Oila psixologiyasi o’quv predmeti sifatida: aktual muammollar Insonning, odamzodning tirik mavjudod sifatida mavjudligi turli xil ehtiyojlarni amalga oshirishni talab qiladi. Ulardan ba’zilarini voyaga etmagan odam tomonidan mustaqil qondirilsa, ba’zilariga esa faqatgina kim bilandir birgalikda erishish, amalga oshirish mumkin. Agar nikoh joriy paydo bo’lgan paytdan boshlab (erkak va ayolning birlashganidan) iqtisodiy, xo’jalik, avlod qoldirish, tarbiyaviy funktsiyalar ahamiyatli bo’lgan bo’lsa, hozirgi davrga kelib hamma joyda oilaning psixoterapevtik va emotsional (hissiy) qo’llab-quvvatlash funktsiyasining ahamiyati kuchaymoqda.
Er-xotinlik o’zining zamonaviy ko’rinishida hayotiy mazmunga (ekzistentsional) erishganlik nuqtai nazaridan baholanadi va er-xotinlar o’rtasidagi psixologik munosabat sifatida namoyon bo’ladi.
Nikoh (oila qurish) uchun his-tuyg’ular zarur bo’ladi. Hatto “hisob-kitobli nikohlar”da ham sevgi paydo bo’lishi mumkin.
Har bir odam noyob takrorlanmas bo’lib, bu noyoblikning orqa tomoni esa azaliy taqdiriy yolg’izlik bo’ladi. O’zining noyob va takrorlanmasligini odamning borligini noyob ekanligini va o’z shaxsini, sifatlarini va xususiyatlarini takrorlanmas, o’zgacha ekanligini anglab etishi uni yolg’izlikni engishga undaydi. Kimdir uni tushunish, qabul qilishi, kimgadir zarur bo’lishi kerak. Odam sevishi va sevimli bo’lish qattiq istaydi. Buni u faqatgina nikoh va oilada topishga umid (tahmin) qiladi.
Oila psixologiyasiga oldinlari uncha e’tibor berilmagan. Metodikalar bilan juda kam qurollangan edi. Faqatgina 1970 yillar boshlarida nikoh va oila bir nechta fanlarning maxsus tadqiqotlar predmetiga shu jumladan, psixologiyaning ham tadqiqot predmetiga aylana boshladi. Oila muammolariga e’tibor eng avvalo psixik va asab kasalliklarini profilaktikasi va oiladagi tarbiya muammolari tufayli olimlarni diqqatini tortdi. Keyingi yillarda oila maslaxatxonalarida oilaviy hayot muammolari va ota-ona va bola munosabatlari korrektsiyasi rivojlanib bormoqda.
Psixologik bilimlar tizimida oila psixologiyasining tutgano’rni
Oilani o’rganish bo’yicha psixologlar tomonidan kiritilayotgan ko’pgina tendentsiyalar, nazariy takliflar, nikoh va oila modeli mohiyatini yaratishga intilishlar oila psixologiyasini psixologik bilimlar tizimida tutgan o’rni va uni dolzarb ekanligini chuqurroq o’ylab ko’rishni taqozo etadi.
XXI asrga kelib insoniyat oldida qanday qilib o’z yolg’izligini engishi, o’zga kishi bilan qanday qilib mustahkam, garmonik, ittifoq tuzish va qanday qilib bu ittifoqni uzoq yillar, butun umr davomida saqlash kabi muammolar keskin turibdi. Bu haqda S.L.Rubinshteyn to’g’ri fikrni aytgan: “Inson hayoti asosini, o’zagini o’zga kishi , odamlarga bo’lgan munosabat tashkil qiladi. Inson “yuragi” uning boshqa odamlarga bo’lgan munosabatlaridan to’qilgan; uning bahosi, baholanishi odam qanday insoniy munosabatlarga intilishiga qarab, odamlarga va o’zga kishiga qanday munosabat o’rnata olishiga qarab aniqlanadi. Insonning boshqa odamlarga bo’lgan munosabati asosida inson hayotini tahlil qilish psixologiyani asosiy yadrosini tashkil etadi”.
Oila hakida alohda fan yo’q. lekin oilaning turli jihatlarini o’rganish bilan 10 dan ortiq fanlar shug’ullanadi. Bu fanlar quydagilarni o’z ichiga oladi. Etnografiya - nikoh oila munosabatlarini xalqlar turmush tarzining bir tabakasi sifatida o’rganadi.
Aholishunoslik - demografiya - aholining hamda uning asosiy bo’g’ini bo’lmish, oilaning turli xil muammolarni siyosiy-ijtimoy, iqtisodiy va tarixiy jarayonlar asosida o’rganadi.
Iktisod fani bilan statistika fani, oila byudjeti oila ishlab chiqarishi, oilaviy iste’molni, mehnat taqsimotini, oiladagi xo’jalik iqtisodiy munosabatlarni tadqiq etish bilan shug’ullanadi.
Psixologiyaning vazifasi - asosan nikoh-oila munosabatlarida namoyon buladigan xissiyot, tasavvur urf-odatlarni ruhiy xodisalarning ijtimoiy tabiiy manbalarini o’rganishdan iborat.
Oila pedagogikasi - oilaning bolalarga ko’rsatadigan ta’sirini oiladagi tarbiya qonuniyatlari, vositalarini ota yoki onaning bolaga ta’siri, oila va uning boshka tarbiya muassasalarining o’zaro munosabatini aniklashdir.
Tibbiyot fani - nikohning fiziologik jihatlarini va ularning okibatlarini, oilaning oila a’zolari sogligiga ta’siri tadqiq qiladi.
Xuquqshunoslik - oila nikoh va oila tug’risidagi qonunlarni va oilaning ijtimoiy xayotga munosabatini urganib xukukiy koidalarni asoslab beradi. Oilaning vujudga kelishi uzok o’tmish bilan O’rta Osiyo xalklarida oilaning eng dastlabki tarixiy shakli patrearxal oila tarzida vujudga kelgan. Bu oila ayni zamonda jamiyatning asosiy ishlab chikarish jamoasi ham bulgan. Shuning uchun oilaviy munosabatlarga xar bir oila a’zolarining xatti-xarakatlariga alohida e’tibor berilgan. Patriarxal oila, eramizdan oldingi bir ming yilliklarda vujudga kelgan. Uning rivojlangan davri eramizning birinchi asriga tug’ri keladi. Eramizning bir ming yilligi urtalarida kichik-kichik oilalar tarkib topa boshladi.
Nikoh-bu erkak bilan ayol urtasidagi muayyan ittifokning va bu ittifokning jamiyat davlat tomonidan tan olinishi va ma’kullanishining tarixiy shaklidir
Uzbekiston Respublikasining «Oila kodeksi» (1998 yil 30 aprelda tasdiklangan) 2-bulim 3 bobga asosan nikoh tuzish tarkibi va shartlari masalalarini yoritishga karatilgandir. Jamiyat nikoh vositasi bilan erkak va ayol o’rtasidagi tabiiy munosabatlarni tartibga solib turadi. er-xotin, ota-ona va farzandlar orasida ahlokiy majburiyatlar o’rnatadi.
Nikoh so’zi- (arabcha-qo’shilish) uzbek tiliga arablardan kirib kelgan. Uzbekiston Respublikasi Niko.x va oila kodeksining 13-moddasiga binoan nikoh fuqorolik xolatini dalolatnomalarining ro’yhatidan o’tkazish yuklatilgan davlat organlarida kayd etiladi, shunday nikohgina xukuk va majburiyatni vujudga keltiradi. Uzbekiston Respublikasida nikohni uning ijtimoiy mohiyati, maqsadiga. ko’ra oilani mustaxkamlash ehtiyojini yosh avlodni ahloqi, sihat-salomatligini xisobga olib, bir qator shartlarga amal kilgan holda tuzish zarurligi belgilanadi: bu talablar nikohdan o’tish shartlari deyiladi
a) Nikohdan o’tuvchi shaxslarning o’zaro roziligi (Uzbekiston Respublikasining Nikoh va oila kodeksi 17-moddasi)
b) Nikoh yoshining belgilanishi (Uzbekyston Respublikasining Nikoh va oila kodeksining 18 - moddasida 1 8-yosh yigitlar, 17-yosh qizlar).
Xalkimizda nikoh eng avvalo arshi a’loda o’kilib, keyin erda, degan naql behuda aytilmagan. Ota-bobolarimizning azaliy tushunchalari bo’yicha, nikoh ilohiy axd, oila muqaddasdir. «Xotinlaringiz-ziroatlaringizdir» deyiladi. Kur’oni Karimning Bakara surasi - 223 oyatida. Nikohdan o’tib oila qurishdan asosiy maqsad inson avlodining davomiyligidir. Nikohga kirishda yanglishmaslik, mustaxkam oila tashkil topishga olib keladi. Ahil totuv yashash, halol mehnat muxabbatga asoslangan oila jamiyatning munosib avlod, axloqi pok jamiyat ishiga, taraqqiyotimizga, mustakilligimizga sadokatli inson tarbiyalab etkazishda muxim rol o’ynaydi.
Qadimdan Sharq oilalari yigit-kizlarni oilaviy turmushga tayyorlashga alohida e’tibor berganlar yigitlar alohida, kizlar alohida maxsus enaga-tarbiyachilar tomonidan tarbiyalanganlar.
Birlashgan Millatlar tashkilotining qaroriga binoan 1994 yil «Xalqaro oila yili» deb e’lon kilindi, Respublikamizda 1998 yil «Oila yili, 1999 yil «Ayollar yili» deb e’lon kilindi.
Oila jamiyatning negizi. Bizning davlatmizni ham katta bir oila deb tushunish mumkin va lozim. Bunda o’zaro xurmat va kattik tartib bulmasa, oilaning barcha a’zolari uz burchlarini ado etmasa, bir-biriga nisbatan ezgulik bilan mexr-okibat kursatmasa yaxshi va munosib tarzda yashash mumkin emas. Oila turmush va vijdon qonunlari asosida kuriladi, uzning kup asrlik mustaxkam va ma’naviy tayanchlariga ega buladi. Oilada demokratik negizlarga asos solinadi, odamlarning talab-extiyojlari va kadriyatlari shakllanadi. Uzbeklarning aksariyati uzining shaxsiy farovonligi tug’risida emas, balki oilasining karindosh-uruglari va yakin odamlarining, kushnilarining omon-esonligi tug’risida g’amxo’rlik qilishni birinchi o’ringa quyadi. Bu esa eng oliy darajada ma’naviy kadriyat, inson qalbini gavxaridir. Yurtboshimizning bu fikrlari o’zbek oilasining o’ziga xos xususiyatining asosini tashkil etadi. Yurtboshimizning traqqiyotida jamiyatimiz asosi- o’zbek oilalarining ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy xolatida muxim rol o’ynamokda, chunki oilalarnnsh xar tomonlama yuksalishi jamiyatning yuksalishi demakdir.
Xuddi shu ma’noda kelajagimiz bo’lmish yosh avlod va uning taraqqiyoti davlat ahamiyatiga molik masaladir. Ikkinchi tomondan jamiyatning oila va oilaviy tarbiyaga bulgan talabi ham kun sayin ortib bormokda. Ota-onalarning oilada bolalarni xar tomonlama etuk-barkamol taraqqiyotiga oid layokatni oshirish xozirgi kunning dolzarb masalasidir. Uzbek oilasining dunyodagi boshka oilalarga uxshash tomonlari kup. lekin shu bilan birga uning uziga xos jihatlari ham yo’q emas. O’zbek oilalarining uziga xos tomoni - xayo-iboning kuchliligidadir. Ma’naviyatsiz moddiy farovonlikka ham umumtaraqqiyotga ham erishib bulmaydi. Ma’naviy qashshoqlik milliy tanazzulga olib boradi. Nohalol ayoldan halol boshqarish va o’z-o’zini boshqarishdagi ishtirokidan, faoliyat natijasidan qoniqqanlidir.
Oiladagi psixologik muhit - boshqa har qanday gruppada bo’lgan qonunlardan tarkib topadi. Biroq oilada ish birmuncha murakkabrokdir. Unda kishilar o’z hayotining ko’proq qismini o’tkazadi. Ular bir-birlari bilan ko’proq samimiy tuyg’ular va munosabatlar orqali bog’langandir. Oila baxtining asosida oilaning psixologik muhiti yotadi. Oilaning psixlogik muhitiga er-xotinlarning ham, umuman kishilarga ham oila a’zolariga va bir-birlariga bo’lgan munosabatlari ta’sir qiladi.
Sotsialog-psixologlar baxtli va baxtsiz oilalarda erning o’ziga va xotiniga bo’lgan munosabatlarning xususiyalarini aniqlaganlar. Ular qiziqarli faktlarga ega bo’ldilar. Oiladagi psixolgik muhit er-xotin qiziqishlarining umumiyligi bilan xarakterlanadi, eng muhimi ularning ikkalasi ham qiziqish bilan hisoblasha bilishlarida va e’tibor bera bilishlaridadir. Er-xotin katta ijtimoiy muammo va talablar bilan yashaydigan oilalargina baxtli bo’lishlari mumkin.
Oiladagi qulay axloqiy-psixologik muhit er-xotin va oilaning boshqa a’zolarida o’ziga ishonish, kishilarga ishonish, quvnoqlik, vazminlik kabi fazilat va tuyg’ularni shakllantirishga ta’sir ko’rsatadi.
Psixologik muhit kishilarning muvofiqligida yanada aniq namoyon bo’ladi. Kishilar bir-birlari bilan muvofiqligi, avvalo hayotning qadri, qiziqishlari, emotsional ko’rsatmalarining umumiy tarzi hamoxangligi nazarda tutiladi, natijada oilada bir-birini tushunish, boshqalarning qadrini ham, shuningdek insonni qanday bo’lsa shundayligicha qabul qiladi. Oila a’zolarida psixologik qulaylik ishonchlilik, himoyalanish, bir-birining muomalasidan qatnoatlanish muvofiqlikning ichki mub’ektiv ko’rsatgichidir.
Kishilarning nomuvofiqligi oila a’zolariningg bir-birlari bilan muomalada va o’zaro harakatda bo’lgan ehtiyojlarining chegaralanganligidadir.