1-mavzu: Psixologiya haqida tushuncha. Reja


Shaxsning shakllanishi va uning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar



Yüklə 450,02 Kb.
səhifə12/67
tarix06.12.2022
ölçüsü450,02 Kb.
#120513
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   67
1-mavzu Psixologiya haqida tushuncha. Reja

Shaxsning shakllanishi va uning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar
Shaxs kishining hayot kechirishi sharoitlarida, faoliyati, mehnat qilishi, o‘qish jarayonida shakllanadi. Shaxsning shakllanishi jarayonlarida guruh va jamoalarda amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya yetakchi o‘rin egallaydi. Shaxsning shaklfanishi ikki xil ma’noda qo‘llaniladi:

  1. Shaxsning shakllanishi uning rivojlanishi, ana shu rivojla- nish jarayoni va uning natijasi ekanligi. Bu ma’no shaxs shakl- lanishiga psixologik yondashuv hisoblanadi. Uning vazifasi biror maqsadga qaratilgan tarbiyaviy ta’sirlar o‘tkazish sharoi- tida rivojlanayotgan shaxsda nimalar mavjudligini (mavjud bo‘lgan, tajriba yo‘li bilan aniqlanadigan, namoyon bo‘ladigan) va nimalar bo‘lishi mumkinligini aniqlashdan iboratdir. Psixo­logiya ma’lum jamoadagi konkret insonlarda shaxsiy fazilatlar shakllanganligining boshlang‘ich darajasini, ma’lum ta’sirlarning natijasini, nimalar shakllandi-yu, nimalar vazifa bo‘lib qolganini, qaysi o‘zgarish bola shaxsining shakllanishiga samarali ta’sir etdi yoki samarasiz bo‘lganini, qanday qiyinchiliklarga duch keldi-yu, qanday yutuqlar bo‘lgani va boshqalarni aniqlaydi.

  2. Shaxsni maqsadga yo‘naltirilgan tarzda tarbiyalash sifati­da shakllantirish. A.S. Makarenko bu jarayonni «shaxsni loyi- halash» deb atagan. Bu pedagogik yondashuv shaxsni jamiyat talablariga javob beradigan bo‘lishi uchun nimalar qilish va qanday qilib shakllantirish kerakligini aniqlash zarur deb hisoblaydi. Pedagogika tarbiya jarayonida nima shakllantiril- gan bo‘lishi kerakligini aniqlaydi hamda o‘z usul va vositalarini tavsiya qiladi. Shaxsni shakllantirishda pedagogik va psixologik yondashuvni aralashtirib yuborib bo‘lmaydi. Turli davlat dasturlari, xususan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da, «Bolajon» davlat dasturida belgilangan vazifalar o‘qituvchi-murabbiylar e’tiborini bolalarda mavj ud bo‘lgan shaxs xislatlariga emas, balki shakllantirish lozim bo‘lgan xislatlarga qaratadi. Bu ikki yondashuv aynan bir-biriga o‘xshamasa ham lekin bir-birini to‘ldiruvchi birlikni tashkil etadi.

Inson shaxsining rivojlanishi to‘rt manbaga: irsiyat, ijti­moiy muhit, ta’lim-tarbiya, shaxsi faollikka bog‘liqdir. Har bir odam o‘ziga xos ijtimoiy muhitda, ma’lum oilada, odam­lar orasida yashaydi. Tug‘ilgan kunidanoq atrofidagi odamlar bilan ma’lum ijtimoiy munosabatlarda bo‘ladi. Uzoq davom etadigan bu munosabatlarning hammasi shaxsning xulq- atvoriga ta’sir etadi. Yoshlik chog‘idanoq atrofidagi odamlar­ning fazilatlarini (mehnatsevarlik, halollik, rostgo‘ylik va aksi) o‘zlariga singdirib boradilar. Bu xususiyatlar keyinchalik shaxsiy sifatlarga aylanib qoladi.
Inson shaxsining tarkib topishiga tashqi ijtimoiy muhitning ta’siri haqida gap borar ekan, shuni ko‘rsatib o‘tish kerakki, ayrim g‘ayritabiiy hodisalar inson shaxsining tarkib topishiga tashqi muhit ta’sirining hal qiluvchi ahamiyatga ega ekan- ligini to‘la tasdiqlaydi. Bunda, ayrim tasodifiy hollarda odam bolalarining yovvoyi hayvonlar muhitiga tushib qolishi hodisa si nazarda tutiladi. Masalan, 1920-yilda Hindistonda, Kalkut- ta shahrining g‘arbiy-janubiga joylashgan Midnapura shahar- chasi yaqinidagi o‘rmonzorda doktor Sing ona bo‘ri va uning bolalari bilan birga chopib yurgan ikkita odam bolasini ko‘rib qoladi. Odam bolafari xuddi bo‘ri bolalari kabi to‘rt oyoqlab yugurib yurar edi. Doktor Sing bo‘ri uyasini topib, bolalarni olib keladi. Ularning ikkisi ham qiz bolalar bo‘lib, bittasi yet- ti-sakkiz yoshlar, ikkinchisi ikki-uch yoshlar chamasida edi. U bolalarning biriga Amala, ikkinchisiga Kamala deb nom beradi. Bu nodir hodisada shu narsa juda xarakterliki, bolalar yoshlikdan boshlab bo‘rilar muhitida yashaganliklari tufay­li tashqi ko‘rinishlari odam qiyofasida bo‘lsa ham, butun fe’l- atvorlari va xatti-harakatlari bo‘rilarga o‘xshab qolgan edi. Bu hodisa odamning shaxs sifatida tarkib topishi uchun eng avvalo insoniy muhit, ya’ni ijtimoiy muhit bo‘lishi shartligini to‘la tasdiqlaydi.
Oila va maktab tomonidan amalga oshiriladigan ta’lim-tar- biya jarayoni shaxsning shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda oiladagi tarbiya ishlari ta’lim-tarbiya muassasa- lari ishlari bilan birga davlat tomonidan belgilangan dastur asosida berilmoqda. Uzoq muddat davomida bolaga beriladi- gan ijtimoiy ta’lim-tarbiya bolaning butun psixik taraqqiyotiga, unda shaxsiy psixologik xislatlarning tarkib topishiga ta’sir qilmay qolmaydi. Ta’lim muassasalarida fanlararo uzviy ravish- da uzluksiz beriladigan ta’lim-tarbiya ishlari bolalarda ma’lum bilim, malaka va ko‘nikmalarni hosil qiladi.

Yüklə 450,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin