O`zaro raqobatni ehtiyotkorlik bilan boshqarib boring. Inson – har doim raqobat bilan yashaydigan mavjudot, bu haqiqatdan ko`z yumib bo`lmaydi. Zamon kishidan toblangan bo`lishni, raqiblar bilan kurashga bardosh bera oladigan bo`lishni talab etadi. Maktab o`zaro raqobatni rag`batlantirish kerakmi va qay darajada rag`batlantirish kerak?- degan savolga qat’iy javob topilganicha yo`q. Ammo chet el, ayniqsa, Amerika maktab ta’limi tajribasida o`zaro raqobatni rag`batlantirish kerak deb hisoblashadi va undan faol xatti-harakatga chorlovchi stimul sifatida foydalanishadi. Maktabda o`zaro raqobat metodidan foydalanish bo`lajak hayotiy vaziyatlarni engib o`tishnigina emas, balki mag`lubiyatni ham mag`rur qarshi olish, yutuqlardan shodlana olish sifatlarini shakllantirishga yordam beradi.
Bu stimulni qo`llashga chog`langan pedagog hamma narsani obdon taroziga solib ko`rishi kerak bo`ladi. Mag`lubiyatga uchraganlar samarasiz holatga tushib qolishi va ularning obro`-e’tibori pasayishi mumkin. Ularda ishonchsizlik, yo`l topolmay qolish, o`zining imkoniyatlariga nisbatan shubha lanish hissi, alohida mushkul holatlarda esa, hatto, vayrona hissiy holat – stress holati yuz berishi mumkin.
Shuning uchun ham o`quvchilar orasidagi o`zaro raqobat sport musobaqalaridagi raqobatga o`xshasin – bunda kimdir g`olib bo`lsa, kimdir mag`lub bo`ladi, ammo ishqibozlik so`nmaydi. Mayli, shunday qilingki, musobaqada ishtirok etayotgan guruhlarning g`alabaga erishish imkoniyatlari bir xil bo`lsin. Agar musobaqa jarayonida ishtirokchilardan birortasining me’yoridan ortiqcha hissiy zo`riqishi kuzatilsa, uni ustalik bilan keyingi jarayonlarda ishtirok etishdan ozod qilib, masalan, uni orbitr yoki topshiriqlarni, shart-sharoitlarni hozirlashda mas’ul etib qo`yish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |