1-mavzu. Psixologik xizmat faning predmeti. T a’lim sohasidagi psixologning burchi va majburiyatlari; ishning axloqiy tamoyillari (2 soat) Reja



Yüklə 259,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix27.11.2022
ölçüsü259,64 Kb.
#120024
1   2
1-maruza(1)

Psixologik xizmat uch asosiy bo‘g‘indan tuzilgan: 
1) Aniq o‘quv muassasasida ishlaydigan bolalar amaliy psixologi
2) Tuman xalq ta’limi qoshidagi tashhis markazi.
3) Respublika kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik tashhis 
markazi.
Psixologik xizmat xodimlari barcha muammolarni hal qilishda bolani har 
tomonlama va garmonik rivojlanish vazifalariga va uning qiziqishlariga 
tayanadidlar. Amaliyotchi psixolog o‘z faoliyatini pedagogik jamoa va ota-onalar 
bilan yaqin aloqada amalga oshiradilar. Psixologik xizmat o‘z faoliyatida tibbiy
defektologik va boshqa xizmat turlari bilan, bola tarbiyasida yordam ko‘rsatuvchi 
jamoachilik xodimlari bilan yaqin aloqada ish olib boradi. Barcha mutaxassislar 
bilan munosabat tenglik asosida va fikrlarning bir-birini o‘zaro to‘ldirishi asosida 
quriladi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar tizimidagi psixologik xizmatning maqsadi-shaxsning 
har tomonlama garmonik kamoloti, to‘laqonli psixologik taraqqiyotni ta’minlovchi 
qulay shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir. 
Psixologik xizmatda tadqiqot va ta’sir o‘tkazish ob’ekti maktabgacha yoshdagi 
bolalar, o‘quvchilar, maxsus o‘quv yurti va oliy maktab, kollej talabalari
o‘quvchilar, ota-onalar bo‘lib hisoblanadi, ularni alohida yoki guruhiy shaklda 
tadqiq qilish mumkin.
Psixologik xizmatning mazmuni:
a) psixoprofilaktika,
b) psixologik maorif va ma’rifat, 
v) psixodiagnostika,
g) psixik rivojlanitirish va psixokorreksiya,
d) psixologik konsultatsiya.
Psixologik xizmat haqida Nizom 1996 yil Xalq ta’limi Vaziri J.G‘. Yo‘ldoshev 
tomonidan tasdiqlangan. 2001 yilda bu Nizomga o‘zgartirish kiritildi.
Psixologik xizmat metodlari turli tuman bo‘lishi mumkin:
a) xalq ta’limi va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi xodimlari, o‘quvchilar, 
talabalar bilan ma’ruzalar turkumi va trenning mashg‘ulotlari o‘tkazish va aholining 
psixologik madaniyatini o‘stirish maqsadida, b) ilmiy ommabop adabiyotlarni 


yaratish va ularni tarqatish, v) ommaviy axborot vositalarida chiqishlar, g) 
psixodiagnostik tadqiqotlar o‘tkazish, metodikalar ishlab chiqish (test savol 
varaqasi, tajriba, kuzatish, suhbat va boshqalar), d) psixologik maslahat berish, ye) 
pcixologik konsiliumlar o‘tkazish, j) ta’lim va tarbiya beruvchi dasturlardan 
foydalanib psixodrama, psixokorreksion treninglarni amalga oshirish, z) psixologik 
tadqiqot ob’ektining psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘quv dasturi, 
o‘quv tarbiya rejalarini tahlil qilish va hokazolar.
Psixologik xizmat xaqida Nizom 6 bo‘limdan iborat. Ular:
1. 
Umumiy qoidalar.
2. 
Psixoprofilaktik ishlar.
3. 
Psixodiagnostik ishlar
4. 
Rivojlantiruvchi va korreksion ishlar.
5. 
Psixologning maslahat berish ishlari.
6. 
Psixologik xizmat xodimlarining mas’uliyati aks etgan. 
Umumiy qoidalar quyidagi bandlarni o‘z ichiga olgan.
1. Psixologik xizmat xalq ta’limi va oliy o‘rta maxsus ta’lim tizimining 
muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
2. Psixologik xizmat mutaxassislari barcha muammolarni hal qilishda har 
qaysi shaxsning /pedagog, o‘quvchi, talaba, ota-ona/ manfaati va uning har 
tomonlama garmonik rivojlanishidan kelib chiqqan holda yondashadi.
3. Psixologik xizmat mutaxassislari o‘z faoliyatilarini tibbiyot xodimlari, 
defektologik xizmat, muhofaza qilish tashkilotlari, muayyan komissiyalar, 
balog‘atga yetmagan o‘smirlar inspeksiyasi, ota-onalar qo‘mitasi, ishlab chiqarish 
jamoasi, jamoatchilik bilan uzviy aloqada amalga oshiradilar.
Amaliyotchi psixologlar o‘qituvchiga berilgan barcha imtiyozlardan 
foydalanish huquqiga ega. Ularning mehnat ta’tili muddati barcha o‘qituvchilar 
bilan barobardir. O‘quvchilar soni 500 gacha bo‘lgan maktablarda 1 shtat birligi 
psixolog ishlashi zarur.
Kasb-hunar kollej-larida o‘quvchilar soni 250 ta bo‘lsa, 1 shtat birligi psixolog 
ishlashi zarur. Bog‘chalarda har 2 bog‘chada 1 psixolog ishlashi maqsadga muvofiq.
Oliy va o‘rta maxsus, xalq ta’limi tizimidagi psixologlarning faoliyati, 
psixologik maslahat va muammolaning ijtimoiy-psixologik faol usullari, 
psixokorreksion, psixodiagnostika, ijtimoiy, pedagogik, bolalar psixologiyasi 
sohalari bo‘yicha umum psixologik tayyorgarlik olgan, psixologik ixtisosga ega 
bo‘lgan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.
Tayanch tushunchalar: Gaydens xizmati, ilmiy nuqtai nazar, amaliy nuqtai 
nazar, tashviqot nuqtai nazar.
 

Yüklə 259,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin