Mehnat psixologiyasi: inson mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil qilishning psixologik tamoyillarini o‘rganadi. Mehnat psixologiyasining bir nechta bo‘limlari mavjud;
a) muhandislik psixologiyasi − inson bilan mashina o‘rtasidagi vazifalarni taqsimlash masalalalarini hal qiladi va asosan operatorlarning faoliyatini o‘rganadi;
b) aviatsiya psixologiyasi − uchishga o‘rganish jarayoni va uchish moslamalarini boshqarishda inson faoliyatining psixologik qonuniyatlarini o‘rganadi;