1 mavzu. Psixologiya fanining predmeti, maqsadi va vazifalari


Psixologiyaning vazifalari



Yüklə 39,38 Kb.
səhifə2/10
tarix18.11.2023
ölçüsü39,38 Kb.
#132766
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1 mavzu. Psixologiya fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. R (1)582

Psixologiyaning vazifalari


Psixologiya fanining boshqa fan sohalaridan farqli tomoni shundan iboratki, uning amaliy, tatbiqiy jihatlari mavjud bo’lib, ijtimoiy turmushning barcha jabhalarida bevosita qatnashadi, ularga muayyan darajada tasir o’tkazadi. Psixologiya boshqa fanlardan farqli o’laroq o’z tatbiqiy maъlumotlari, natijalarining ko’pqirra, ko’pyoqlama ekanligi bilan tubdan ajralib turadi va mutlaqo boshqa sifat ko’rsatkichiga ega. Ayniqsa, bu borada o’zini o’zi boshqarish alohida ahamiyat kasb etadi, shuning uchun u tabiatni o’rganish ilmidan tafovutlanib, o’zining psixik jarayonlari, funktsiyalari, holatlari, hissiyoti, irodasi, xarakteri, temperamenti kabilarni boshqarishda o’z aksini topadi. Inson o’zini anglay borib, o’z insoniy xislati, xususiyati, sifati, xuquqini o’zgartirish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Hozirgi kunda jahon psixologiyasi fani o’zini o’zi boshqarish va takomillashtirsh, o’zini o’zi qo’lga olish, o’ziga o’zi buyruq berish, o’zini o’zi tarbiyalash bo’yicha boy materiallar to’plagan, bu esa o’z navbatida inson munosabati, maqsadi, holati, kechinmalari o’zgarishi va yangidan yaralishi haqida ilmiy-tatbiqiy maъlumotlar beradi, kundalik turmush psixologiyasi rang-barangligini taъminlab turadi. Psixologiya inson psixikasini aniqlash, shakllantirish, yangi sharoitga ko’chirish, takomillashtirsh, rivojlanish dinamikasini taminlash, yangi sifat bosqichiga o’tishini qayd qilish imkoniyati borligi bilan o’ta amaliy, tatbiqiy fanga aylangandir. Psixologiya fanining
sohalari uning amaliyot uchun muhim ahamiyat kasb etishidan dalolat beradi (huquqshunoslik psixologiyasi, klinik psixologiya, mehnat psixologiyasi, savdo psixologiyasi, sotsial psixologiya, pedagogik psixologiya, maxsus psixologiya, sport psixologiyasi va hokazo). Psixologiya amaliy, tatbiqiy jihatdan o’z predmetiga ega bo’lib, amaliy sotsial psixolog, injener (muhandis) psixolog, oilaviy psixoterapevt, tibbiyot psixologi, maktab psixologi kabi sohalarni o’z ichiga qamrab olgan.
Alohida takidlab o’tish kerakki, psixologiya fani ko’hna tarixga ega bo’lishga qaramay, u juda navqiron fandir, chunki ilmiy psixologiya nemis psixologi V.Vundt tomonidan 1879 yilda Leyptsig (Germaniya) universitetida asos solingan birinchi eksperimental laboratoriya ochilishidan boshlanadi. Shuning uchun refleksiyani (lotincha reflexus o’zining ruhiy holatini tahlil qilish degani) ilmiy jihatdan o’rganishni psixologiya fani predmeti tarkibiga kiritish davri (mavridi) keldi.
Psixologiya fani tabiatshunoslik fanlari va falsafa negizida paydo bo’lgan bo’lib, to hanuzgacha uning na gumanitar, na tabiiy fanlar qatoriga kiritilishi aniqlangani yo’q, lekin shunga qaramasdan, uni har ikkala yo’nalishdagi sohalar bo’yicha to’plangan maъlumotlar, qonuniyatlar birlashuvining mahsuli deb atash mumkin. Ammo psixologiyaning tarkibida ham gumanitar, ham ijtimoiy bilimlar mavjud bo’lishidan qatъi nazar, u alohida xususiyatga ega bo’lgan mustaqil fandir. Chunki psixologiya fani yaqqol inson fazilati, muayyan taraqqiyot xususiyatlari, mexanizmlari, qonuniyatlari, o’ziga xoslik, alohidalik, yakkahollik tabiati yuzasidan bahs yuritiladi. Psixologiya fanini tahlil qilishda uning qay fan sohasi bilan aloqasini aniqlashdan ko’ra ilmiy va kundalik turmush psixologiyasi o’rtasidagi munosabat to’g’risida mulohaza yuritish maqsadga muvofiqdir. Ma'lumki, har qanday fan negizida odamlarning turmush va amaliy tajribasi muayyan darajada o’z aksini topgan bo’ladi. Masalan, kimyo predmeti moddalarning xususiyatlari, ularning
zichligi, og’irligi, o’zaro birikuvi to’g’risidagi kundalik turmush bilimlariga suyanadi, matematika fani sonlar, miqdoriy munosabatlar, geometrik shakllarning xossalari, trigonometrik funktsiyalar haqidagi inson tasavvurlari asosiga quriladi. Lekin psixologiya yuzasidan ana shunday mulohazalar yuritish yoki bildirish mumkin emas, chunki uning zamirida tubdan boshqacha o’ziga xoslik yotadi. Har qaysi shaxs kundalik turmushning o’ziga xos psixologik bilimlarini egallagan bo’lib, o’z saviyasi, salohiyati bilan turlicha kamolot ko’rsatkichiga egadir, hatto turmush tajribasida to’plangan bilimlar ilmiy psixologik bilimlardan ustunroq turishi ham mumkin (qari bilganni pari bilmas). Chunki, yirik yozuvchilar (shaxslararo munosabat va muomala, muloqot xususiyatlari yuzasidan kuzatuvchanlikka egadirlar), shifokorlar, o’qituvchilar, ruhoniylar, savdogarlar uzluksiz ravishda kishilar bilan muomalaga kirishishlari natijasida ularning ichki dunyosi va xulq-atvoriga oid bilimlar bilan yuksak darajada qurollangandirlar. Har bir insonda ozmi yoki ko’pmi psixologik bilimlar mavjuddir, buning dalili sifatida odamlarning bir- birlarini tushunishlari, tasir o’tkazishlari, xulq-atvor oqibatini oldindan bashorat qilish, kishining yakka xususiyatlarini hisobga olgan holda unga yordam ko’rsatishni takidlab o’tishning o’zi kifoya.
«Psixologiya» so’zi ikkita grek so’zlaridan - «psyche» - jon, ruh va «logos»- ta’limot, ilm so’zlaridan iborat bo’lib, an’anaviy ma’noda inson ruhiy dunyosiga aloqador barcha hodisalar va jarayonlar uning predmetini tashkil etadi. Boshqacha qilib aytganda, psixologiyaning predmeti har birimizning tashqi olamni va o’z- o’zimizni bilishimizning asosida yotgan jarayonlar, hodisalar, holatlar va shakllangan xislatlar tashkil etadi. Psixologiya bo’yicha adabiyotlarda uning predmetini qisqacha qilib, psixikadir, deb ta’rif berishadi. Psixika - bu inson ruhiyatining shunday holatiki, u tashqi olamni (ichki ruhiy olamni ham) ongli tarzda aks ettirishimizni, ya’ni bilishimiz, anglashimizni ta’minlaydi. Lekin bu qisqa ta’riflardan psixikaga aloqador jarayonlar ongning aks ettirish shakllari ekan, degan yuzaki xulosaga kelish noto’g’ri bo’ladi. Chunki inson psixikasi va uning ruhiy
olamiga aloqador hodisalar va jarayonlar shu qadar murakkab va xilma - xilki, biz ba’zan o’z-o’zimizni ham tushunmay qolamiz. Shuning uchun ham odamlarning bilimdonligi nafaqat tashqi olamda ro’y berayotgan ob’ektiv hodisalar mohiyatiga aloqador bilimlar majmuiga ega bo’lish bilan, balki hayotda munosib o’rin egallash, o’z ichki imkoniyatlari va salohiyatidan samarali foydalangan xolda faoliyatini oqilona tashkil etishning barcha sirlaridan boxabar bo’lish, o’ziga va o’zgalarga ta’sir ko’rsatishning usullarini bilish va ulardan o’z o’rnida unumli foydalanishni nazarda tutadi. Psixologik bilimdonlikning murakkabligi aynan shundaki, atrofimizdagi narsalar va hodisalarning mohiyatini bevosita his qilib bilishimiz mumkin, lekin psixikaga aloqador bo’lgan jarayonlarni, o’zimizda, miyamiz, ongimizda ro’y berayotgan narsalarning mohiyatini bilvosita bilamiz. Masalan, o’rtoqlarimizdan biri bizga yokadi, doimo bizda yaxshi, ijobiy taassurot qoldira oladi, lekin uning u yoki bu hatti - harakatlarini bevosita ko’rib, baholab, tahlil qilolsak-da, unga nisbatan his qilayotgan mehrimizni, uzoq ko’rishmay qolganimizda uni sog’inayotganligimiz bilan bog’liq hisni bevosita ko’rib, idrok qilish imkoniyatiga ega emasmiz. Aynan shunga o’xshash holatlar psixologiya o’rganadigan hodisalar va holatlarning o’ziga xos tabiati va murakkabligidan darak beradi va ular boshqa turli hodisalardan farq qiladi.
Shunday qilib, psixologiya fani o’rganadigan jarayonlar va hodisalar murakkab va xilma-xil. Ularni o’rganishning ikki jihati bor: bir tomondan, ularni o’rganish qiyin, ikkinchi tomondan oson ham. Oxirgi jihati xususida shuni aytish mumkinki, bu hodisalar bevosita bizning o’zimizda berilgan, ularni uzoqdan qidirish, mavhum analogiyalar qilish shart emas, boshqa tomondan, ular o’zaro bir - birlari bilan bog’liq bo’lgan umumiy qonuniyatlar va tamoyillarga bo’ysunadi.
Demak, psixologiyaning predmeti konkret shaxs, uning jamiyatdagi xulq - atvori va turli faoliyatlarining o’ziga xos tomonlaridir, deb ta’riflash mumkin.
Psixikaning turli shakllarda ko’rinishlari: psixik jarayonlar, psixologik xolatlar, xususiyatlar mavjud bo’lib, psixik aks ettirish bir qator xususiyatlari bilan ajralib turadi, ya’ni shaxs individualligi orqali namoyon bo’ladi; shaxsning faoliyati jarayonida yuzaga keladi; atrofdagi voqelikni to’g’ri aks ettirish imkoniyatini beradi.

Yüklə 39,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin