1-mavzu Psixologiya fani predmeti, vazifalari, ob’ekti va ahamiyati



Yüklə 105,09 Kb.
səhifə23/26
tarix07.03.2022
ölçüsü105,09 Kb.
#114785
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
1mavzu

a) neyropsixologiya − psixik hodisalar bilan miyadagi fiziologik tuzilishlar o‘rtasidagi nisbatni o‘rganadi;

b) psixofarmakalogiya − dorivor moddalarning shaxs ruhiy holatiga ta’sirini o‘rganadi;

v) psixoterapiya − bemorni davolash uchun ruhiy ta’sir vositalarini o‘rganadi.

Yuridik psixologiya − huquq tizimi bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik masalalarni o‘rganadi.



Uning quyidagi tarmoqlari mavjud.

a) sud psixologiyasi − jinoiy jarayon ishtirokchilarining xulq-atvorini, ruhiy xususiyatlarini tahlil qiladi;

b) kriminal psixologiya − jinoyatchining xulq-atvori, shaxsining shakllanishiga doir psixologik masalalar, jinoyatning motivlari bilan shug‘ullanadi.

Harbiy psixologiya − kishining harbiy harakatlar sharoitidagi xulq-atvori bilan bog‘liq hodisalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarini, psixologik targ‘ibot metodlarini, harbiy texnikani boshqarishning psixologik muammolarini o‘rganadi.

Sport psixologiyasi − sportchilar shaxsi va faoliyati xususiyatlarini, ularning psixologik jihatdan tayyorligining shart-sharoitlari, musobaqalarni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq psixologik omillarni o‘rganadi.

Savdo psixologiyasi − asosan, rivojlangan mamlakatlarda keng taraqqiy etgan bo‘lib, kishilar ruhiyatiga tijorat ta’sirini psixologik shart-sharoitini, xaridorlarga xizmat ko‘rsatishning psixologik omillarini aniqlaydi. Modalar psixologiyasini tadqiq qiladi.

San’at psixologiyasi − san’at asarlarining yaratilishida faoliyat-ning psixologik tomonlarini, inson tomonidan badiiy asarlarni idrok etilishi, turli hodisalarni paydo bo‘lishi va estetik tarbiya muammolari, musiqaviy, badiiy, adabiy qobiliyatlarni shakllantirish va tarbiyalash muammolarini o‘rganadi.

Ilmiy ijodiyot psixologiyasi − ilmiy faoliyatning psixologik xususiyatlari, ijodiyotda intuisiya va ilhomni tadqiq qiladi.




Yüklə 105,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin