1. Ijtimoiy psixologiya − uyushgan va uyushmagan ijtimoiy guruhlardagi shaxslararo o‘zaro tasir jarayonida paydo bo‘ladigan psixologik hodisalarni o‘rganadi.
2. Differensial psixologiya − shaxs shakllanishining individual psixologik yo‘naltirilganligi kabi xususiyatlarni o‘rganadi.
3. Din psixologiyasi − inson ongiga diniy qarashlarning ta’siri masalalarini o‘rganadi.
4. Etnopsixologiya − inson psixologiyasining etnik xususiyatlari, milliy xarakter, milliy tuyg‘u, milliy g‘oya, o‘z-o‘zini anglash, etnik stereotip, ularning qonuniyatlari va vujudga kelish xususiyatlarini o‘rganadi.