.

Yuqorida sanab o`tilgan stimullashtirish imkoniyatlariga rioya qilgan holda o`quv-biluv faoliyati tashkil etilsa, o`quv materialining muvaffaqiyatli va to`liq o`zlashtirishga erishishni kafolatlash mumkin bo`ladi. Keltirilgan stimullarning ta’lim jarayoni samaradorligini oshirishdagi ahamiyatini hisobga olib, stimullashtirish modelini 2.1.-chizmada quyidagicha ifodalash mumkin.






Yüklə 263,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin