1-mavzu Psixologiya fani predmeti, vazifalari, ob’ekti va ahamiyati



Yüklə 105,09 Kb.
səhifə18/26
tarix07.03.2022
ölçüsü105,09 Kb.
#114785
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
1mavzu

Vyusburg maktabi. Psixologiya fani taraqqiyotida nemis psixologiya maktabi muhim o‘rinlardan birini egallaydi va asrimizning boshlarida Germaniyada Vyursburg psixologiya maktabi deb nomlangan yangi yo‘nalishga ega bo‘lgan psixologik oqim paydo bo‘ldi. Mazkur yo‘nalishning yirik vakillari sifatida O.Kyulpe (1862-1915), K.Byuller (1879-1922), A.Messer (1837-1937), A.Narsis (1871-1946) va boshqalarni sanab o‘tish lozim. Ular tomonidan olib borilgan eksperimental tadqiqotlar tafakkur muammosining rivojiga ma’lum darajada hissa qo‘sha oldi. Vyursburg psixologiya maktabi vakillari tafakkurni hissiy bosqichda turgan psixik jarayonlarga, ya’ni sezgi va tasavvurlarga ajratib o‘rganishda rasional bosqichdagi murakkab jihatlardan mexanik ravishda vujudga keladi, deb tushuntirish mumkin emasligini eksperimental yo‘l bilan isbotlashga harakat qildilar. Olib borilgan tadqiqotlarni o‘zlarining ustilarida o‘tkazib, natijalarni ob’ektiv bo‘lishiga kamroq e’tibor berganlar.

Vyursburg psixologiya maktabining namoyondalari tafakkur bu ichki harakat aktidir, deb qaray boshlaydilar. O‘z-o‘zini kuzatish metodidan foydalanib, ish tutishda ular mana bunday ifodaning ma’nosini tushuntirib berishlari lozim, tafakkur haddan tashqari mashaqqatliki, shunga qaramay ko‘pchilik shunchaki hukm chiqarishni ma’qul ko‘radilar. Shuningdek, ular oldida munosabatlarni o‘rnatish qism, yaxlit, tur, jins ob’ektning nisbati va o‘zaro munosabatlarini ushbu munosabatlarning aniq a’zolarini idrok qilishni aniqlash vazifalari turadi. Shuning bilan birga ularning barcha tadqiqotlari ob’ektiv metodlarni izlashga oid faoliyatlarida avj oldi. Jumladan, A.Narsis tomonidan sun’iy tushunchalarning shakllanishi bo‘yicha dastlabki metodika yaratildi. Mazkur nazariya vakillari tafakkurni munosabatlarning aks etishi bilan bog‘lab, tafakkurni munosabatlarning birlamchi qarab chiqish, yoinki birlamchi ma’lumot berish manbai sifatida talqin qiladilar. Tafakkur taraqqiyoti masalasini ko‘tarib chiqib, o‘sishning fikrlarni faollashtirish orqali amaliy faoliyatdan tafakkurni mutlaqo ajratib qo‘ydilar. Tafakkurni tadqiq qilishning asosiy metodi − bu o‘z-o‘zini kuzatish ekanligini tan oladi, xolos. Mazkur muammo gnoselogik nuqtai-nazardan olib qaralganda ushbu pozisiya idealizm izmiga kirib borayotganligini anglab olish unchalik qiyin emas. Vyursburg maktabi namoyondalari tafakkurni alohida mustaqil bilish faoliyati sifatida aniqko‘rsata bildi. Biroq tafakkurni amaliyotda nutqdan va hissiy obrazlardan qat’iy ajratib tashladilar.

Vyursburg psixologiya maktabi namoyondalaridan biri O.Zels tafakkurni intellektual operatsiyalar harakati sifatida qabul qilgan. U o‘z oldiga fikr yuritish faoliyatining u yoki bu jihatlari qay yo‘sinda shakllanishini kuzatish, intellektual faoliyat bosqichlarini ko‘rsatish aqliy faoliyatning produktiv va reproduktiv ko‘rinishidagi ziddiyatlarni bartaraf qilish vazifasini qo‘ydi. O.Zels masala yechish jarayonini o‘rganishda umumiylikka ega bo‘lgan masalani vujudga keltirish bosqichlariga alohida e’tibor berib, elementlar bilan predmetlar munosabatini ajratib ko‘rsatadi. Buning natijasida muammo kompleksi namoyon bo‘ladi. Kompleks o‘z ichiga ushbu jihatlarni qamrab olishi nazarda tutilgan: a) ma’lumning tavsifnomasini bo‘laklarga ajratish; b) qidiriluvchi noma’lumning o‘rnini aniqlash; v) noma’lum qidiriluvchi bilan ma’lum o‘rtasidagi munosabatlarni ajratib ko‘rsatish.

Shunday qilib, Vyursburg psixologiya maktabining namoyondasi O.Zels psixologiya tarixida birinchi bo‘lib tafakkurni jarayon sifatida ekspremental metodlar bilan tadqiq qilgan, intellektual operatsiyalar va ularning tarkibiy qismlarini nazariy va amaliy jihatdan ta’riflab bergan, izchil ilmiy metodlarga asoslanib, o‘rganishga butun vujudi bilan intilgan psixologdir. Germaniyada psixologiyaning geshtaltpsixologiya yo‘nalishi vujudga keldi. Uning, ko‘zga ko‘ringan namoyondalari qatoriga X.Erenfels (1859-1932), V.Keller (1887-1967), K.Kofka (1886-1941) va boshqalar kiradi. Geshtaltchilar fikriga qaraganda, har bir psixik hodisaning mazmuni uning tarkibiga kiruvchi qism va elementlarni birgalikda aks ettirishdan ko‘lam jihatidan keng, mazmun jihatidan rang-barangdir. Geshtaltchilarning aksiomatik xarakterga ega bo‘lgan ushbu fikrlari mazkur ta’limot g‘oyasini ochib berishga xizmat qiladi, alohida olingan qism va elementlarning yig‘indisi yaxlit tuzilish mazmunini belgilab bera olmaydi, aksincha, yaxlit tuzilma qism va elementlarning xususiyatlari va xossalarini belgilab berishga qurbi yetadi.




Yüklə 105,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin